Benzin bilan yuradigan birinchi yengil dvigatel 1885- yilda nemis muhandisi
Gotlib Daymler (1834-1900) va Vilgelm Maybax (1846-1929) tomonidan yaratilgan.
Bu dvigatel ikki g’ildirakli velosipedni harakatlantirgan edi va buning
natijasida birinchi mototsiklni yaratishdi. 1886-yilda Daymler dastlabki to’rt
g’ildirakli avtomobilni yaratdi, 1889-yilda Daymler va Maybax to’rt g’ildirakli
avtomobilni yaratishdi. Bu avtomobilning hamma joyi ochiq va u juda soda
ko’rinishda edi. 1890 yilda esa jamiyatga "Viktoriya” va "Faeton” deb nomlangan
yana ikki avtomobil modelini taqdim etdi. Bundan tashqari, Daymler karbyuratorni
(yonilg’ini havo bilan aralashtirib silindrga quyish uchun ishlatiladigan
mexanizm) ham yasadi. Bu yo’l bilan dvigatelning ishlash unumdorligi oshgan.
1890-yilda Daymler "Daymler motor company” kompaniyasiga asos soladi va bu
kompaniya 1926-yilga kelib "Bens” kompaniyasi bilan birlashadi. Shu sababdan
"Mercedes Bens”(Mercedes — Daymler qizining ismi)
Karl Bens (1844-1929) benzin bilan ishlovchi, ichki yonuv dvigatelini ixtiro
qildi. Bu dvigatelni uch g’ildirakli arava ko’rinishdagi qurilmaga o’rnatdi.
Mashina uch g’ildirakli bo’lib, oldingi g’ildirak rul boshqaruviga xizmat
qilardi, keyingi ikkalasi yetakchi g’ildiraklar edi. Bens bu avtomobilini 1885-
yilda sinovdan o’tkazib ko’rdi va u 14,5km/s tezlik bilan yurgan. Daymler va
Bens o’zaro hamkorlikni davom ettirib, 1896 yilda avtomobil uchun ikki silindrli
dvigatelning ishchi modelini yaratdi. 1901- yilda esa ular avtomobilsozlik
firmasini tashkil etishdi va bu firma ishlab chiqaradigan avtomobillarning
modeliga Daymlerning qizi –Mersedes nomi berishdi. Tarixda, G. Daymler va K.
Bens birinchi avtomobil ixtirochilari deb qabul qilingan. Ularning ilk mashinasi
0,75 ot kuchiga ega bo’lib, soatiga 12 km tezlik bilan yura olgan.
|