Cho‘lda o‘rmalab yurgan
jonivorlar ham tug‘ilshidanoq o‘z makonlarini biladilar, havoda uchuvchi
qushlar ham, dengiz va daryolardagi baliqlar ham o‘z oshyonlarini his
qiladilar, hatto bolari va shunga o‘xshashlar ham o‘z uyalarini muhofaza
qiladilar,— shuning kabi odamlar ham qaerda tug‘ilib parvarish topsalar,— o‘sha
joyga cheksiz mehr qo‘ygan bo‘ladilar.
F. SKORINA
Vatanparvarlik — yolgiz o‘z vataniga mehr qo‘yishdan iboratgina emas. Bu juda
katta his... Bu — vatan bilan o‘zini bir butun deb bilish, uning yaxshi-yomon
kunlarida asqatish demakdir.
A. N. TOLSTOY
Kim xalq bilan uning qayg‘usini bab-baravar bo‘lishib olmasa, uning shodlpk
bayramida o‘zini xo‘rlangan his etishi shubhasizdir.
L. M. LEONOV
Kimki umumiy falokat daqiqalarida vatan xaloskorligidan boshqa biron-bir
xayolga borsa, — ozod davlatda yashagaga haqlga emas.
F. KLINGER
Inson hammadan avval o‘z mamlakatining farzandi, vatan manfaatlarini diliga jo
qilgan grajdanindir.
V. G. VELINSKIY
Saxovatning eng buyuk jasurliklari vatanga muhabbat tufayli yuzaga kelgan.
J.J. RUSSO
Vatanparvar — o‘z vatani kamoloti yo‘lida, o‘z xalqiga muhabbati tufayli
ezguliklari tugul, jonini ham ayamaydigan insondir, xalqqa va vatani ozodligi,
farovonligi uchun o‘zini qurbon qiluvchi insondir.
M. OXUNDOV Vatanparvarlikning
tarbiyaviy ahamiyati juda katta, bu kishini bashariyat haqidagi g‘oyalar bilagt
ulg‘aytiradigan maktabdir.
M. Ye. SALTIKOV-SHCHEDRIN
Vatan g‘oyasi hamma uchun bir xil manfaatlidir. U halol kishilarda jasorat
haqida fggkr uyg‘otadi, nopok kishilarni esa, agar vatan g‘oyasi bo‘lmaganda
qplishlari aniq bo‘lgan ko‘pgina qabihliklardan saqlaydi.
M. Ye. SALTIKOV-SHCHEDRIN
Vatan g‘oyasi shonli yillarda ham, kundalik hayotda ham uning farzandlariga
birdek xos bo‘lmog‘i zarur, binobarin, bu g‘oyani chinakam his etgandagina
kishi o‘zini grajdan deya hisoblashga haqlidir.
M. Ye. SALT IKOV-SHCHEDRIN
Vatanparvarlik tantanavor xitoblar va umumiy gaplardan iborat emas, balki u
vatanga qizgin muhabbat hissi bilan ortiqcha dabdabalarsiz o‘z fikrini
bildirish, faqat ezgulikda hayratlanmay, balki muqarrar har qaerda, har qanday
vatanda ham bo‘ladigan yovuzlikni jinidan battar yomon ko‘rish demakdir.
V. G. BELINSKIY
Kim bo‘lishdan qat’iy nazar, uning vatanparvarligi so‘zi bilan emas, ishi bilan
isbot qilinadi.
V. G. BELINSKIY
Vatan oldidagi burch inson uchun muqaddasdir.
V. A. SUXOMLINSKIY
Vatanga nafi yo‘q yashalgan har kun, inson hayotida qolur bemazmun.
M. SALMON
Vatan uchun chala ish qilish, uning uchun hech nima qilmaslikdir.
M. ROBESPVER
Olimaqom vatanparvarlik — vatan farovonligi yo‘lida benihoya jonbozlikdir.
N. G. CHERNISHEVSKIY
Vatanga muhabbat mavhum tushuncha bo‘lmay, tashkilotchilikni, taraqqiyot va
madaniyatni talab qiladigan real ruhiy qudratdir.
A. N. TOLSTOY
Sof vijdonli kishida vatanparvarlik o‘z vatatti foydasiga mehnat qilish
inttiyoqidan bosh-qanarsa bo‘lmasligi kerak va bu boshqa biron narsadan emas,
balki iloji boricha ko‘p va xo‘b ezgu ishlar qilish istagidan kelib chiqadi.
N. A. DOBROLYUBOV
Vatanga muhabbat, avvalo, unga samimiyat, qizg‘inlik bilan, samarali istak
bilan ezgulik va ma’rifat tilashdan iboratdir, uning mehrobiga hamma narsani,
shirin jonni ham fido etish, undagi barcha yaxshi narsalarga qizgin hamdardlik
bildirish hamda uning kamolot yo‘liga g‘ov tushayotgan narsalarga qahrltg
bo‘lmoqlikdir.
N. A. NEKRASOV
Vatanparvar — vatanga xizmat qilayotgan kishidir, vatan esa bu avvalambor
xalqdir.
N. G. CHERNISHEVSKIY