Erta bilan to‘rt oyoqlab yuradi, Tushda ikki oyoqlab yuradi, Kechqurun
uch oyoqlab yuradi. (Odam — bolaligi,
yigitligi, keksaligi)
To‘rtida tariqday,
O’ttizda ayiqday, To‘qsonida tovuqday. (Odam — bolaligi, yigitligi, keksaligi)
O’zi
bitta, Kallasi ikkita, Dumi bitta, Oyog‘i oltita. (Ot mingan odam)
Bir to‘bada yetti
teshik. (Bosh, og‘iz, burun, ko‘z va
quloq)
Bukdim, bukdim, Ariqdan u yoqqa tashladim. (Soch o‘rimi)
Qora tol butoqsiz. (Soch o‘rimi) Tog‘da tayoq serkillar. (Soch
o‘rimi)
Jarga ilon yopishgan. (Soch
o‘rimi)
Uy ustida sara yoy. (Qosh)
Tom ustida qo‘sh chiroq. (Ko‘z)
Kunduzi yonar, Kechasi
so‘nar. (Ko‘z)
Bir ola chilbirim
bor, U tog‘dan bu toqqa yetadi. (Ko‘z)
Ohurda ola buzoq o‘ynaydi. (Ko‘z)
Qo‘sh inda qo‘sh sichqon
o‘ynaydi. (Ko‘z)
Ola kabutar?
Topilmas gavhar. (Ko‘z)
Ikki
og‘ayni bir-birini ko‘rmaydi. (Ko‘z)
Qarichdan yaqin, Osmondan
uzoq. (Ko‘z)
Atrofi chakalakzor,
O’rtasi yorug‘ yulduz. (Ko‘z bilan
kiprik)
Sandiqchamni ochdim, yopdim, Sachoqlari tashqarida
qoldi. (Ko‘z bilan kiprik)
Bir
quduqning boshida qirq qiz, Ham qopishar, ham tepishar. (Ko‘z bilan kiprik)
Oynam usti
qopqoqli, Atroflari chachoqli. (Ko‘z bilan
kiprik)
Kunduzi tayoqlashar, Kechasi quchoqlashar. (Kipriklar)
Ustida ikki darcha, O’rtasida
bir kunda. (Burun)
Tekis joyda qo‘sh
to‘la. (Burun)
Qirli tog‘dan
qizil ko‘ylakli qiz yumalab tushdi. (Burun
qoni)
Bir teshikda hamma olam. (Quloq)
Eshitadi, ko‘rmaydi, Ko‘radi,
eshitmaydi. (Quloq, ko‘z)
Uyoqqa
qarasangiz ko‘rmaysiz, Bu yoqqa qarasangiz ko‘rmaysiz. Boshingizga
qarasangiz ko‘rmaysiz, Soyangizga qarasangiz ko‘rinadi. (Quloq)
G’aznadir, to‘lmas, Bir kun
bo‘sh bo‘lmas. Bo‘sh qolsa, turmas, Usiz jon bo‘lmas. (Og‘iz)
Oq kuchugim aravadan
sakradi. (Tupuk)
O’ra, O’ra
boshida sho‘ra. (Og‘iz, mo‘ylov, soqol)
|