Shildir-shildir suv
kechar, Oyog‘i suvga tegmas. (Tug‘ilmagan
qulun)
Suvday chopadi, Manzilga yetadi. (Ot)
To‘rt oyoqli, Temir
tuyoqli. (Ot)
To‘rt oy, yigirma
to‘rt yulduz. (Otning taqasi,
mixi)
Suvga tushsa mingta, Suvdan chiqsa bitta. (Otning dumi)
Quyon emas, Uzun quloq,
Ot emas, To‘rtta tuyoq. (Eshak) Katta takam besoqol. (Eshak)
Tapir-tupir to‘rtovlon,
Hangragani birovlon. (Eshak)
Oyog‘i popik, Og‘zi
ko‘pik. (Tuya)
Og‘zi qulqulum,
Uzun oyog‘u kalta dum. (Tuya)
Bu
yoqqa o‘tdi lop-lop, U yoqqa o‘tdi lop-lop. «Sho‘ra» dedi, qo‘ymadi,
Yutaverdi soplab. (Tuya)
O’zi
katta, Dumi kalta. (Tuya)
Momom
ketib borayotir, Kulchasi qolib borayotir. (Tuya oyog‘ining izi)
Boraveradi, boraveradi,
Bo‘yraday yerni olib yotadi. (Sigir)
Ikki tortar, Bir yirtar. (Ho‘kiz, omoch)
Yamog‘i boru Yirtig‘i
yo‘q. (Sigirning olasi)
Ko‘prik
tagida to‘rtta qoziq. (Sigir
yelini)
To‘shak osti to‘rt bo‘g‘irsoq. (Sigir yelini)
To‘rt mergan Bir quduqqa
o‘q otar. (Sigir sog‘ish)
Tomga
tayoq suyovli. (Mol
dumi)
Bo‘pon-bo‘pon, Yengi yamoq, Eski chopon.
Dardi tomoq. (Tuya)
Kichkintoygina bo‘yi bor,
Aylantirgan to‘ni bor. (Quy)
Buyuk tog‘ning boshida Bukri
qo‘chqor o‘ynaydi. (Olqor)
Soqoli
bor, Mo‘ylovi yo‘q. (Echki)
Soqoli bor, Aqli yo‘q. (Echki)
|