Talantli o’zbek yozuvchisi. 1907 yil 17 sentyabrda
Qo’qonda tug’ildi. Oldin eski maktabda,
"Istiqbol” maktab-internatida, so’ngra Qo’qon pedtexnikumida o’qidi. 1925
yilda Toshkentga kelib, turli tahririyatlarda mehnat qildi. 1926-1930 yillarda
O’rta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakultetida tahsil oldi. Umri
mobaynida turli ijodiy muassasalarda ishladi.
A. Qahhor o’rinli so’z qo’llash mahoratini puxta egallagan adibdir. Ijodida
voqelikni realistik talqin etish ustuvorlik qiladi. Adib serqirra ijodkor
sifatida adabiyotning deyarli barcha tur va janrlarida qalam tebratgan. "Olam
yasharadi” nomli birinchi hikoyalar to’plami 1932 yilda bosilgan.
"Sarob” (1934), "Qo’shchinor chiroqlari” (1951)
nomli romanlari, "Sinchalak” (1958), "O’tmishdan ertaklar” (1965) kabi
qissalari, "Boshsiz odam”, "Anor”, "Bemor”, "O’g’ri”, "Dahshat”,
"Millatchilar”, "San’atkor”, "Adabiyot muallimi”, "O’jar”, "Asror bobo” kabi
o’nlab hikoyalar yozgan.
"Shohi so’zana” (1949), "Og’riq tishlar” (1954), "Tobutdan tovush” (1962),
"Ayajonlarim” (1966) nomli komediyalar muallifi. Feletonlar, adabiy-tanqidiy
maqolalar ham yozgan.
Adib asarlarida ruhiy-psixologik tasvir, realistik talqin hamda hajviy
yo’nalish ustivorlik qiladi.
Pushkin, Gogol, L. N. Tolstoy, A. P. Chexov asarlarini o’zbek tiliga
tarjima qilgan. 1968 yilning 25 mayida vafot etgan.