Фотоплёнкани имкони борича
ишончли , текширилган жойлардан сотиб олишга харакат килинг. Плёнкани саклаш
муддати утиб кетмаганлигини яхшилаб текширинг. Плёнкани фотомахсулотлар билан
савдо киладиган махсус дукон ва ательелардан сотиб олингани маъкул.
Плёнкани тугри
сакланг. Хаваскор плёнкалар хона хароратида сакланишини инобатга олган холда
ишлаб чикарилади. Профессионал плёнкаларни эса музлатгичда саклаш керак. Агар
сиз бундай плёнкани узок муддат сакламокчи булсангиз, у холда плёнкани жуда
паст хароратда саклаш лозим. Фойдаланишдан аввал плёнка хароратини хона
хароратига тенглаштиринг, бунинг учун плёнка хонада бир неча соатга колдиринг.
Bu ro‘yxatni ko‘zdan kechira turib, bir fikr xayolga keldi. Biz
ko‘pincha o‘zimizni ojiz sezamiz, dunyo tashvishlarini yengish
qo‘limizdan kelmaydigandek tuyuladi. Lekin bir o‘ylab ko‘rsak, mana shu
mo‘’jizalarning bari inson qo‘li bilan yaratilgan. Xuddi siz va biz
kabi insonlar qo‘li bilan! Shuni hisobga olganda, tushkunlikka aslo
o‘rin yo‘q. Axir, bugungacha dunyo yuzini ko‘rgan ixtirolarning
mualliflari "olma pish, og‘zimga tush”, deb o‘tirmaganlar-ku?! 1. Simsiz texnologiyalar 2. Mudofaa texnologiyasi 3. Muqobil energiya bilan ishlovchi dvigatellar 4. Biotexnologiyalar 5. Kompyuter 6. Lazer
... Davomini o'qish »
842-yilda ingliz fizigi D. Joul va nemis fizigi Yu. Mayer tajribalar yo`li
bilan energiyaning saqlanish qonunini asoslab berdilar. Kimyoviy elementlar atom
og`irligining ortib borishi tartibida joylashtirilsa, ularning xossalari davriy
tarzda takrorlanishi aniqlandi. Shu qonunga asoslanib buyuk rus olimi D. I.
Mendeleyev 1869-yilda elementlarning davriy tizimini yaratdi
1846-yilda osmonni teleskop orqali kuzatish yordamida Neptun planetasi kashf
etildi. Quyosh va Oy tutilishlarining muddatlarini aniqroq hisoblab chiqish va
oldindan aytib berish ham ilm-fan qudratining yaqqol dalili bo`ldi.
... Davomini o'qish »
XVIII asrda ingliz shifokori E. Jenner odamga chechak kasali sigirdan yuqsa
uning yengil o`tishini, so`ngra bu kasalni yuqtirgan kishiga chechakka qarshi
immunitet paydo bo`lishini, ya’ni unga chechak kasali boshqa yuqmasligini
aniqladi . Ana shu kuzatishlarga asoslanib, Jenner
chechakka qarshi emlash usulini kashf etdi. Bu esa millionlab kishilarning
hayotini saqlab qoldi. Matematikaning muvaffaqiyatlari, Nyuton kashfiyotlari va
teleskopning takomillashtirilishi XIX asrda astronomiyani rivojlantirishga
qudratli turtki berdi. Minglab ilgari ma’lum bo`lmagan yulduzlar kashf etildi.
Yer osti foydali qazilmalariga
talabning tobora ortib borishi yer qobig`i xossalarini o`rganish zaruratini
vujudga keltirdi. Natijada qator tog` jinslarining vujudga kelish jarayoni
aniqlandi. Bu esa Yer haqidagi fan— geologiyani rivojlantirishga imkon berdi.
Meditsina (tibbiyot) sohasida ham muhim kashfiyotlar amalga oshirildi.
... Davomini o'qish »
Chekilayotgan sigaretadan va chekuvchining nafas
organlaridan ajraladigan tutun tarkibidagi zaharli moddalar atrof-muhit
havosini ifloslaydi va havo bilan atrofdagi odamlarning nafas organlariga
kiradi.
Ayniqsa, chekuvchi o'z oila a'zolariga ko'p
zarar yetkazadi. Kuzatishlardan ma'lum bo'lishicha, chekuvchi erkaklarning
xotinlari chekmaydigan erkaklarning xotinlariga nisbatan 4 yil kam umr ko'rar
ekan.
... Davomini o'qish »
Talantli o’zbek yozuvchisi. 1907 yil 17 sentyabrda
Qo’qonda tug’ildi. Oldin eski maktabda,
"Istiqbol” maktab-internatida, so’ngra Qo’qon pedtexnikumida o’qidi. 1925
yilda Toshkentga kelib, turli tahririyatlarda mehnat qildi. 1926-1930 yillarda
O’rta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakultetida tahsil oldi. Umri
mobaynida turli ijodiy muassasalarda ishladi.
