Bir mashxur fizik ma’ruzasidan so‘ng tinglovchilarga: "Endi
sizlarning ixtiyoriy savolingizga javob beraman” debdi.
Tinglovchilardan biri qo‘lini ko‘taribdi:”Men ikkinchi teoremangiz isbotini
tushunmadim” desa. Fizik javob beribdi:”Bu savol emas”.
Ma’lumki, boshlang‘ich maktabda o‘quvchilar sinflarda
o‘tirishadi. O‘chituvchilar esa ular oldilari kirib dars o‘tishadi. Bir
maktabda direktor bolalar tanaffuslarda to‘polon ko‘tarishaverganidan bezor
bo‘lib, dars paytida radiodan e’lon qilibdi: o‘chituvchilar keyingi dars
o‘qituvchisi kelmagunicha sinfni qoldirmasinlar” deb.
Angliya parlamentida:
Ma’ruzachi spikerdan so‘rabdi:
- Ser, men lord Charlstonni iflos semiz cho‘chqa deb atasam
bo‘ladimi?
- Yo‘q, men sizga lord Charltonni iflos semiz cho‘chqa deb atashga ruxsat
bermayman.
- Yaxshi, men lord Charltonni iflos semiz cho‘chqa deb atamayman.
Ko‘chada mantiq bo‘yicha mutaxassis –logik oldiga bir
piyoda kelib so‘rabdi:
- Kechirasiz, men shu ko‘cha oxiriga borsam, u yerda vokzal bo‘ladimi?
- Bilasizmi, siz bormasangiz ham u yerda vokzal bo‘ladi!...
Parlamentariylardan biri o‘rnidan turib jahl bilan
qichqiribdi:
- Bu yerda o‘tirganlardan yarimi poraho‘r va o‘g‘ri!!!
(Spiker) – Hoziroq so‘zlaringizni qaytib oling!
(Parlamentariy, o‘zini bosib) - Bo‘pti. Bu yerda o‘tirganlardan yarimi poraho‘r
va o‘g‘ri emas!!!
Kafeda bir kishi kulcha buyuribdi, lekin o‘ylab ko‘rib
kulchani kofega almashtiribdi. Kofe ichib bo‘lib chiqib ketayotsya, ofitsiant
oldiga yugurib:
- Kofe uchun to‘lamidingiz-ku!
- Lekin men uni ahir kulchaga almashtirdim.
- Kulchaga ham to‘lamadingiz-ku!
- Yemagan bo‘lsam, nega to‘lashim kerak!.