Erta
turadi, Jar chaqiradi. (Xo‘roz)
Boshi taroq, Dumi
o‘roq. (Xo‘roz)
Bir qo‘shnim bor
avval boshdan, Soqoli uning qizil go‘shdan. Sahar turib shovqin solar,
Xabari yo‘q hech bir ishdan. (Xo‘roz)
Ovozasi azonda, Mazaligi
qozonda. (Xo‘roz)
Saharxez so‘fi,
Tuynukda bibiotin. (Xo‘roz,
tovuq)
Jonlidan jonsiz do‘raydi, Jonsizdan jonli
do‘raydi. (Tovuq, tuxum, jo‘ja) Kasbi doim taqir-tuqur, Qayda ilon ko‘rsa cho‘qir. (Laylak)
Tomda turgan pishagim, Bo‘yni
uzun eshagim. (Laylak)
Qirdan turib
tuxum irg‘itdim. (Burgut)
Bir qushim
bor farangi, Chorbog‘da chalar changdi. (Sa’va)
Boyning o‘g‘li ko‘kka qarab
yig‘laydi. (Boyo‘g‘li)
Liking-liking
yo‘rg‘asi, Og‘zida baxmal to‘rvasi. (Kaklik)
Yuqoridan keladi zebogina tovshi
bor, Oyog‘ida paxmoqqina kovshi bor. (Kaklik)
Buxorodan kelgan minoli,
Og‘iz-boshi xinoli. (Kaklik)
Saroyda sari otim, Sebi bilan
kishnaydi, To‘qayda to‘riq otim, To‘pi bilan kishnaydi. (Kaklik)
Qizil yulg‘unning tagida
Qizlargul opam yotibdi. (Qirg‘ovul)
Surp ko‘ylaklik, Selon
kamzullik. (Olashaqshaq)
Liking-liking yo‘rg‘asi bor,
Kumush choqli sirg‘asi bor. (Olashaqshaq)
Atlas ko‘ylak qanoti, Xush
xabarchi odati. (Zag‘izg‘on)
|