Ko‘k
ko‘ylakka qo‘l yetmas. (Osmon)
Ko‘k
kosani to‘ntardim. (Osmon)
Ko‘k
ko‘ylakka g‘o‘za yoydim. (Osmop,
yulduzlar)
Oppoq sandiq ochildi, Olamga nur sochildi. (Osmon, quyosh)
Uzoq tog‘da o‘t
yonar. (Quyosh)
Suvda yotar — suv
ichmas, Yurganini odam bilmas. (Quyosh) Oltin kelganda, kumush ketar, Kumush kelganda, oltin ketar. (Quyosh, Oy)
Bir parcha patir, Olamga
tatir. (Oy)
Kecha tomda bir patir
ko‘rdim, Erta qarasam — yo‘q. (Oy)
Tom ustida bir anor, Hadding bo‘lsa,
ushlab ol. (Oy)
Onasi bitta.
Bolasi mingta. (Oy va
yulduzlar)
Kechasi uchakka jo‘xori sepdim, Azonda qarasam
yitibdi. (Osmon,
yulduzlar)
Mildir-mildir munchoq, Erta tursam biri
yo‘q. (Osmon, yulduzlar)
Og‘a-ini
ming botir, Ko‘m-ko‘k gilamda yotir. (Osmon,
yulduzlar)
Qora uyda ming chiroq, Uyni yoritmas. (Osmon, yulduzlar)
Kichkinadir o‘zi,
Yiltir-yiltir ko‘zi. (Yulduz)
Bir otasi, bir onasi, Necha yuz
ming bolasi. (Quyosh, oy,
yulduzlar)
Zar gilam, zar-zar gilam, Ko‘taray desam, og‘ir
gilam. (Yer)
Bir palosim bor,
Hech yig‘olmayman. (Yer)
Yedirib, yedirib, o‘zi yer. (Yer)
Qishda yaxlamaydi, Yozda
yaxlaydi. (Sho‘r yer)
Oyim ko‘rpa
berdi, ko‘tarmadim, Dadam pul berdi, sanamadim. (Yer va yulduzlar)
Og‘ir gilamni qoqolmadim,
Mayda toshni terolmadim. (Yer va yulduzlar)
Ketaveradi, ketaveradi, Orqasiga qaramaydi. (Suv, ariq)
O’yib oldim, Izi
yo‘q. (Suv)
Qilich urdim, O’rni
yo‘q. (Suv)
Uzun terak, Soyasi
yo‘q. (Suv)
Uzun-uzun iz kelar,
Uzun bo‘yli qiz kelar, Qoshginasi qaltirab, Ko‘zginasi
yaltirab. (Suv, ariq)
Otasi
egri-bugri, Onasi silliq juvon, O’g‘li qo‘shiqchi, Qizi
o‘yinchi. (Ariq, suv, baqa,
baliq)
Qozonda emas, qaynaydi, Qishin-yozin tinmaydi. (Buloq)
Jonon kosa, ko‘zi o‘ynar,
Sochlari jilva-jilva. (Buloq)
Ko‘zga ko‘rinmas, Qo‘lga
tutilmas. (Havo)
Oyog‘i yo‘q,
qochadi, Qanoti yo‘q, uchadi. (Bulut)
Qora biyam qalt etdi, Qovurg‘asi yalt etdi. (Bulut, yashin)
Ship etdi, Shivirg‘on
ketdi. (Yashin)
Uzun-uzun iz ketdi,
Uzun bo‘yli qiz ketdi. Toqqa borib taq etdi, Sirg‘alari yarq
etdi. (Yashin)
Yorug‘i bor,
O’zi yo‘q, Dovrug‘i bor, Ovozi bor. (Yashin, momaqaldiroq)
|