Dardlarim dilim yoqqanda, Dushmanim kulib boqqanda. Suymaganim eshik qoqqanda, Yorijon seni qumsadim. Menga yo'qdir sendek sirdosh, Bo'lmagin jonim bag'ritosh. Seni qumsab ko'zimda yosh, Yorijon seni qumsadim. Gapirsam tilim so'z demas, Yuragim o'zgani demas, Sensiz dunyo,dunyo emas, Yorijon seni qumsadim. Bo'ldi qilgil arazingni, Kelgin eshitgil dardimni. Olib qochma orazingni, Yorijon seni qumsadim.
|