A. Qahhor o’rinli so’z qo’llash mahoratini puxta egallagan adibdir. Ijodida
voqelikni realistik talqin etish ustuvorlik qiladi. Adib serqirra ijodkor
sifatida adabiyotning deyarli barcha tur va janrlarida qalam tebratgan. "Olam
yasharadi” nomli birinchi hikoyalar to’plami 1932 yilda bosilgan.
... Davomini o'qish »
Hammasi juda oddiy boshlangan. 1759 yil Artur Ginnes Dublin
shahrida pivo tayyorlash korxonasini ochadi. Mazkur zavod XX asrning
o‘rtalarigacha ham xotirjam faoliyat ko‘rsatadi. 1833 yilda oddiy korxona
Irlandiyaning eng yirik pivo zavodi darajasigacha ko‘tarildi. Xullas, «Ginnes»
savdo belgisi 1930 yilga kelib, Buyuk Britaniyani to‘laligicha zabt etdi.
... Davomini o'qish »
20 sentyabr kuni Toshkentda Yoshlar ijodiyoti saroyida O‘zbеkistonda
Milliy UZ domеni 2010 intеnеt-fеstivali g'oliblarini taqdirlash
marosimi bo'lib o'tdi. Bu yili festival «O‘zbеkiston madaniyat va
san'at forumi» jamg‘armasi, «Kеlajak ovozi» tashabbuskor yoshlar
Markazi, Kompyutеr va axborot tеxnologiyalarini rivojlantirish va joriy
etish UZINFOCOM Markazi va Mirada Software kompaniyasi tomonidan
tashkil etildi.
... Davomini o'qish »
Elektron pochta
(e-mail-electronic mail) oddiy pochta vazifasini bajaradi.U bir manzildan
ikkinchisiga ma’lumotlar jo’natilishini ta’minlaydi. Uning asosiy afzalligi
vaqtga bog’liq emasligida. Elektron xatlar jo’natilgan zahotiyoq manzilga
boradi va egasi olguniga qadar uning pochta qutisida saqlanadi. Matnli xat,
grafikli va tovushli fayllarni, programm fayllarni o’z ichiga olishi mumkin.
Elektron xatlar bir vaqtning o’zida bir necha adreslar bo’yicha jo’natilishi
mumkin. Internet foydalanuvchisi elektron pochta orqali tarmoqning turli
xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi, chunki Internetning asosiy xizmat
programmalari bilan interfeysga ega. Bunday
yondashuvning mohiyati shundaki, xost-kompyuterga talab elektron xat
ko’rinishida jo’natiladi. Xat matni zarur funksiyalarga kirishni ta’minlovchi
standart yozuvlar to’plamidan tuziladi. Bunday axborotni kompyuter komanda
sifatida qabul qiladi va bajaradi.
... Davomini o'qish »
Kompyuter virusi - bu maxsus yozilgan programma
bo`lib, u boshqa programmalarga qo`shilishi (ya'ni uni zaharlashi) mumkin,
shuningdek kompyuterda noma'qul harakatlarni amalga oshirishi mumkin. Ichida
virus bo`lgan programma «zararlangan» deyiladi. Bunday programma ishni
boshlaganda boshqaruvni avvalo virus amalga oshiradi. Virus boshqa
programmalarni topadi va zararlaydi, shuningdek qandaydir buzg`unchi harakatlarni bajaradi (masalan, diskdagi
fayllarni va shu fayllar joylashgan jadvalni ishdan chiqaradi (buzadi),
operativ xotirani bo`lar-bo`lmas «axlat» bilan to`ldiradi va h.z.). Virus
o`zini yashirish maqsadida programmani zararlantirish harakatlari har doim ham
bajarilavermaydi. Ular faqat muayyan sharoitda amalga oshadi. Virus kerakli
harakatlarni bajarib bo`lgandan so`ng, u boshqaruvni o`sha programmaga beradi
(virus shu programmaning ichida yotadi) va u oldingidek ishlayveradi. Shu bilan
bir qatorda virus bilan zararlangan programma xuddi viruslanmagan programma
kabi faoliyat ko`rsatadi.
... Davomini o'qish »
Қачон сени
одамлар ёқимсиз нарсалар билан айбласалар, сен улардан хафа бўлиб, уларга жаҳл
қилма! Уларнинг бу қилмишлари учун гина сақлаб юрма! Балки қараб кўр, агар
уларнинг сўзи ҳақ бўлса уларни эмас, ўзингнималомат қил!Нима учун
ғазабланасан? Агар ўша сўзлар асосссиз бўлса, билгилки бу сенинг эркак
эканлигингни синаб кўриш учундир.
... Davomini o'qish »
Икки иш инсонда
давомли бўлмайди: ёшлиги ва қуввати. Икки нарса инсонда ўзгармайди: табиати ва
шакли. Икки нарса у билан бирга улғайиб боради: ақли ва амали. Икки нарса
борки, у улғайган сайин улар кичиклашиб боради: хофиза(хотира)си ва териси.
