Buyuk
musiqachi, bastakor Volfgang Amadey Motsart san’atga juda yosh kirib kelganini
ko’pchilik bilmasa kerak. U to’rt yoshidayoq klavesin (fortepyanoga o’xshash
cholg’u asbobi) chalishni bilardi. O’zining ilk sonatlarini yetti yoshida
yozgan. Iqtidorli bolakay o’n ikki yoshida "Sodda vosvos” operasi bilan shuhrat
qozondi. O’n to’rt yoshli Motsart Bolonya shahri filarmoniya akademiyasiga a’zo
qilib saylangan.