1846-yilda osmonni teleskop orqali kuzatish yordamida Neptun planetasi kashf
etildi. Quyosh va Oy tutilishlarining muddatlarini aniqroq hisoblab chiqish va
oldindan aytib berish ham ilm-fan qudratining yaqqol dalili bo`ldi. Ilgari
Quyosh va Oy tutilishi xurofotchilarni dahshatga solar edi. Astronomiya
ma’lumotlaridan kalendar, geografik kartalar tuzishda, dengiz kema qatnovida
foydalanildi. Astronomiya odamlarning dunyoqarashiga ham katta ta’sir ko`rsatdi.