Inson uchun eng qadrli
narsa nima? Hayot, chunki bizning barcha quvonchlarimiz, bizning butun
baxtimiz, bizning jamiki umidlarimiz faqat hayot bilan bog‘liqdir.
N. G. CHERNISHEVSKIY
Shunday yashamoq kerakki, toki hayotga cheksiz talablar qo‘yish mumkin bo‘lsin.
A. BLOK
Har bir kishining hayoti — agar u o‘zini inson deb tushunsa, o‘zini tor
egoistik manfaatlar yo‘lida emas, balki qandaydir muazzam ishga intilayotgan,
ulug‘vor umum ishi uchun kurashayotgal ilg‘or kishilarning ko‘tarinki
maqsadlari uni shaxsan ilhomlantirayotganini his etsa — u to‘la ma’nodagi
insondir.
M. I. KALININ
Hayot — oliy darajadagi progressiv faoliyatdir va uning taraqqiyotga yo‘l
ochajak bosh harakatlantiruvchi prujinalari ezgulikka intiluvchi insonlar,
ya’ni naslimizning sog‘lom hamda normal vakillarining tafakkuri va
orzu-istaklariga ulangandir.
D. I. PISAREV
Inson jamiyat va davlatning ko‘lamli manfaatlari uchun qanchalik foyda
keltirsa, u shu qadar barkamoldir.
D. I. MENDELEYEV
Jamiyatning keng manfaatlari va vazifalariga xizmat qilishga bag‘ishlanmagan
umrni umr demasa ham bo‘ladi.
N. S. LESKOG
Jamiyat ishlari to‘g‘risidagi fikrlar ta’sirisiz, ularda qatnashish tufayli
tug‘iladigan tuyg‘ularning ta’sirisiz inson kamol topa olmaydi.
N. G. CHERNISHEVSKIY
Yer yuzida loaqal birgina bo‘lsa ham baxtsiz kishi yashayotganini ko‘rib turib,
xotirjam yashash va baxtli bo‘lish mumkin emas. Yashashdan maqsad, butun
insoniyat farovonligini va baxtini ko‘zlashdir.
Ya. BOLVAY
Och odam, so‘zsiz, o‘zini yomon his etadi, biroq to‘q odam ham yon-atrofdan
eshitilayotgan ochlarning ohu nolasiga tobu toqat qilishi mumkin emas.
N. G. CHERNISHEVSKIY
Quloqdan dilingga gar kirmasa nur,
Sichqon kavagidan ne farqi bo‘lur.
A. JOMIY
Boshi bilan sho‘ng‘ib kirmasa har dam,
Suv ostidan durni toparmi odam?
A. JOMIY
Yaxshi xulqli bo‘lgil hamda sof ko‘ngil,
Odamlarga doim insofli bo‘lgil.
Bu mehnatxonada yaxshiyu yomon
Uchraydi, yaxshilik qilaver hamon.
A. JOMIY
Faqat bashariyat baxti uchun qilingan mehnatgina chinakam va boqiy shuhrat
keltirishi mumkin.
Ch. SEMNER
Doimiy tashvish, mehnat, kurash, yo‘qchilik — bu zaruriy shart-sharoitlardir,
hech kimsa bular haqida o‘ylashdan o‘zini bir daqiqa ham chetga olmasligi
kerak... Halol yashamoq uchun intilmoq, adashmoq, urinmoq, yanglishmoq,
nimanidir boshlamoq va tashlab qo‘ymoq va yana boshlab, yana tashlab qo‘ymoq,
doimo kurashmoq va yo‘qchilikka chidamoq kerak. Xotirjamlik ruhiy
pastkashlikdir.
L. N. TOLSTOY
Inson hayotining ma’nosi tinib-tinchimaslik va doimiy tashvishdan iboratligini
tushungan odam kaltafahmlikdan qutulgan bo‘ladi.
A. BLOK
Tor manfaatparast odam chala, o‘z qobig‘idan chiqmagan, o‘zini hech narsaga va
hech kimga javobgar deb hisoblamaydigan odamdir.
M. I. KALININ
Inson hayotini jirkanch yo‘nalishga solib yuborishning yo‘li ko‘p, ammo eng
ashaddiysi — insonni faqat o‘zini o‘ylash, o‘z shaxsiga sig‘inish, o‘zida
ma’-naviyatning har qanday to‘lqinini barbod etish va o‘zining sirli hayotini
qorin g‘amida yurilgan barcha vaqt davomida benaf bir kun o‘tkazish darajasiga
tushirib qo‘yilganiga uni majburan ko‘ndirishdan iboratdir.
