"Manchester Yunayted" xujumchisi Alan Smit Chempionlar Ligasida g'olib
chiqishni juda xohlaydi. U g'alaba nashidasini surish daqiqalarini
sog'inganligini aytadi. Ya'ni, Smit bolaligida VMX velosipedchilar
seriyasida chempion bo'lgan va o'shandan buyon hali tuzuk- quruq
medalga ega bo'lganicha yo'q. "Men yetti yasharligimda velosiped
boshqarish bilan jiddiy shug'ullana boshladim,- deydi 24 yoshli
forvard. - Bir yil o'tib, velosipedda turli mashqlarni bajara oladigan
darajaga yetdim va Angliya chempioni bo'ldim. Shuning uchun futbolda
biror natijaga erishsam deyman." "Lids" klubi safida Angliya Kubogi
finalida to'p surgan Alan Smit futbolchilik bilan birga
motosiklchilikka ham mehri balandligini yashirmaydi. "Men har doim
motosikllarga qiziqqanman. Agar motosport bilan shug'ullanganimda ham
biror yutuqqa erishishim turgan gap edi", deydi angliyalik "qiziquvchan
Matmusa"...