Главная » 2010»Dekabr»30 » Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar:
20:49
Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar:
Uch qishloq
Bir mamlakatda Rostgo'ylar, Yolg'onchilar, rostgo'ylar va yolg'onchilar aralash
yashaydigan Aralash qishloqlari bor ekan. Mos ravishda, birinchi qishloqda
faqat rostgo'ylar,, ikkinchisida faqat yolg'onchilar, uchinchi qishloqda esa
har ikki toifa aralashib istiqomat qilishar ekan. To'satdan o't o'chirish
idorasiga qo'ng'iroq bo'libdi:
-Bizning qishloqqa o't ketdi.
-Siz qayerda yashaysiz ?
-"Aralash" qishlog'ida.
Savol: O't o'chiruvchilar qaysi qishloqda yashaydi ?
Matematik
necha yoshda ?
Bir kuni ikki matematik uchrashib qolibdi. Hol ahvol so'rashgach birinchi
matematik do'stidan so'radi:
- Hozir necha yoshdasiz ?
ikkinchi matematik javob berdi:
- Men tug'ilganda otam 25 yoshda edilar, hozir otam va mening yoshimizni
qo'shsak 89 bo'ladi. Savol: Matematik necha yoshda ?
Soat
Soat 5 sekundda 6 marta bong uradi. 12 marta bong urish uchun qancha vaqt
ketadi ?
Bozorda
Qassob 1 000 000 so'm bilan bozorga tushdi. U roppa -rosa
100 ta hayvon sotib olishi kerak. Sotuvda sigir, g'oz va tovuq bor. Sigir 150
000 so'm, g'oz 10 000 so'm va tovuq 2 500 so'm turadi. U kamida har bir
hayvondan bittadan olishi va barcha pulni ishlatishi shart. Qassob nimalarni sotib oladi ?
Ona va
bola
Onaning yoshi o'z qizining yoshidan 4 barobar katta. 20 yildan so'ng ona
qizidan 4 baravar katta bo'lib qoladi. Ona va qizning yoshini aniqlang.
Qahvaxonada
Qahvaxonada narxi idishi bilan birga 30 tiyin turadigan mineral suv sotilyapti.
Idishni topshirib, 20 tiyin qaytarib olish mumkin. Ayting-chi, 1 sum pulga
ko'pi bilan nechta mineral suv ichish mumkin ?
Tejamli kesim
Qanday qilib 5 ta olmaning birortasini ham 6ta bo'lakka bo'lmasdan turib, 6
kishiga teng qilib bo'lib berish mumkin ?
Mushuklar
nechta ?
To'rtburchak shakldagi xonaning har bir burchagida bittadan mushuk o'tiribdi.
Har bir mushukning qarshisida uchtadan mushuk o'tiribdi. Xonada hammasi bo'lib
nechta mushuk o'tiribdi ?
Narx
Mahsulot narxini 50 % ga oshirib, so'ng yana 50 % ga tushirsak, narx qanchaga
o'zgaradi ?
Guruh
talabalari
Guruhda 10 ta talaba o'qiydi. Ularning har biri barcha talabalar bilan qo'l
berib ko'rishsa, qo'l berib ko'rishishlar soni nechta bo'ladi ?
Ko'rishishlar soni 45 ta Narx 25 % kamayadi Xonada 4 ta mushuk bor Olmalarning har biridan oltidan biri olinsa muammo hal... Qahvaxonada 8 ta mineral suv ichiladi maximum