Ushbu antiqa voqea 1967 yili Tunis yashil maydonlarining birida yuz
bergan edi. O'yindan chetlashtirilgan futbolchi maydonni o'zida yo'q
xursand holda tark etgan edi. Bolaligidan eshitish va gapirish
qobiliyatini yo'qotgan o'yinchi uchrashuv vaqtida hakam qabul qilgan
qarordan judayam achchiqlanib o'zini tutib tura olmadi va
kutilmaganda...gapirib yubordi. Futbolchi bor kuchi va inersiyasi bilan
hakamga nimalarnidir tushuntirishga harakat qilar edi. Ammo hakam
haqqoniy ravishda o'yinchini maydondan chetlatdi.Futbolchi bunga
zarracha ham achingani yo'q,Sababi, u qaytadan gapirish va eshitish
qobiliyatiga ega bo'lganligidan shod edi.