Yer osti foydali qazilmalariga
talabning tobora ortib borishi yer qobig`i xossalarini o`rganish zaruratini
vujudga keltirdi. Natijada qator tog` jinslarining vujudga kelish jarayoni
aniqlandi. Bu esa Yer haqidagi fan— geologiyani rivojlantirishga imkon berdi.
Meditsina (tibbiyot) sohasida ham muhim kashfiyotlar amalga oshirildi.
Chunonchi, XVII asrda golland olimi A. Levenguk 300 marta kattalashtirib
ko`rsatadigan mikroskop yaratdi . Bu esa inson tanasi, o`simliklar, hayvon
dunyosi tuzilishini batafsil o`rganish va bakteriyalar (juda mayda
organizmlar)ni aniqlash imkonini berdi. Keyinchalik mikroskop yordamida ko`pgina
bakteriyalarning ko`p kasalliklarga sababchi ekanligi isbotlandi.