Sayyoraning eng yaxshi
oliy o’quv yurtlari reytingi e'lon qilindi. Ularning ro’yxati "Times
Higher Education Supplement" (THES) - Buyuk Britaniya The Sunday Times
gazetasining maxsus ilovasida elon qilingan...
1. Garvard universiteti, AQSH
2. Kembrij universiteti, Buyuk Britaniya
3. Oksford universiteti, Buyuk Britaniya
Kuchli o’nlikka Britaniyaning yana bir oliy o’kuv yurti - London imperial kolleji ham kiritilgan.
O’ntalikda-gi qolgan o’rinlarda esa Amerika universitetlari I turibdi.
Eng yaxshi oliy o’quv yurtlari yuztaligidan Lomonosov nomidagi Moskva davlat
universiteti ham joy oldi. Mazkur universitet 93-o’rinni egalladi. Biroq
universitet uchun bu yaxshi ko’rsatkich hisoblanmaydi. Negaki, u o’tgan yipgi
reytingda 79-o’rinda edi. Tadqiqot mualliflarining fikricha, universitetdagi
fanlarning o’qitilish sifati va o’quv-ta'limiy bazani rivojlantirish darajasi
pasayib ketgan.
Shuningdek, mazkur yuztalikka Amerika qo’shma shtatlarining 33 ta, Buyuk
Britaniyaning 15 ta, Avstraliyaning 7 ta, Fransiyaning 5 ta, Kanada, Yaponiya,
Germa-niyaning 3 ta oliy o’kuv yurti kiritildi. Hammasi bo’lib reytingda 19 ta
davlat nomi qayd etilgan.
TNEZning xalqaro oliy ta'lim sifati bo’yicha tadqiqotlari jahonning to’rt
mingga yaqin akademiklari xulosasiga asoslanadi. Ularning har biri belgilangan
mezonlarga to’g’ri keluvchi 30 ta oliy o’quv yurti ro’yxatini takdim etadilar.
Shuningdek, talabalarni yoki bitiruvchilarni ishga oluvchi 730 ta korxona
rahbarlarining fikri ham inobatga olinadi.