Hasan aka
tikka turadi, Bolalari chapak chaladi. (Terak,
barglari)
Bolalari qarsak chaladi, Onalari o‘yinga
tushadi. (Terak, barglari)
Yozda ham
qishda, Bir xil kiyimda. (Archa)
Otasi uyda qolar, Bolasi bozor
borar. (Mevali daraxt)
Kichkina
qozonning oshi totli. (Yong‘oq)
Kichkina dekcha, Ichi
mazaliqcha. (Yong‘oq) Kichkina qozon, Jikr palov. (Yong‘oq)
Kichkina tandircha, Ichi to‘la
kulcha. (Yong‘oq)
U yog‘i tog‘,
Bu yog‘i tog‘, O’rtasida Sarig‘ yog‘. (Yong‘oq)
Qo‘shaloq tovoq, Ichi to‘la
yog‘. (Yong‘oq)
Usti zahar, ichi
tosh, Toshning ichi asal. (Yong‘oq)
Po‘sti qalin, qovoqday, Beli
bog‘li tanobday, Mevasi sarig‘ yog‘day. (Yong‘oq)
Beli bog‘li, cho‘tir choldir,
Qo‘ynida bor bujur kampir. (Yong‘oq)
Kichkina xotin
shoshaqon, Kichkina qozon toshaqon. (Yong‘oq)
Ikki tog‘ning orasida Bir tup
yantoq. (Bodom)
Qo‘tir tosh,
Ichida osh. (Bodom)
Osh ichida
tosh, Tosh ichida osh. (O’rik)
U
yog‘i tosh, bu yog‘i tosh, O’rtasida nishgan osh. (Danak mag‘zi)
Pastu baland ko‘p xotin,
Ko‘ylaklari oq, gulgun. (O’rik
guli)
O’zi ko‘m-ko‘k, Yuzi qip-qizil. (Olma)
|