Икки нарса борки, ундан бирор инсон уялмайди: қорин тўйғазиш ва ҳожатга бориш.
Икки нарса борки, ундан ҳар қандай инсон хижолат қилади: ўғрилик ва хиёнат.
Икки нарса борки, у ҳар бир инсонга манфаат етказади: гўзал хулқ ва
олийжаноблик.
... Davomini o'qish »
Бой жониворлар рейтинги-ни 372 миллион доллар бой ликка эга
Гюнтер IVлақабли
ит бошқаритб турибди. Итга бу бойлик отаси Гюнтер Шдан қолган бўлиб, у
ҳам ўз навба-тида бу меросни эгаси, графиня Карлотта Либенштейндан ол-ган. Итнинг Тоскана шаҳрида ўз уйи,
қаровчиси, ҳайдовчи ва хизматчиси бор.
Гюнтер-ни шахсий БМВ машинасида ҳайдовчиси олиб юради. Ўтган йили
«бойвачча» ит 13 ёшга тўлди.
... Davomini o'qish »
Кўчада кетаётганингизда гўзал қизларга кўзингиз тушадими? Бироқ сиз
ҳар доим ҳам қизнинг олдига келиб у билан яқиндан
танишишга ҳаракат қилмайсиз. Юрак ютиб у билан
танишишга уринмайсиз ҳам. Қиз сизга рад жавобини беришидан чўчийсиз.
Шундайми? Лекин адашасиз.
Сиз ўзингизни қизларни «ўрашга» қодир
эмасман деб ўйлаяпсиз. Мен бугун
сизнинг қўлингиздан анча иш келишини тасдиқлаб бермоқчиман. Шуни ишонч билан
айтаманки, ҳар бир йигит қизларни ром қила олади
ва улар билан танишишга қодир. Бунинг учун қуйидаги қоидаларга амал
қилишингиз керак.... Davomini o'qish »
Har bir xalq vakillari
o’ziga xos tarzda salomlashadi. G’arbliklar
bir-birini ko’rganida «xayrli kun!» desa, musulmon ahli «assalomu alaykum»,
ya'ni «sizga sihat-salomatlik tilayman» deyishga odatlangan. Shunday ekan,
afrikalik, yaponiyalik va tibetliklarning qanday salomlashmshi xususida
eshitganmisiz?..
1. Salomlashish an'anasiga hammadan ham ma'suliyatliroq yondashadigan xalq
yaponlar hisoblanadi. Ular salomlashganida ta'zim qiladilar. Bunday ta'zim esa,
o’z navbatida, uch turga bo’linadi. Saykeyrey (eng past ta'zim), o’rtacha -
taxminan o’ttiz darajaga egilib beriladigan ta'zim hamda yengil - o’n besh
darajali ta'zim. Eng past ta'zimni yaponlar o’zlari uchun nihoyatda qadrli
hamda boy kishilarga nisbatan beradilar.
2. Sharqiy Afrikada joylashgan Keniya davlatining akamba qabilasi vakillari o’z
qadrdonlari bilan salomlashganda... bir-birlariga qarata tupurishar ekan!
... Davomini o'qish »
1. Sargan deb ataluvchi
baliqning suyagi yashil rangda.
2. Jirafalarning tili uzunligi 45 sm.gacha bo’lib, mutlaqo qora rangda.
3. Antarktida baliqlarining harorati -1,7 darajaga yetishi mumkin.
4. Tovuq uzog’i bilan 13 soniya uchishi mumkin.
5. Folklend orollarida (aholisi 2000 nafar) har bir kishiga 350 ta (jami 700
mingta), Yangi Zellandiyada esa har bir kishiga 20 ta qo’y to’g’ri keladi.
... Davomini o'qish »
Aksariyat o'yinlarni o'ynash uchun
sizga bitta yoki bir nechta sherik kerak bo'ladi. Masalan, futbol yoki oddiy
quvlashmachoq o'yinini bir o'zingiz o'ynay olmaysiz. Kompyuter sizga
turli-tuman o'yinlarni o'ynash imkonini berib, kerak bo'lsa sizga sherik
vazifasini ham bajaradi.
Oyinlar juda qadim zamonlardan
odamlarga hamroh bo'lib kelgan. Ular insonning bo'sh vaqtini maroqli o'tkazish
bilan birga jismoniy va aqliy rivojlanishiga yordam beradi. Qadimda o'yinlar
yoshlarda jamoa bo'lib ov qilish, o'zini dushmanlardan himoya qila olish kabi
qobiliyatlarni shakllantirgan. O'yinlar vaqt o'tishi bilan takomillashib, zamon
talabiga moslashib bordi. Kompyuterlar yaratilishi bilan o'yinlarning yangi
turi — kompyuter o'yinlari vujudga keldi.
