Dunyo
mo'minlarning bozori, kecha va kunduz sarmoyalari, go'zal amalar tijorat
mollari, jannat foydalari, jahannam esa zararlaridir.
Hazrati Abu
Bakr r.a.
Iymonning
uchdan biri hayo, uchdan biri aql, uchdan birijo'mardlikdir.
Hazrati
Umar ibn Hattob r.a.
Qabrdagilarni
pushaymon qilayotgan narsalar ustida tiriklar qirpichoq bo'lmoqdalar.
Imom
G'azzoliy
Dunyo kezib
oxiratni topganni ko’rmadik, dunyosini topganlarni ko’rdik.
Hasan
Basriy
Boyning
xasis bo`lishi unga berilgan jazodir.
Hazrat Ali
Mo`min
yaxshi niyatli bolgani uchun aldanadi, surbet yomon niyatli bolgani uchun
aldaydi.
Termiziy
Allohning
imtihoni bizni bilish uchun emas,bizni ozimizga bildirish uchundir
Tohir
Mavlaniy
Ey, butun
kechani tonggacha uxlab otkazadigan bechora, ertaga yotadigan zim-ziyo qora
tuproqqa ham qandil yoq.
Farididdin
Attor
Eng johil
inson ohiratini birovning dunyosi uchun sotgandir.
Hazrati
Umar ibn Hattob r.a.
Olam bir
daryodir, uning qirg’og’i oxirat. Ul daryoning kemasi taqvo bo’lib, odamzotning
hammasi shu daryodan o’tuvchi musofirlardir.
Shayh Abu
Ishoq Zuhuriy
Kitob –
mashg’ullik paytingda o’zi so’z boshlamaydigan, ish vaqtingda chaqirmaydigan
suhbatdoshdir. Unga chiroyli ko’rinishing shart emas. Kitob – senga
laganbardorlik qilmaydigan o’rtoq, seni aldamaydigan do’st, malol kelmaydigan
yo’ldosh va tahqirlamaydigan nasihatgo’ydir.
Ahmad ibn
Ismoil
Dunyoning
qiyinchiliklari to’rtta: g’urbatda kasallik, qarilikda yolg’izlik, hech narsasi
bo’lmaganda qarzdorlik, safarda uzoq yo’l.
Ibn Mikaffa
Agar sen
balolar yo'liga tushib qolsang, ko'zing quvonsin. Chunki bu yo'ldan
Payg'ambarlar vasolihlar yurganlar. Agar rohatli yo'l boshlansa, sen o'z
nafsingga yig'lagin. Chunki ularning yo'lidan adashtirilibsan".
Vahb ibn
Munabbah
Sharq Haqni
topdi, dunyodan kechib,
G'arb dunyo
topdi Allohdan kechib.
Jaloliddin
Rumiy
Kim ilm
o'rganib unga amal qilsa va uni boshqalarga o'rgatsa, butun osmon farishtalari
orasida "Buyuk" deb chaqiriladi.
Iyso ibn
Maryam a.s.
Ilm
o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod,
bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir.
Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil,
begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati
Umar ibn Hattob r.a.
Xo'rlikka
chidab ilm oldim, piravardida ulug'likka erishdim.
Ibn Abbos
r.a.
Iloho! Men
gunohdan kechishga qodir bo'lmasam, gunohlarni avf etishga Sen qodirsan-ku!
Yahyo ibn
Maoz r.a.
Iymon
ko'rolmaganlariga ishonmoq, bu iymonning mukofoti esa ishonganlarimizni
ko'rishligimizdir.
Avgustin
Odobsizlik
boshlangan joyda adabiyot tugaydi.
M. Akif
Ersoy
Qanday
bo'lmasin uylaning hotinnigiz yahshi chiqsa omad sizniki, aks holda fylasuf
bo'lasiz.
Suqrot
Borliq
mehnat bilan tirik, ishlamaganlar esa doimo muhtojlikdadir.
La Edri
Pulni
o'ylab sarf qilmoq yarim foydadir.
Hasan
Basriy
Kuchga tayanmagan
adolat ojiz, adolatga tayanmagan kuch esa zolimdir.
Paskal
Ehtiyojlari
uchun past kelmagan inson buyukdir.
Lideri
Har ishda
shubha qiladigan jinni, hech ishdan shubha qilmaydigan esa ahmoqdir.
