Kichkina
mitti, Shoxini tirab suv ichdi. (Ari)
Zuv-zuv borar, Zuv-zuv kelar.
Doston o‘qir, G’alvir to‘qir. (Ari)
Uchib yurgan qarg‘aning Inin buzib
bo‘lami? (Ari)
Tutdan bizga ko‘ylak
to‘qir. (Ipak kurti)
Ko‘k yeb, oltin
o‘raydi. (Ipak qurti)
Daraxt
shoxida sakson tuxum. (Ipak kurti) Bir qushim bor, suyagi yo‘q. (Kapalak)
Qanoti bor, Qoni yo‘q.
Tuxum qo‘yar, Soni yo‘q. (Kapalak)
Ovhu laylak, uvhu laylak,
Suvdan o‘tar, suyaksiz laylak. (Kapalak)
O’zi yo‘qdek, Tovushi
o‘qdek (Qora chigirtka)
O’tirishi
o‘ymoqday, Baqirishi toyloqday. (Qora
chigirtka)
O’tirishi tulkiday, O’t yeyishi yilqiday. (Chigirtka)
Arangday-parangday, Ikki
ko‘zi zaparangday. (Chigirtka)
Ho‘kiz shoxli, Buqa
bo‘yinli, Qiyg‘ir qanotli, Eshak sag‘irli, Tuya oyoqli. (Qora chigirtka)
O’zi qora, qanotli,
Shoxlari bor, tirnoqli. (Qo‘ng‘iz)
Qora o‘zi, qarg‘a emas,
Shoxlari bor, ho‘kiz emas, Olti oyoq, tuyoqsiz, Uchadi,
chig‘illaydi, O’tirib yer kovlaydi. (Qo‘ng‘iz)
Is biladi, it-emas, In
qazlaydi, tulki emas, Qanoti bor uchadi, O’zi qush emas. (Qo‘ng‘iz)
Kichkina lo‘li, Keyiniga
yetmaydi to‘ni. (Qo‘ng‘iz)
Bir otim
bor ajabgina, Dumlari bor gajakkina, Hali kelsa ko‘rarsiz,
Qo‘rqa-qo‘rqa o‘larsiz. (Chayon)
O’zlari ajabgina, Quyro‘qlari
gajakkina, Hali o‘psa ko‘rasan, Yig‘lay-yig‘lay o‘lasan. (Chayon)
Beli-beli belang ot, Beli nozik
kurang ot. Toqqa minsa toymas ot, O’lat teksa o‘lmas ot. (Chumoli)
Beli qizday, kurang ot, Tog‘i
toshdan toymagan, Halov tuya o‘lmagan, Beli ingichka kurang ot. (Chumoli)
|