... Davomini o'qish »
Bir mashxur fizik ma’ruzasidan so‘ng tinglovchilarga: "Endi
sizlarning ixtiyoriy savolingizga javob beraman” debdi.
Tinglovchilardan biri qo‘lini ko‘taribdi:”Men ikkinchi teoremangiz isbotini
tushunmadim” desa. Fizik javob beribdi:”Bu savol emas”.
Kоmpyuter xоnasida stоl va stullarga talablar mavjud bo'lib, stоl balandligi
yerdan 68-77 sm bo'lib, stullar esa aylanuvchan bo'lishi kerak va albatta
оrqasida suyanchig'i bo'lishi kerak. Chunki stоl-stullar o'z gabariti bilan
to'g'ri kelmasa, fоydalanuvchi tezda charchab qоladi. Stоl va stullar shunday
jоylashtirilishi kerakki, ular insоnlarga turib yurishga xalaqit bermasligi
kerak.
... Davomini o'qish »
Eronda ikkinchi
klonlashtiilgan qo’zichoq dunyoga keldi.
Eronning "Ruyan" ilmiy-tadqiqot markazi ma'lumotiga ko’ra, jonivor
ayni paytda markaz hodimlari nazorati ostida. Tehrondagi Ruyan"
("Embrion ) markazi klonlashtirish tajribalarini olib boradi.
... Davomini o'qish »
Nigeriyada istiqomat qiluvchi
68 yoshli Shehu Malamining 201 marta uylanganidan so’ng aqli kirdi.Hozirgi kunda mamlakat shimolidagi Sokoto shahrida to’rtta hotini bilan
yashaydi.
... Davomini o'qish »
Sayyoraning eng yaxshi
oliy o’quv yurtlari reytingi e'lon qilindi. Ularning ro’yxati "Times
Higher Education Supplement" (THES) - Buyuk Britaniya The Sunday Times
gazetasining maxsus ilovasida elon qilingan...
... Davomini o'qish »
Uillyam (Bill) Geyts – shaxsiy kompyuterlar uchun dasturiy
ta`minot ishlab chiqaruvchi MICROSOFT korporatsiyasi sobiq rahbari va boshqaruv
raisi. Bill Geyts 1955-yilning 28-oktabrida AQSHning Sietl shahrida tavallud
topgan. Uning otasi Uilyam II – advokat, onasi Meri Geyts esa Vashington
Universiteti o`qituvchisi va United Way International hayriya tashkiloti raisi
bo`lib ishlar edi.
... Davomini o'qish »
Uch qishloq
Bir mamlakatda Rostgo'ylar, Yolg'onchilar, rostgo'ylar va yolg'onchilar aralash
yashaydigan Aralash qishloqlari bor ekan. Mos ravishda, birinchi qishloqda
faqat rostgo'ylar,, ikkinchisida faqat yolg'onchilar, uchinchi qishloqda esa
har ikki toifa aralashib istiqomat qilishar ekan. To'satdan o't o'chirish
idorasiga qo'ng'iroq bo'libdi:
-Bizning qishloqqa o't ketdi.
-Siz qayerda yashaysiz ?
-"Aralash" qishlog'ida.
Savol: O't o'chiruvchilar qaysi qishloqda yashaydi ?
... Davomini o'qish »
Tarixda
sodir bo’ladigan noyob hodisa. Shashkachilar orasida eng yosh murabbiy
Turkmanistonning Nebit-Dag (Krasnovodsk viloyati) shahrida yashovchi sakkiz
yoshli Mustafo Durdiyev hisoblanadi.
... Davomini o'qish »
Seul shahri
(Janubiy Koreya) da dunyoga kelgan Kim Ung o’zining g’ayritabiiy qobiliyati va
erta rivojlanishi bilan tib olami olimlarini lol qoldirdi. Tug’ilganiga to’rt
oy bo’lganida, og’zida o’n to’qqizta tishi bo’lgan besh oylik go’dak binoyidek
ota-onasi bilan gaplashib, xona ichida shahdam qadam tashlab yurgan. Yetti
oyligida kitob mutolaa qilishni o’rganib oldi.
... Davomini o'qish »
AQSHning
Baltimor shahrida tug’ilgan Jermir Gardiner ancha kichikligidayoq musiqani
qattiq sevgan. Tug’ma ko’r bo’lishiga qaramay, u o’n uch oyligida musiqa
asarlaridan pianinoda chalib bera olgan.
... Davomini o'qish »
Buyuk
musiqachi, bastakor Volfgang Amadey Motsart san’atga juda yosh kirib kelganini
ko’pchilik bilmasa kerak. U to’rt yoshidayoq klavesin (fortepyanoga o’xshash
cholg’u asbobi) chalishni bilardi.
