AQSHning
Baltimor shahrida tug’ilgan Jermir Gardiner ancha kichikligidayoq musiqani
qattiq sevgan. Tug’ma ko’r bo’lishiga qaramay, u o’n uch oyligida musiqa
asarlaridan pianinoda chalib bera olgan. Oradan bir yil o’tar-o’tmas, Jermin
Betxoven asarlarini maromiga yetkazib chalgan bo’lsa, uch yoshligida
qo’shiqlariga musiqa bastalagan.