Ro‘yi zaminda biz uchun
eng maroqlisi — inson chehrasidir.
G. LIXTENBERG
Chehra — qalb ko‘zgusidir.
M. GORKIY
Inson chehrasi hamisha uning ichki olamini aks ettiradi, shu sababli, fikr
yuzda aks etmaydi, deb o‘ylash xatodir.
V. GYUGO
Inson chehrasi uning tiliga nisbatan ko‘p va qiziqroq narsalarni aytib berigshi
mumkin: til faqat inson fikrlarini bayon etsa, chehra — fikr mohiyatini
ko‘rsatadi.
A. SHOPENGAUER
Go‘zallik — haqiqiy baxt-saodat va rasmana qahramonlik bo‘lib, u balandparvoz
so‘zlarga muhtoj emas.
V. RAABE
Go‘zal chehra o‘z nomi bilan go‘zal.
F. BEKON
Chehrasi ochiq kishining qalbi ham ochiq.
F. SHILLER
Go‘zallik har yerda intiq kutilgan mehmondir.
I. GYOTE
Go‘zallik butun olamni qalbga olib kiradigan kuch va iste’dodga ega.
M. SERVANTES
Aql uchun sog‘lom fikr lozim bo‘lganidek, tanaga , nafislik kerak.
F. LAROSHFUKO
Ma’naviy fazilatlar husnni oshiradi, lekin bizning zamonda fazilatsiz go‘zallik
qalb uchun emas, faqat ko‘z uchun kerak.
V. G. BELINSKIY
Go‘zallik ba’zi xislat va belgilardan iborat emas, balki umumiy qiyofada va
unda hayot mohiyati qay daraja aks etishidadir.
N. A. DOBROLYUBOV
Yaxshi, dilkash odamni ko‘zidan ham bilsa bo‘ladi.
MARK AVRELIY
Dil go‘zalligi bilan yo‘g‘rilmagan hech qanday tashqi husn mukammal bo‘la
olmaydi.
V. GYUGO
Ma’nosiz joyda go‘zallik bo‘lishi mumkin emas.
E. L. BULE
Tashqi go‘zallik o‘zining pinhoniy ichki olami bilan yanada qimmatlidir. Kitob
muqovasi zarhalli bo‘libgina qolmay, ichidagi mazmuni ham oltinga teng bo‘lsa,
u alohida ahamiyat kasb etadi.
V. SHEKSPIR
Tashqi musaffolik va ko‘rkamlik, ichki musaffolik va ko‘rkamlikning ifodasi bo‘lishi
kerak.
V. G. BELINSKIY
Kamtarlik bilan yo‘g‘rilgan go‘zallikkina go‘zallik deya atalishga haqli.
Kamtarligi bo‘lmagan go‘zallik — go‘zallik emas, shunchaki xushbichimlikdir.
M. SERVANTES
Go‘zal, kelishgan qad-qomat, ko‘rkam qiyofa, xushovozli kishining oshig‘i olchi
bo‘lishi mumkin. Lekin go‘zallikka ortiqcha baho berib yuborish yaramaydi:
boshqa fazilatlar bilan uyg‘unlashmagan go‘zallik zarar keltirishi ham mumkin.
Ya. KORCHAK
Go‘zallik manmanlikni tug‘diradi.
T. FONTANE
O’ta go‘zallik, eng dilbar tashqi qiyofa ham agar hech kim shaydo bo‘lmasa uch
pul.
O. BALZAK
Husni jamoli go‘zal odamlar ko‘pu, lekin ularning ichki olamlari maqtasa
maqtagudek emas.
F. KUPER
Bema’ni go‘zallik — go‘zallik emas. Befahm sohibjamolga tikil: yuzidagi har bir
belgiga, jilmayishi, qarashlariga razm solib ko‘rsang — uning go‘zalligi
bora-bora aqlni tang qoldiradigan darajadagi bema’nilikka aylanadi.
I. A. GONCHAROV
Husn — shabnam kabi o‘tkinchidir.
G. SHVAB
Dunyoda faqat go‘zalgina bo‘lgan ayol hayotidan ham qayg‘uliroq hayot yo‘q.
V. FONTENEL
Go‘zallik — bu qisqa muddat hokimlik qiladigan qirolichadir.
SUQROT
Go‘zallikka boshqa olijanobliklarni ham qo‘shishga intiling.
EZOP
Men o‘zini ko‘z-ko‘z qilishga muhtoj bo‘lmagan, o‘zida ma’naviy fazilatlarni
namoyon etgan go‘zallikni afzal ko‘raman.
R. TAGOR
Tan go‘zalligi haqiqiy oshiqlarni shaydo qilishi mumkin, ularni bir umr maftun
etish uchun esa qalb go‘zalligi talab qilinadi.
K. KOLTON
Oqila qiz qilgan ishni husndor qiz hech qachon qilolmaydi.
P. A. PAVLENKO
Ayollarda go‘zal bo‘lmoqlikning birgina, lekin jozibador bo‘lmoqlikning esa yuz
ming imkoniyati bor.
Sh. MONTESKYE
Samimiylik ham xuddi husn va aql kabi ehsondir.
V. I. KACHALOV