... Davomini o'qish »
Yosh
bolalar qo’liga qalam oladimi, darrov surat
chizishga tushadilar. Turkiyalik Bedri Dakam mo’jiza bola sifatida dovruq
qozondi. Tasavvur qiling-a, u uch yoshida suratlarini ko’rgazmaga qo’ygan.
... Davomini o'qish »
Donna
Grenvud ismli Italiyalik ikki yoshli qizchani butun mamlakt taniydi. U mohir
chavandoz edi. Jajji qizaloq ikki yoshida jami 56 marta ot poygalarida ishtirok
etib, sakkiz marta katta sovrinlar olgan.
... Davomini o'qish »
Ilgarilari tabiati boy mamlakatlar eng badavlat mamlakatlar hisoblanardi,
endilikda odamlari g‘ayratli bo‘lgan mamlakatlar — badavlat hisoblanadi.
G. BOKL
Inson faoliyat uchun yaratilgan. Faoliyatsizlik esa yo‘qlik degan so‘z.
F. VOLTER
Hayot bilan faoliyat alanga va yorug‘lik singari o‘zaro chambarchas
bog‘langandir.
F. N. GLINKA
... Davomini o'qish »
Kishi o‘zini qanday anglashi mumkin? Harqalay, xayolparastlik bilan emas, faqat
faoliyatda anglashi mumkin. O’z burchingni ado et, o‘sha zahoti o‘zingni
anglaysan.
I. GYOTE
Inson mushohada bilan emas, balki harakatda o‘z-o‘zini anglaydi. Qilinishi
lozim bo‘lgan ishga kuch-g‘ayrat sarflagandagina u o‘zining kimligini biladi.
I. GYOTE
Burchingni ado etishga harakat qil, shunda darhol o‘zingning kimligingni bilib
olasan.
L. N. TOLSTOY
... Davomini o'qish »
Ishchi mehnati, dehqon
g‘allasi — shu ikki o‘q atrofida tezkor davr shitob bilan oqib bormoqda va
butun hayot shu o‘qlar atrofida aylanmoqda.
V. V. MAYAKOVSKIY
Jamiyatning butun boyligi beistisno o‘sha jamiyat mehnati bilan belgilanadi.
D. I. PISAREV
Ozod mehnat — dunyoni to‘ntarish uchun Arximed talab qilgan tayanch nuqtasi ham
shu.
M. GORKIY
... Davomini o'qish »
Inson uchun eng qadrli
narsa nima? Hayot, chunki bizning barcha quvonchlarimiz, bizning butun
baxtimiz, bizning jamiki umidlarimiz faqat hayot bilan bog‘liqdir.
N. G. CHERNISHEVSKIY
Shunday yashamoq kerakki, toki hayotga cheksiz talablar qo‘yish mumkin bo‘lsin.
A. BLOK
... Davomini o'qish »
Odamlar, insonparvar
bo‘ling! Bu sizning birinchi burchingiz.
J.J. RUSSO
Inson odamlarni sevishi kerak. Agar u odamlarni sevsa, yashashi oson bo‘ladi,
quvnoqroq yashaydi, chunki jahonda hech kim odamovilardek miskin umr
kechirmaydi.
M. I. KALININ
Barcha kamchiliklaridan qat’iy nazar, odamlar har narsadan ham ko‘ra ko‘proq
mehrga loyiq.
I. GYOTE
... Davomini o'qish »
Turmush — aslida siyqa
tushunchadir, bu tushunchani jonlantirib turish, uning mohiyatini shaxsiy
munosabatlar madaniyati bilan ochib berish kerak.
M. M. PRISHVIN
Biz bir-birimizga e’tibor bilan munosabatda bo‘lishni o‘rganishimiz kerak,
dunyoda eng ajib, eng oliy xilqat — inson ekanligini tushunmog‘imiz kerak.
M. GORKIY
... Davomini o'qish »
Men uchun insondan
qimmatliroq biron-bir kitobiy haqiqat yo‘q. Inson demak o‘ziga butun bir olamni
olib yuradigan jonu jahondir va u abadul-abad yashasin.
M. GORKIY
... Davomini o'qish »
Cho‘lda o‘rmalab yurgan
jonivorlar ham tug‘ilshidanoq o‘z makonlarini biladilar, havoda uchuvchi
qushlar ham, dengiz va daryolardagi baliqlar ham o‘z oshyonlarini his
qiladilar, hatto bolari va shunga o‘xshashlar ham o‘z uyalarini muhofaza
qiladilar,— shuning kabi odamlar ham qaerda tug‘ilib parvarish topsalar,— o‘sha
joyga cheksiz mehr qo‘ygan bo‘ladilar.
F. SKORINA
... Davomini o'qish »
Men qadimgi
donishmandlarning o‘z asarlarida bizga qoldirib ketgan aql durdonalarini
ko‘zdan kechiraman; agarki biz ularda nimadir yaxshi bir narsaga duch kelsak,
uni o‘zlashtirib olamiz va juda katta foyda orttirgan hisoblanamiz.
