Статистика |
---|
Hozir saytda: 1 Mehmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Hasan aka
tikka turadi, Bolalari chapak chaladi. (Terak,
barglari)
Bolalari qarsak chaladi, Onalari o‘yinga
tushadi. (Terak, barglari)
Yozda ham
qishda, Bir xil kiyimda. (Archa)
Otasi uyda qolar, Bolasi bozor
borar. (Mevali daraxt)
Kichkina
qozonning oshi totli. (Yong‘oq)
Kichkina dekcha, Ichi
mazaliqcha. (Yong‘oq)
...
Davomini o'qish »
|
Kichkina
mitti, Shoxini tirab suv ichdi. (Ari)
Zuv-zuv borar, Zuv-zuv kelar.
Doston o‘qir, G’alvir to‘qir. (Ari)
Uchib yurgan qarg‘aning Inin buzib
bo‘lami? (Ari)
Tutdan bizga ko‘ylak
to‘qir. (Ipak kurti)
Ko‘k yeb, oltin
o‘raydi. (Ipak qurti)
Daraxt
shoxida sakson tuxum. (Ipak kurti)
...
Davomini o'qish »
|
Erta
turadi, Jar chaqiradi. (Xo‘roz)
Boshi taroq, Dumi
o‘roq. (Xo‘roz)
Bir qo‘shnim bor
avval boshdan, Soqoli uning qizil go‘shdan. Sahar turib shovqin solar,
Xabari yo‘q hech bir ishdan. (Xo‘roz)
Ovozasi azonda, Mazaligi
qozonda. (Xo‘roz)
Saharxez so‘fi,
Tuynukda bibiotin. (Xo‘roz,
tovuq)
Jonlidan jonsiz do‘raydi, Jonsizdan jonli
do‘raydi. (Tovuq, tuxum, jo‘ja)
...
Davomini o'qish »
|
Shildir-shildir suv
kechar, Oyog‘i suvga tegmas. (Tug‘ilmagan
qulun)
Suvday chopadi, Manzilga yetadi. (Ot)
To‘rt oyoqli, Temir
tuyoqli. (Ot)
To‘rt oy, yigirma
to‘rt yulduz. (Otning taqasi,
mixi)
Suvga tushsa mingta, Suvdan chiqsa bitta. (Otning dumi)
Quyon emas, Uzun quloq,
Ot emas, To‘rtta tuyoq. (Eshak)
...
Davomini o'qish »
|
Erta bilan to‘rt oyoqlab yuradi, Tushda ikki oyoqlab yuradi, Kechqurun
uch oyoqlab yuradi. (Odam — bolaligi,
yigitligi, keksaligi)
To‘rtida tariqday,
O’ttizda ayiqday, To‘qsonida tovuqday. (Odam — bolaligi, yigitligi, keksaligi)
O’zi
bitta, Kallasi ikkita, Dumi bitta, Oyog‘i oltita. (Ot mingan odam)
Bir to‘bada yetti
teshik. (Bosh, og‘iz, burun, ko‘z va
quloq)
Bukdim, bukdim, Ariqdan u yoqqa tashladim. (Soch o‘rimi)
Qora tol butoqsiz. (Soch o‘rimi)
...
Davomini o'qish »
|
Ko‘k
ko‘ylakka qo‘l yetmas. (Osmon)
Ko‘k
kosani to‘ntardim. (Osmon)
Ko‘k
ko‘ylakka g‘o‘za yoydim. (Osmop,
yulduzlar)
Oppoq sandiq ochildi, Olamga nur sochildi. (Osmon, quyosh)
Uzoq tog‘da o‘t
yonar. (Quyosh)
Suvda yotar — suv
ichmas, Yurganini odam bilmas. (Quyosh)
...
Davomini o'qish »
|
|
|
Календарь |
---|
« Fevral 2025 » | Du | Se | Chor | Pay | Ju | Sha | Yak | | | | | | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 |
|
|