Aksariyat o'yinlarni o'ynash uchun
sizga bitta yoki bir nechta sherik kerak bo'ladi. Masalan, futbol yoki oddiy
quvlashmachoq o'yinini bir o'zingiz o'ynay olmaysiz. Kompyuter sizga
turli-tuman o'yinlarni o'ynash imkonini berib, kerak bo'lsa sizga sherik
vazifasini ham bajaradi.
Oyinlar juda qadim zamonlardan
odamlarga hamroh bo'lib kelgan. Ular insonning bo'sh vaqtini maroqli o'tkazish
bilan birga jismoniy va aqliy rivojlanishiga yordam beradi. Qadimda o'yinlar
yoshlarda jamoa bo'lib ov qilish, o'zini dushmanlardan himoya qila olish kabi
qobiliyatlarni shakllantirgan. O'yinlar vaqt o'tishi bilan takomillashib, zamon
talabiga moslashib bordi. Kompyuterlar yaratilishi bilan o'yinlarning yangi
turi — kompyuter o'yinlari vujudga keldi.
Kompyuterlarning rivojlanishi bilan
kompyuter o'yinlari ham takomillashib bordi. Hozirgi kunda kompyuter o'yinlari
turli-tuman va ularning son-sanog'i yo'q. Shunga qaramasdan kompyuter
o'yinlarini bir nechta turlarga ajratish mumkin. Misol sifatida quyidagilarni
keltirish mumkin.
Arcade (arkada). Bu turdagi o'yinlarda ko'p o'ylamasdan tez harakat qilish kerak bo'ladi.
Masalan, avtomobil poygalari, ekranda paydo bo'ladigan turli narsalarni tez
nishonga olish va hokazo.
Scrollers (siljish,
harakatlanish). Bu turdagi o'yinlarda
ekrandagi tasvir bir tomonga to'xtovsiz harakatlanib turadi. O'yinchidan esa
uchragan to'siqlardan o'tishi talab etiladi.
Simulation
(simulyatorlar). Bu turdagi o'yinlarda
biror murakkab texnik qurilmani (avtomobil, samolyot va hokazo) boshqarish
amalga oshiriladi.
Strategy (strategiya). Bu turdagi o'yinlarda biror maqsadga erishish uchun reja ishlab chiqish
talab etiladi. Bunda o'yinchi birgina personaj emas, balki, harbiy bo'linma,
biror tashkilot yoki davlatni boshqarishi kerak bo'ladi.
Sport (sport). Bu turdagi o'yinlarda biror sport o'yini (futbol, basketbol va hokazo)
tasvirlanadi.
Adventure (sarguzasht). Bu turdagi o'yinlarda o'yinchi boshqarayot-gan qahramon syujet bo'yicha
harakatlanadi. Yo'lda boshqa personajlar bilan muloqotga kirishadi, rnantiqiy
masalalarni hal qiladi va turli sarguzashtlarni boshidan kechiradi.
Puzzle (boshqotirmalar). Bu turdagi o'yinlarda har xil bosh-qotirmalarni hal qilish kerak
bo'ladi. Masalan, bo'laklarga ajratib yuborilgan rasmni tiklash, minalashtirilgan
maydondagi minalarni topish va hokazo.
Bu ro'yxatni yana
davom ettirish mumkin. Lekin ko'pgina o'yinlarni biror turga qo'shish juda
mushkul. Chunki ularda bir necha turdagi o'yinlarning xususiyatlari
mujassamlangan bo'ladi.