Seul shahri
(Janubiy Koreya) da dunyoga kelgan Kim Ung o’zining g’ayritabiiy qobiliyati va
erta rivojlanishi bilan tib olami olimlarini lol qoldirdi. Tug’ilganiga to’rt
oy bo’lganida, og’zida o’n to’qqizta tishi bo’lgan besh oylik go’dak binoyidek
ota-onasi bilan gaplashib, xona ichida shahdam qadam tashlab yurgan. Yetti
oyligida kitob mutolaa qilishni o’rganib oldi. Tuzukkina yozgan ham. Kim Ung
shaxmat o’yinida mantiqiy yurishlar bilan kattalarni mulzam qilib qo’ya olgan.
U bir yoshida ingliz va nemis tillarini o’rganib olgan. Bir yarim yoshida
mantiqiy suratlar chizgan. Ikki yoshu to’rt oyligida o’z hayoti haqida batafsil
kundalikni yozib borgan. Kim Ung qizaloq shoira sifatida ham Koreya solnomasida
iz qoldirdi. Uning "Yulduzlar savoli” nomli she’riy to’plami aholi orasida
qo’lma-qo’l bo’lib ketgan.