M. Ye. SALTIKOV-SHCHEDRIN
Dunyoda qurbonsiz, jon koyitmay, mashaqqatsiz yashab bo‘lmaydi: hayot — faqat
gulga burkangan bo‘ston emas.
I. A. GONCHAROV
O’z kuchiga ishonch va boshqalar uchun yashash istagi qudratli kuchdir.
F. E. DZERJINSKIY
Kishi o‘ziga qanchalik kam talab qilib, odamlarga shunchalik ko‘proq foyda
yetkazsa, uning yaxshiligi shu qadar ulug‘dir; boshqalarga qanchalik kam foyda
yetkaza turib, o‘ziga ko‘pni talab qilsa, yomonligi ham shu qadar ortiqdir.
L. N. TOLSTOY
Bir odam uchun emas, balki hamma odamlarning farog‘atini ko‘zlash hamisha muhim
masala bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.
L. N. TOLSTOY
Odami ersang demagil odami,
Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami.
A. NAVOIY
«O’zi uchun va o‘zicha» yashash — hayot emas, balki loqayd bir holatdir: so‘z
va ish birligi, kurash zarur.
I. A. GONCHAROV
Yashash, bu kurash demakdir, nafaqat tiriklik uchun, balki hayotni yaxshilash
va mukammallashtirish uchun kurash hamdir. Shuning uchun «inson», bizning
nazdimizda, kurashuvchidir, faqat kurashayotgan chog‘ida yashayotganini
sezadigan, har xil to‘qnashuvlardan qo‘rqmaydigan, hatto ana shu kurashdan
surur topadigan kishidir, negaki kurash bor joyda hayot mashaqqati bor va kishi
o‘sha yerda kurash zavqini tuyadi.
N. A. RUBAKIN
Fidokor kishilar quyoshdek zarur. Ular jamiyatning eng shoirona va hayotbaxsh
elementi bo‘lib, boshqalarga hayajon, taskin beradilar va yoshartiradilar.
Ularning shaxsiyatlari — optimizm va pessimizm to‘g‘risida bahs yurituvchi,
zerikkanidan xomxatala novestlar, keraksiz loyihalar va bir miriga arzimaydigan
dissertatsiyalar yaratuvchi, hayotni inkor etish uchun axloqsizlik qiluvchi va
bir burda non deb yolg‘on gapiruvchi kishilar toifasidan tashqari boshqacha
odamlar, jasorat, e’tiqod va aniq maqsadga ega odamlar ham borligini jamiyatga
uqtirib turuvchi jonli guvohlardir.
A. P. CHEXOV
Yashash — xarakat qilmoq demakdir.
A. FRANS
Taqdirni o‘z ixtiyoriga bo‘ysundirmoqchi bo‘lgan, davri uchun yangi yo‘llar
ochmoqchi, o‘z xalqini porloq istiqbolga olib bormoqchi bo‘lgan, o‘z burchini
sezadigan va o‘z oldiga boshqalarning qalbida orombaxsh alanga yoqishni vazifa
qilib qo‘ygan kishi — nodonlik, loqaydik dunyosiga, dushmanlik dunyosiga qarshi
jangga chiqadi. Chunki hayotning ma’nosi faqat kurashdadir.
E. TELMAN
Buyuk ishlarni amalga oshirish uchun kishi xuddi hech o‘lmaydigandek yashashi
kerak.
L. VOVENARG
Nima adolatli ekanini tushunish, go‘zallikni his etish, faqat yaxshilikni ravo
ko‘rish — oqilona yo‘l-yo‘riq mana shudir.
A. PLATEN
Har bir xayrli ishni ikkinchisi bilan shunday mahkam bog‘lab yuborish kerakki,
ular o‘rtasida zarracha ham oraliq qolmasin — mana shuni men hayot rohati, deb
atayman.
MARK AVRELIY
Haet shunchalik poyonsiz va ko‘pqirraliki, kishi unda qariyb hammavaqt o‘zining
kuchli va chinakam ehtiyojiga yarashasini topa oladi.
N. G. CHERNISHEVSKIY
O’z tuyg‘usi va ehtiyojlari haqida safsata sotib, aslida o‘zini ko‘z-ko‘z
qilishdan bo‘lak hech qanday tuzukroq ehtiyoji va tuyg‘usi bo‘lmagan quruq
kishilarninggina hayoti bo‘sh va nursiz bo‘ladi.
N. G. CHERNISHEVSKIY