Har bir xalq vakillari
o’ziga xos tarzda salomlashadi. G’arbliklar
bir-birini ko’rganida «xayrli kun!» desa, musulmon ahli «assalomu alaykum»,
ya'ni «sizga sihat-salomatlik tilayman» deyishga odatlangan. Shunday ekan,
afrikalik, yaponiyalik va tibetliklarning qanday salomlashmshi xususida
eshitganmisiz?..
1. Salomlashish an'anasiga hammadan ham ma'suliyatliroq yondashadigan xalq
yaponlar hisoblanadi. Ular salomlashganida ta'zim qiladilar. Bunday ta'zim esa,
o’z navbatida, uch turga bo’linadi. Saykeyrey (eng past ta'zim), o’rtacha -
taxminan o’ttiz darajaga egilib beriladigan ta'zim hamda yengil - o’n besh
darajali ta'zim. Eng past ta'zimni yaponlar o’zlari uchun nihoyatda qadrli
hamda boy kishilarga nisbatan beradilar.
2. Sharqiy Afrikada joylashgan Keniya davlatining akamba qabilasi vakillari o’z
qadrdonlari bilan salomlashganda... bir-birlariga qarata tupurishar ekan!
3. Keniya va Tanzaniya davlatlarining chegarasida istiqomat qiluvchi masai
xalqi esa qo’l berib salomlashishdan oldin kaftiga bir tuflab oladi.
4. Chili davlatiga qarashli Pasxa orolida istiqomat qiladigan maqalliy xalq
vakillari salomlashishda antiqa usuldan foydalanadilar. Avval to’g’ri turib
olishingiz lozim, so’ngra qo’llaringizni musht qilib, oldinga chiqarasiz, keyin
boshingiz uzra ko’tarasiz-da, kullaringizni yozasiz va pastga erkin tushishiga
to’sqinlik qilmaysiz. Ro’parangizdagi odam xam xuddi shu amallarni bajarishi
lozim.
5. Tinch okeanidagi Samoa orollarida istiqomat qiladigan mahalliy aholi
vakillari esa salomlashganda bir-birlarini hidlab qo’yishni ham
unutmaydilar.
6. Ikki tibetlik o’zaro salomlashganida o’ng ko’li bilan bosh kiyimini yechadi.
Keyin so’l qo’lini kulog’ining ortiga o’tkazadi-da, bir-biriga tilini chiqarib
ko’rsatadi!
7. Yangi Gvineyada yashaydigan koiri qabilasi vakillari salomlashganida esa
iyaklarini bir-biriga tekkizib qo’yadi.