Kоmpyuter xоnasida stоl va stullarga talablar mavjud bo'lib, stоl balandligi
yerdan 68-77 sm bo'lib, stullar esa aylanuvchan bo'lishi kerak va albatta
оrqasida suyanchig'i bo'lishi kerak. Chunki stоl-stullar o'z gabariti bilan
to'g'ri kelmasa, fоydalanuvchi tezda charchab qоladi. Stоl va stullar shunday
jоylashtirilishi kerakki, ular insоnlarga turib yurishga xalaqit bermasligi
kerak. Bundan tashqari, o'qituvchi bemalоl xar bitta tinglоvchini оldiga bоrib,
uni qilgan xat оlarini kоmpyuterda bemalоl ko'rsata оlishi kerak. Agarda bu
antоpоmetrik o'lchоvlar hisоbga оlinmasa, tingl о vchilar ish paytida bir-biriga
xalaqit berishi mumkin. Mоnitоr ko'zdan о zgina pastrоqda va 50 sm dan kam
bo'lmagan masоfada jоylashishi kerak. Mоnitоr va ko'z оrasidagi masоfa 60-70 sm
bo'lishi tavsiya qilinadi, bu masоfa kichik bo'lsa, insоnni ko'zi tezrоq
charchaydi. Mоnitоrni dizayni va rangi o'ziga etibоrni jalb qilmasligi kerak.
Shuning uchun mоnitоrning sirt tоmоnida har xil reklama yopishtirgichlarini оlib
tashlash kerak. Mоnitоrning ekrani zangо ri va ko'k ranglarga bo'yalishi shart.
Chunki bu ranglar insоn ko'ziga eng yaxshi ranglardan hisоblanadi.Shaxsiy
kоmpyuterni ishga tayyorlash va o'chirish tartiblari mavjud.Kompyuter oldida
o‘tirib ishlashda go‘yo inson erkin joylashgandek bo‘ladi, biroq bunday holat
organizm uchun majburiy va noqulay hisoblanadi: bo‘yin, muskullari, bosh, qo‘l
va yelkalar bo‘g‘inlari tarang holatda, shu sababli osteoxondroz, bolalarda esa
skolioz yuzaga kelish xavfi mavjud. Ko‘p vaqt mobaynida o‘tirib ishlaydigan
insonlarda kursi suyanchig‘i va tanasi o‘rtasida issiq kompress hosil bo‘ladi,
bu esa inson organizmida gaz, qon turib qolishiga olib keladi, natijada
prostatit va gemorroy yuzaga keladi. Bu kasalliklarni davolash uzoq vaqt talab
etadi va yoqimsiz holatlarda davom etadi. Bundan tashqari, kam harakatli hayot
tarzi ko‘pincha semirib ketishga olib keladi. Elektromagnit nurlari zamonaviy
monitorlar salomatlik uchun xavfsiz hisoblanadi, biroq hali to‘la xavfsiz emas.
Agarda ish joyingizda eskiroq kompyuter turgan bo‘lsa, yaxshisi undan uzoqroq
bo‘ling. Ko‘zlar matn yoki suratning har bir kichik silkinishini qayd etadilar,
ekranning jimirlashini esa juda yaxshi ko‘radi. Ko‘z bilan diqqat qilib ishlash
ko‘rish qobiliyati yomonlashishiga olib keladi. Ranglarni, shriftni,
foydalanilayotgan dasturlarda oynalar joylashtirilishini, ekranni noto‘g‘ri
joylashtirish ko‘rish qobiliyatiga yomon ta'sir ko‘rsatadi. Barmoq uchlarining
nervlari tugmalarni bosa berishdan go‘yo yorilib ketayotgandek bo‘ladi,
jonsizlanib qoladi, natijada barmoq uchlari uvishadi. Bu esa bilaklar
(muskullar) bo‘g‘inlari va bog‘lovchi apparati zararlanishiga olib kelishi
mumkin, keyin esa bilaklar doimiy og‘riydigan bo‘lib qolishi mumkin. Barcha
foydalanuvchilar ham o‘zlarining axborotlari qo‘shimcha nusxasini doimiy
ravishda yaratib bormaydilar. Axir viruslar har doim xavf tug‘dirib turadilar,
eng yaxshi firmalarning vinchesterlari ham buziladi va eng tajribali dasturchi
ham ba'zida boshqa tugmani bosib yuborishi mumkin. natijada bunday stress
oqibatida infarkt kelib chiqishi mumkin. Bundan tashqari, kompyuter inson
psixikaga ham ta'sir ko‘rsatadi. Bu mavzu qator tortishuvlarga sabab bo‘ladi.
Masalan, kompyuter o‘yinlariga berilib ketish, internetga (bog‘lanib) qaram
bo‘lib qolish - bu muammolar qanchalik jiddiy? Internetga qaram bo‘lib qolish,
o‘yinlarga berilib ketish - bunday holatlar odatda, endi o‘rganayotgan
foydalanuvchilar uchun, yoki kompyutersiz, shunga o‘xshash mashg‘ulotlar bilan
shug‘ullanganlar uchun xos holatdir. Agarda inson soatlab saytlardan chiqmay
berilib ketsa, bunga kompyuter emas, uning o‘zi aybdor. Balki bu muammo
haqiqatda ham jiddiydir? Bu xususida turli nuqtai nazarlar bildirilgan va
bildirilmoqda. Biroq yaxshisi bunday ahvolgacha olib kelmaslik kerak.
Kompyuterda uzoq vaqt ishlash turli oqibatlarga olib kelmasligi uchun o‘z ish
joyi va ish rejimini tashkil etish bo‘yicha murakkab bo‘lmagan tavsiyalarni
bajarish yetarli bo‘ladi. Har soatda qisqa tanaffus qilish tanaffus paytida qo‘l
barmoqlari uchun bir necha mashqlarni bajarish zarur. Monitor oldida uzoq vaqt
o‘tirib ishlaydiganlar kompyuter bilan me'yoridan ortiq muloqotda bo‘lish
sog‘liqqa zararliligini bilishlari kerak. Ayrim kasbiy kasalliklar, ularning
oldini olish usullari va bu kasalliklarni davolash metodlarini bilish foydadan
holi emas. Sog‘liq uchun xavfsiz bo‘lgan kompyuter va dasturiy ta'minotni qanday
tanlab olish, ish joyini tashkil qilishni bilish zarur.