Kishi o‘zini qanday anglashi mumkin? Harqalay, xayolparastlik bilan emas, faqat
faoliyatda anglashi mumkin. O’z burchingni ado et, o‘sha zahoti o‘zingni
anglaysan.
I. GYOTE
Inson mushohada bilan emas, balki harakatda o‘z-o‘zini anglaydi. Qilinishi
lozim bo‘lgan ishga kuch-g‘ayrat sarflagandagina u o‘zining kimligini biladi.
I. GYOTE
Burchingni ado etishga harakat qil, shunda darhol o‘zingning kimligingni bilib
olasan.
L. N. TOLSTOY
Kishi o‘z qobiliyatlarini amalda tatbiq etgan taqdirdagina bilishi mumkin.
SENEKA
Insonning haqiqiy fazilati kerak bo‘lgan chog‘ida, uni ish bilan ko‘rsatib,
ishda isbotlagan taqdirdagina namoyon bo‘ladi.
L. FEYERBAX
Qalbimizning go‘zal intilishlariga, agar ular faqat intilish bo‘lib qolaverar
ekan, biz hech qachon amaliy ahamiyat bermaymiz; ha, biz faqat faktlarni
qadrlaymiz va faqat qilgan ishiga qarab odamlarning fazilatini belgilaymiz.
N. A. DOBROLYUBOV
Ko‘zga tashlanib turmagan saxovatni hech kim axtarib o‘tirmaydi.
O.BALZAK
Jamiyat amalda isbotlangan yaxshi fazilatlarnigina e’tirof etadi va
hurmatlaydi... Kimda-kim o‘z bahosini aniq bilmoqchi bo‘lsa, uni faqat xalqdan
bilishi mumkin, binobarin, o‘zini xalq hukmiga havola qilishi kerak.
K. GELVETSIY
Eski gumanizm bunday der edi: «Sen nima bilan shug‘ullansang ham menga baribir,
menga sening insonliging muhim». Sotsialistik gumanizm bunday deydi: «Agar sen
hech narsa bilan shug‘ullanmasang va hech ish qilmasang, sen qanchalik aqlli va
yaxshi bo‘lsang ham seni inson deyolmayman».
A. A. FADEYEV