Turmush — aslida siyqa
tushunchadir, bu tushunchani jonlantirib turish, uning mohiyatini shaxsiy
munosabatlar madaniyati bilan ochib berish kerak.
M. M. PRISHVIN
Biz bir-birimizga e’tibor bilan munosabatda bo‘lishni o‘rganishimiz kerak,
dunyoda eng ajib, eng oliy xilqat — inson ekanligini tushunmog‘imiz kerak.
M. GORKIY
Kurramizdagi eng dilbar, eng ajoyib xilqat deb hisoblangan inson bilan
faxrlanishni o‘rganmagunimizcha, to o‘sha payt kelmaguncha hayotimizdagi
qa-bihlik va yolg‘ondan qutula olmaymiz.
M. GORKIY
Har bir kishida yaratuvchining dono qudrati yashiringani, shuning uchun bu
qudratning taraqqiy etishi, gullab-yashnashiga imkon berish lozimligini
unutmagan holda bir-biringizni izzat-ikrom qiling.
M. GORKIY
Jahonda inson uchun odamlardan ko‘ra g‘aroyibrog‘i yo‘q.
V. GUMBOLDT
Ko‘nglimda saqlagan durri nihonim — bu yaxshilarga nisbatan o‘tli munosabatimdir.
M.M.PRISHVIN
Demokratik ta’limotlardan eng birinchisi — barcha odamlar ma’naviy go‘zaldir,
deya tan olishdan iboratdir.
G. CHESTERTON
Har bir kishi — butun bir kitobdir, hamma gap uni o‘qiy olishda.
U. CHENNING
Biz birinchi taassurotdan keyinoq yoki ikki-uch tashqi belgi bilanoq
bir-birimiz haqimizda hukm chiqara olishimiz uchun har birimizda ko‘p
murvatlaru g‘ildiraklaru va qopqoqchalar mavjud.
A. CHEXOV
Agar odamni bir qarashdayoq butun sirru asrorini bilib olsang, unga qiziqmay
qolasan. Inson imkon qadar o‘zida barcha xislatlarni jamlagani holda, yana
nimasi bilandir sirli tuyulmog‘i kerak.
M. GORKIY
Bir qarashdayoq kishi haqida hukm chiqarish yaramaydi. Fazilatlar odatda
kamtarlik qobig‘i bilan o‘ralgan, kamchiliklar riyokorlik niqobiga yashiringan
bo‘ladi.
J. LABRUYER
Kishilar haqidagi hukmimizda tasodifiy qadamlarga katta e’tibor berishdan
saqlanmoq kerak. Tasodifiy ishlar bilan ojiz kishilar o‘zlariga
izzat-ikromlarni qaytarmoqchi, shuhratparastlar — jamiyat ko‘z oldida o‘zlarini
azizu mukarram qilib ko‘rsatmoqchi bo‘ladilar.
G. TEYLOR
Odamlar hech qachon mislsiz yaxshi yoki haddan tashqari yomon bo‘lmaydilar.
F. LAROSHFUKO
Kishi olijanobligi haqida uning ahyondagi g‘ayratiga qarab emas, balki kundalik
ishlariga qarab baho berilishi kerak.
B. PASKAL
Ko‘pincha shunday bo‘ladiki, agar diqqat bilan o‘rganilsa, «yomon odamlar»
yaxshi chiqib, «yaxshilar» esa yutqazib qo‘yadilar.
G. LIXTENBERG
Kishi haqida hukm chiqazishdan oldin loaqal uning fikr-asrori, uning
baxtsizligi, uning hayajoniga sherik bo‘lish kerak.
BALZAK
Kishining tashqi ko‘rinishiga qarab baho berib bo‘lmaydi — ko‘rinishga qarab
faqat taxmin qilish mumkin.
J. LABRUYER
Insonni bilish uchun uni sevish kerak.
L.FEYERBAX
Odamlar bilan ellashish va ularga yoqimli bo‘lish uchun aqldan ko‘ra qalb
ko‘proq foyda beradi.
J. LABRUYER
Kishilarni o‘zgartirmoq uchun ularni sevish kerak. Ularga ta’sir o‘tkazish
bilan ularni sevish proportsionaldir.
I. PEST ALOSSI
Kimningdir fazilatini baholamoqchi bo‘lgan odamning o‘zi ham shu fazilatga yot
bo‘lmasin.
V. SHEKSPIR
Yaqinlarimiz qanchalik bizga o‘xshagan bo‘lsalar, ular shunchalik bizga xush
yoqadilar; kimnidir qadrlash — bu aftidan, uni o‘ziga tenglashtirishning
o‘zginasidir.
J. LABRUYER
Boshqaning insonligini his etgan taqdiringdagina inson bo‘la olasan.
A. N. RADISHCHEV
O’zi haqida hukm chiqazishni o‘rganmagan odam boshqalar haqida hukm
chiqarolmaydi.
I. GYOTE
Kimki insonlikni o‘zida sinab ko‘rmagan ekan, u hech qachon odamlarni chuqur
bilmaydi.
N. G. CHERNISHEVSKIY
Har bir kishi boshqalardan ajralib turadi va kundan-kunga o‘zidan ham farqlanib
boradi.
A. POP
Kishiga tug‘ilgan joyiga qarab emas, uning ma’naviy qiyofasiga, qaysi
yurtdanligiga qarab emas, qanday nuqtai nazar bilan yashashga jazm qilganiga
qarab baho beriladi.
APULEY
Kishi qanchalik dono bo‘lsa, u shunchalik yangi-yangi odamlarni topadi.
O’rtamiyona shaxslar ko‘pchilik orasida u qadar sezilmaydi.
B. PASKAL
Birovni tushunmoq uchun o‘zingni uning o‘rniga qo‘yib ko‘rmog‘ing, uning
sevinchi va dardini his etmog‘ing lozim.
D. I. PISAREV
Yoningdagi kishini his qila bil, uning qalbiga kir, ko‘zlariga boqib, ichki
olamini — shodligi, qayg‘usi, baxtsizligi, g‘am-alamini ko‘ra bil.
V. A. SUXOMLINSKIY
O’zga odamning daxlsizligi, nozikligi, hamiyatini ehtiyot qil, aya. Odamlarga
yomonlik qilma, ranjitma, dilini og‘ritma, tashvish va notinchlikka qo‘yma.
V. A. SUXOMLINSKIY
Butun hayot davomida insonga yengiltaklik va loqaydlik bilan qarash mumkin
hisoblangan biron soniya ham bo‘lmasligi kerak.
D. I. PISAREV
O’zingda ham, boshqalarda ham insoniy shaxsiyatni e’zozla.
D. I. PISAREV
Boshqalarni hurmat qilish o‘z-o‘zini hurmat qilishga olib keladi.
R. DEKART