Chekilayotgan sigaretadan va chekuvchining nafas
organlaridan ajraladigan tutun tarkibidagi zaharli moddalar atrof-muhit
havosini ifloslaydi va havo bilan atrofdagi odamlarning nafas organlariga
kiradi.
Ayniqsa, chekuvchi o'z oila a'zolariga ko'p
zarar yetkazadi. Kuzatishlardan ma'lum bo'lishicha, chekuvchi erkaklarning
xotinlari chekmaydigan erkaklarning xotinlariga nisbatan 4 yil kam umr ko'rar
ekan. Ular, ayniqsa, o'sma,
surunkali bronxitkasalliklari bilan ko'p kasaJlanadi. Chekuvchilar oilasidagi
bolalar doimo zararlangan havodan nafas olganligi tufayli ularda nafas
organlarining yaJlig'lanish va aJlergiya kasalliklari ko'p uchraydi. Xalqaro
Sog'liqni Saqlash Tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, chekish oqibatida yuzaga
keladigan kasalliklardan har yili dunyoda ikki yarim million kishi halok
bo'ladi. Chekish oilaga katta moddiy zarar ham yetkazadi.
Buning uchun
avvalo har bir odam yoshlikdan bosWab burun orqali nafas olishga odatIanishi
kerak. Chunki burun shilliq pardasida mayda tukchalar bo'lib, ular havodagi
chang zarrachalari, mikroblar, viruslarni tutib qoladi va ichki nafas
a'zolariga o'tkazmaydi. Bundan tashqari,
burun shilliq pardasi bir necha qavatdan tuzilganligi
uchun u juda katta sathga ega (2
m'). Burun shilliq qavatining bunday tuzilishi burun
bo'shlig'i orqali sovuq havo o'tayotganda uning isishiga imkon beradi. Bunday
isigan havo nafas olish a'zolarini shamollashdan saqlaydi. Shuningdek, havo
burun bo'shlig'i orqali o'tganda namlanadi. Odam yoshligidan, ayniqsa
yurganda, chopganda, jismoniy mashq bajarganda burun orqali chuqur nafas olish
va chiqarishga odatlanishi kerak. Buning natijasida nafas harakatlarida
ishtirok etuvchi qovurg'alararo muskullar va diafragma yaxshi
rivojlanadi,o'pkaning tiriklik sig'imi ortadi. Organizmni turli sharoitda
chiniqtirish, sovuq suvda yuvinish, ochiq havoda sayr qilish va mashq bajarish
kabilar nafas olish organlari kasalliklarining oldini olishga yordam beradi. Chekishning nafas olish
a'zolariga zararli ta'siri. Chekish eng zararli odatlardan biri hisoblanadi.
Ilmiy tadqiqotlardan ma'lum bo'lishicha, tamaki tutuni tarkibida 3 mingdan
ko'proq zaharli modda bor ekan. Shulardan nikotin, ammiak, karbonat angidrid,
benzol kabilar odam organizmining barcha a'zolariga, jumladan, nafas olish
a'zolariga zaharli ta' sir ko'rsatadi. Masalan, tamaki tutuni tarkibidagi karbonat
angidrid qonning eritrotsitlari tarkibidagi gemoglobin bilan birikib, miya,
yurak va boshqa hayotiy muhim a'zolarning kislorod bilan ta'minlanishini
buzadi. Tamaki tutuni tarkibida o'sma
(rak) kasalligini yuzaga keltiruv¬chi 50 dan ortiq kanserogen moddalar bor.
Shuning uchun chekuvchilar orasida chekmaydiganlarga qaraganda o'pka o'smasi 20
marta ko'p uchraydi. Chekuvchi o'z organizmini zaharlashidan tashqari,
atrofdagi odamlar sog'lig'i uchun ham katta zarar yetkazadi.