SUQROT
Olg‘a intilgan har bir kishi o‘tmish va o‘z davri boyliklaridan foydalanishi
turgan gap.
A. DISTERVEG
Mukammal zakovat, agar ta’bir joiz bo‘lsa, avvalgi barcha asrlardagi aqlni
o‘zida mujassam etadi.
B. FONTENEL
Xalq — bamisoli oltin qidiruvchi, dur qidiruvchidek gap: u faqat eng nodir, eng
buyuk narsalarnigina ajratib, avaylab, bag‘rida asrab, necha o‘n yillar
davomida sayqallab keladi.
M. I. KALININ
... Davomini o'qish »
Muhabbat qahvasin ichgandan bari, Ruhim ko'chdi olamdan nari. Go'rgim galar go'rganim sari, Holim bilib nichuk galmading?.
Ishqing bilan yashasam gunohim nima?. Bir so'z kelmas tilimga,kelmas kalima Ne desang de faqatgina sevmayman dema, Mayli agar savmasang galmasang galma.
Mobil tеlеfonlarining ommaviyligi va xizmat ko‘rsatish doirasi shu darajada
rivojlanib boryaptiki, hozirda uyali tеlеfon nafaqat oddiy so‘zlashuv
qurilmasi, balki yon daftarcha, soat, pochta va intеrnеt, audio va vidio
plеyеr, foto va vidio kamеra, kompyutеr va hokazo vazifalarni bajaruvchi
murakkab tеxnologiyaga aylanib ulgurdi. Natijada, uyali tеlеfon ko‘pgina
tеxnologiya va xizmatlarning o‘rnini zabt etmoqda. Yoshlarning qo‘l soatdan, audio plеyеr va fotoapparatlardan foydalanishi kamayib
boryapti. Hatto xorij mamlakatlarida oddiy tеlеfonlarga bo‘lgan ehtiyojning pasayib borayotgani qator kompaniyalarni
tashvishga solmoqda. Yevropaning eng yirik - "Doychе tеlеkom” va "Frans
tеlеkom” opеratorlari so‘nggi bеsh yil davomida turli iqtisodiy inqirozlarni
boshdan kеchirishdi.
Bunga mobil aloqa bozorining jadal rivojlanib borayotgani ham sabab bo‘lyapti.
... Davomini o'qish »
Сўнги йилларда
компьютернинг дастурий таъминоти ривожланиши асосий йўналишларидан бири бу
объектга йўналтирилган дастурлаш
соҳаси бўлди. Обектга йўналтирилган операцион тизимлар (Масалан, Windows),
амалий дастурлар ва объектга йўналтирилган
дастурлаш (ОЙД) тизимлари ҳам
аммвийлашди.
... Davomini o'qish »
Ўтган асрнинг
90-йилларида "Сунъий интелект” номли бешинчи авлод компьютерлари ишлаб
чиқарилиши режалаштирилганди. Бу ишни асосий дастурлаш тилларида амалга ошириш
амри маҳол эди, шу сабабли лойиҳада сунъий интелект тиллари сифатида LISP ва PROLOG
тиллари танланди.
... Davomini o'qish »
Дастурлаш тиллари
тарихида эътиборга сазовор воқеа 1971 йилда PASCAL тилининг яратилиши бўлди.
Унинг муаллифи Швецариялик профессор Никлаус Виртдир. Вирт бу тилни француз
физиги ва математиги Блез Паскал шарафига қўйди (Блез Паскал 1642 йили ҳисоблаш
механизмини ихтиро қилган). Дачтлаб PASCAL ўрганиш тили сифатида тузилган. Бу
тилда дастурлашнинг ёрқин томонлари очиб берилган. Амалиётда кенг қўлланилиши
шахсий компбютерларда Turbo PASCAL версиясидан бошланган.
... Davomini o'qish »
Ўтган асрнинг
50-йилларида Грейс Хоппер бошчилигида янги дастурлаш тили ва компилятори В-О ни
ишлаб чиқишга киришилди. Янги тил дастурлашни инглиз тилига яқин тилда юажариш
имконини берди. 30 га
яқин инглизча сўзлар танланди.
1958 йилда В-О
системаси Flow-Matic номини ва тижорий маълумот-ларни қайта ишлашга
йўналтирилди. 1959 йилда COBOL (Common
Business Oriented Language – умумий тижоратга
йўналтирилган тил) тили иўлаб
чиқилди. Бу тил машинадан мустақилликка эга бўлган юқори даражали бизнесга
йўналтирилган дастурлаш тилидир. Машинадан мустақилликка эга бўлган дастурлаш
тилларида ёзилган дастурлар исталган турдаги ЭҲМ да махсус компиляторлар
воситасида бажарилаверади. COBOL тилини
яратишда ҳамГрейс Хоппер маслаҳатчи
бўлган.
