Ishchi mehnati, dehqon
g‘allasi — shu ikki o‘q atrofida tezkor davr shitob bilan oqib bormoqda va
butun hayot shu o‘qlar atrofida aylanmoqda.
V. V. MAYAKOVSKIY
Jamiyatning butun boyligi beistisno o‘sha jamiyat mehnati bilan belgilanadi.
D. I. PISAREV
Ozod mehnat — dunyoni to‘ntarish uchun Arximed talab qilgan tayanch nuqtasi ham
shu.
M. GORKIY
Butun umrim davomida mehnatsevar va ishlashni bilgan odamlarnigina chinakam
qahramon, deb bilganman.
M. GORKIY
Mehnat bizning zamonda buyuk huquq va buyuk burchdir.
V. GYUGO
Madaniyat yuksakligi doimo to‘g‘ridan-to‘g‘ri mehnatga muhabbat bilan
bog‘liqdir.
M. GORKIY
Madaniyat qanchalik yuksak bo‘lsa, mehnat shunchalik yuksak qadrlanadi.
V. ROSHER
Mehnat hamisha inson hayoti va madaniyatining asosi bo‘lgan.
A. S. MAKARENKO
Hamma narsa mehnat sharofatidandir. Hamma narsa — inson mehnatidan, tarixning
shiori shu.
D. I. MENDELEYEV
Hayotda hech narsa mashaqqatli mehnatsiz qo‘lga kiritilmaydi.
GORATSIY
Biz yashayotgan dunyo so‘z bilan emas, balki faoliyat, mehnat bilan yaralgan.
M. GORKIY
Vijdonan bajarilgan harqanday mehnat foydalidir, binobarin, u hurmatga loyiq.
STENDAL
Har qanday mehnat olijanoblikdir va faqat mehnatgina olijanob.
T. KARLEYL
Har bir odam nimadir bajarmoq uchun dunyoga keladi. Yer yuzida yashab yurgan
har bir insonning hayotda o‘z vazifasi bor.
E. XEMINGUEY
Qilayotgan ishingni sevishing kerak, ana shunda mehnat — hatto eng og‘ir mehnat
ham — ijodga aylanadi.
M. GORKIY
Dildan mehnat qilgan odam har qanday ishni ham san’at darajasiga ko‘taradi.
N. G. CHERNISHEVSKIY
Jismoniy mehnat nafaqat aqliy faoliyat imkoniyatini inkor etadi, nafaqat uning
qadrini oshiribgina qoladi, aksincha, aqliy mehnatni kuchaytiradi.
L. N. TOLSTOY
Zo‘r berib mehnat qilinmasa, na iste’dod va na daho tug‘iladi.
D. I. MENDELEYEV
Ulug‘ kishilarni mehnat yetiltiradi.
SENEKA
Shon-sharafga olib boradigan yo‘l mehnatda.
PUBLILIY SIR
Shon-sharaf mehnatning qo‘lida.
LEONARDO DA VINCHI