... Davomini o'qish »
Биринчи ЭҲМ лар учун
дастурлани дастурчилар машина коди тилида ёзганлар. Бу жуда қийин ва узоқ вақт
талаб этадиган жараён эди. Дастур тузишни бошлаш ва ишлатиб кўриш орасида анча
вақт ўтар эди. Бундай муаммоларни ечиш фақатгина дастурлаш жараёнини
ривожлантириш, оптимизация қилиш орқалигина бажарилиши мумкин эди.
... Davomini o'qish »
Hayotimizga telegraf, radio, keyin telefon
kirib keldi. Radiotelefon, peydjer, uyali aloqa telefoni… Inson hayotining
turmush tarzi rivojlanib bormoqda.
Muhim telefon so’zlashuvlari qisqa, muloyim va hurmat yuzasidan bo’lishi kerak.
Tadqiqotlarga ko’ra, tik turgan holda gaplashsangiz, ovozingizdagi ohang
qat’iyroq bo’ladi. Agar o’tirgan holda gapirsangiz, ovozingiz yumshoqroq va
muloyimroq chiqadi.
... Davomini o'qish »
Hech qachon tortishmang!
2. O’z umr yo’ldoshingizni o’zgartirishga urinmang, balki unga
moslashishga harakat qiling!
3. Bir-biringizni tanqid qilmang, yaxshilab o’ylab, so’ng gapiring!
4. Bir-biringizga doimo e’tiborli bo’ling!
5. Bir- biringizga chin dildan minnatdorchilik bildirib turing!
... Davomini o'qish »
Gapni suhbatdoshingizni maqtab
va yaxshi tomonlarini tan olish bilan boshlang!
2. O’zgalarning xato-kamchiliklarini to’g’ridan-to’g’ri aytmang, boshqalar
misolida gapiring!
3. Oldin o’zingizning xatolaringiz to’g’risida gapiring va shundan so’ng
suhbatdoshingizni sekinlik bilan tanqid qiling!
4. Suhbatdoshingizga buyruq bermasdan, unga savol berish orqali ishni
bajartiring!
5. Insonlarga o’z muvaffaqiyatlarini saqlab qolishlari va yanada amalgam
oshirishlariga imkoniyat bering!
... Davomini o'qish »
1.Tortishuvlar paytida ma’naviy balandlikda
bo’lishning yagona yo’li – bu tortishuvdan voz kechishdir!
2.Suhbatdoshingizning har qanday fikriga hurmat ko’rsating. Insonlarga hech
qachon "nohaqsan” demang!
3.Agar siz nohaq bo’lsangiz, tez va keskin tan oling!
4.Suhbatni do’stona ohangda boshlang!
5.Suhbatdoshingizni har qanday masalada fikringizga "Ha, to’g’ri”, deb aytishga
undang va erishing!
... Davomini o'qish »
Dushman aldoviga uchma; maddoh xushomadini chin dema. Dushmanning
g’arazi o’z yomon niyatiga yetmoqdir; maqtovchining maqsadi — xorlik
bilan sendan in'om olmoqdir. Agar ikkalasiga iltifot qilmasang va qabul
qilishni lozim bilmasang, biri o’z maqsadining ijrosidan to’xtaydi va
tadbiri mujmal bo’ladi va ikkinchisining maqtovi hajvga aylanadi. ... Davomini o'qish »
"Manchester Yunayted" xujumchisi Alan Smit Chempionlar Ligasida g'olib
chiqishni juda xohlaydi. U g'alaba nashidasini surish daqiqalarini
sog'inganligini aytadi. Ya'ni, Smit bolaligida VMX velosipedchilar
seriyasida chempion bo'lgan va o'shandan buyon hali tuzuk- quruq
medalga ega bo'lganicha yo'q. "Men yetti yasharligimda velosiped
boshqarish bilan jiddiy shug'ullana boshladim,- deydi 24 yoshli
forvard. - Bir yil o'tib, velosipedda turli mashqlarni bajara oladigan
darajaga yetdim va Angliya chempioni bo'ldim. Shuning uchun futbolda
biror natijaga erishsam deyman."
... Davomini o'qish »
Ushbu antiqa voqea 1967 yili Tunis yashil maydonlarining birida yuz
bergan edi. O'yindan chetlashtirilgan futbolchi maydonni o'zida yo'q
xursand holda tark etgan edi. Bolaligidan eshitish va gapirish
qobiliyatini yo'qotgan o'yinchi uchrashuv vaqtida hakam qabul qilgan
qarordan judayam achchiqlanib o'zini tutib tura olmadi va
kutilmaganda...gapirib yubordi.
... Davomini o'qish »
Архимед Юнонистоннинг буюк
олимларидан би-ри бўлган.Сиз ҳали мактабга
бормасингизданоқ Архимед ихтироларидан бири билан танишгансиз. Онангиз чучварага қийма чиқараётганда гўшт қиймалагич ичидаги
винтсимон вални кўргансиз, албатта. Гўшт қиймалагичнинг дастаси айлантирилганда
винтси-мон вал ҳам айланиб, гўшт бўлакларини пичоққа итариб беради. Ана ўша вал Архимед винти деб аталади,
лекин Архимед уни аслида гўшт қиймала-гач учун ўйлаб топмаган, балки экинларт сугориш мақ-садида дарёдан сув чиқариб берадиган машина учун яратган.
Афсоналарда ҳикоя килинишича,
Афросиёб кўп-гина шаҳарларга асос солган. Шу сабабдан Са-марқанд
ва Тошкент шаҳарларининг бизнинг дав-римизгача
тепа шаклида сакланиб қолган қадим-ги харобалари Афросиёб номи билан
юритилади деган тушунча кенг таркалган.
Лекин бугунги кунда бир гуруҳ олимлар Самар-қанддаги кўҳна тепалик номини бу қаҳрамонга алоқаси
йўқ деб чиқмоқдалар. Улар фикрича,Афросиёб аслида сўғдийча ном бўлиб, Сиёб яъни Қорасув бўйлари маъносини
англатган.
... Davomini o'qish »
Oshxona - bizning jonimizga oro kiradigan, nafsimizni jilovlaydigan bir joydir. Uning ozodaligi, qulayligi hamma uchun birdek muhim. Ushbu mavzuda ham oshxonamiz yanada ko'rkam, ozoda va osuda bo'lishi uchun foydali maslahatlarimiz bilan fikr almashamiz.
... Davomini o'qish »
Agarnobelmukofotixaqidagapiradiganbo`lsakko`pchilikyanashuxaqda – mideyishar. Ammo nobel soxibalari
xaqida bilasizmi? Nari borsa Mariya Kyurini ko`rsatgan bo`lardingiz. E’tiboringizga
qisqacha bo`lsada nobel mukofotini qo`lga kiritgan ayollarning ro`yxatini berishni
lozim topdim.
... Davomini o'qish »
Har bir xalq vakillari
o’ziga xos tarzda salomlashadi. G’arbliklar
bir-birini ko’rganida «xayrli kun!» desa, musulmon ahli «assalomu alaykum»,
ya'ni «sizga sihat-salomatlik tilayman» deyishga odatlangan. Shunday ekan,
afrikalik, yaponiyalik va tibetliklarning qanday salomlashmshi xususida
eshitganmisiz?..
... Davomini o'qish »
Benzin bilan yuradigan birinchi yengil dvigatel 1885- yilda nemis muhandisi
Gotlib Daymler (1834-1900) va Vilgelm Maybax (1846-1929) tomonidan yaratilgan.
Bu dvigatel ikki g’ildirakli velosipedni harakatlantirgan edi va buning
natijasida birinchi mototsiklni yaratishdi. 1886-yilda Daymler dastlabki to’rt
g’ildirakli avtomobilni yaratdi, 1889-yilda Daymler va Maybax to’rt g’ildirakli
avtomobilni yaratishdi. Bu avtomobilning hamma joyi ochiq va u juda soda
ko’rinishda edi. 1890 yilda esa jamiyatga "Viktoriya” va "Faeton” deb nomlangan
yana ikki avtomobil modelini taqdim etdi. Bundan tashqari, Daymler karbyuratorni
(yonilg’ini havo bilan aralashtirib silindrga quyish uchun ishlatiladigan
mexanizm) ham yasadi. Bu yo’l bilan dvigatelning ishlash unumdorligi oshgan.
1890-yilda Daymler "Daymler motor company” kompaniyasiga asos soladi va bu
kompaniya 1926-yilga kelib "Bens” kompaniyasi bilan birlashadi. Shu sababdan
"Mercedes Bens”(Mercedes — Daymler qizining ismi)
... Davomini o'qish »
Avtomobil sanoatida kun sayin yangiliklar kirib
kelmoqda. Avtomobillarga yangicha qulayliklar yaratilib ularning imkoniyatlari
yanada kengaytirilmoqda. Shulardan biri bu AQShda yaratilgan avtomobil bo’lib, u
havoda ham bemalol parvoz qila oladi.AQSh bu ixtirolar mamlakati, 2009-yil mart oyida u
yerda transport vositasining mutlaqo yangi avlodi ya’ni uchar avtombil birinchi
sinovdan o’tkazildi.
... Davomini o'qish »
Шу пайтгача ҳали бундай катта кема қурилмаган эди. Кемани тайёрлашда 17000 ишчи ишлаган, муҳандислар барча маҳоратларини ишга солиб, энг устун технологиясини ишлатган эдилар. Жуда ҳам дабдабали ва хавф-хатар учун ҳамма нарса ўйлаб қўйилган эди. Қурганлар кўкракларига уриб мақтанишган ва баҳайбат кемага ўзига мос ном ҳам топилди: ТИТАНИК.
... Davomini o'qish »