La Edri
Juda ko'p
insonlarni ko'rdimki, hech biri bu dunyodan rozi emas va ayni choqda hech biri
bu dunyodan ketishni ham istamas.
Nomiq Kamol
Umr
poyezdini kufr yo'llaridan yurgizganlar, albatta, bir kun jahannam bekatiga
boradilar.
La Edri
Solih
kishining o'limi o'zi uchun, fosiqniki esa boshqalar uchun rohatdir.
Hakimlardan
Ko'p
ishonsangiz aldanasiz, ammo hech qachon ishonmasangiz hayotingiz azobda o'tadi.
Frank Grane
Buyuk
saodatlar buyuk iztiroblarning yonidadir.
Erhan Bener
Dunyo
mo'minlarning bozori, kecha va kunduz sarmoyalari, go'zal amalar tijorat
mollari, jannat foydalari, jahannam esa zararlaridir.
Hazrati Abu
Bakr r.a.
Johil kishi
dovulga o'hshaydi, ovozi juda kuchli, ammo ichi bo'shdir.
Sa'diy
Sheroziy
"Pista
kabi mag'zim bor" degan kishini, piyoz kabi qat-qat po'sti bo'ladi.
Sa'diy
Sheroziy
O'z qo'ling
bilan eta olmagan yahshilikni birovni qo'li bilan hech qachon qila olmaysan.
Munabbih
Badnafs
kishining ikki kecha uyqusi kelmaydi. Oshqozoni bo'sh qolganda va oshqozoni
to'lib ketganda.
La Edri
Faqat
qilgan ishlarimizga emas, qilmagan ishlarimizga ham mas'ulmiz.
Jan Batist
Molyer
Odam bolasi
qulog’ining tuproqqa to’lishi azonni eshitib turib, unga ijobat qilmaslikdan
yahshidir.
Abu Hurayra
r.a.
Masjiddagi
munofiq qafasdagi qush kabidir.
Nazzol ibn
Sabra
Jannat
hurlarining mahri masjidni supurish va uni obod qilishdir
Hasan
Basriy
Sukut -
ko’pincha quruq safsataga isyon!
Bernar
Dad’e
Baxillarning
baxili o’zining baxtli bo’lishiga baxillik qilgan kishidir. Zulmlarning kattasi
esa, Allohga gunoh qilish bilan kishining o’z nafsiga zulm berishidir. Chunki
kim gunoh qilsa, o’zini halok qilgan bo’ladi.
Abu Lays
Samarqandiy
Juda ko'p
odamlarni ko'rdim, ular o'tayotgan kunlaridan ko'ra dirhamlariga ko'proq
baxillik qilishadi.
Hasan
Basriy
Pul shunday
narsaki, qo’ldan ketmagunicha sohibiga foyda bermaydi.
Ali r.a.
Ehtiyot
bo’l! Senda yo’q yahshiliklarni aytadigan kimsa senda yo’q yomonliklarni ham
aytadi.
Vahb ibn
Munabbah
Ne’matning
zavol topishi uning qadriga etmay, mensimaslikdan ko'ra kattaroq sabab yo’q.
Umar Ibn
Hattob
Tarbiyaning
eng oily ko’rinishi tuyg’ular tarbiyasidir.
Muxtor
Shoxonov
Mo’min odam
gunohlarini qulay–qulay deb turgan ulkan tog’dek, o’zini esa shu tog’ bosib
qoladigan kishidek tasavvur qiladi. Fojir odam gunohlarini burni ustuga qo’ngan
va qo’li bilan bunday qilsa (ya’ni, haydasa), yana uchib ketadigan pashshadek
ko’radi.
Abdulloh
ibn Ma’sud
Ilm talab
qilgan kishining talabida jannat bo’ladi. Gunoh talab etgan odamning talabida
do’zax bo’ladi.
Ali r.a.
Ilmning avvali
sukut, so’ng eshitish, so’ng yod olish, so’ng amal qilish, so’ng uni tarqatish.
Imom
G’azzoliy
Uyatchang
va mutakabbir kishi ilm o’rgana olmaydi.
Mujohid
Dunyoning
g’ami qalbga zulmat. Oxiratning g’ami qalbga nurdir.
Usmon r.a.
Kim o'limni
ko'p eslasa, uch narsa bilan mukarram bo'ladi: tez tavba qilish bilan, rizqiga
qanoat qilish bilan, ibodatga g'ayrat qilish bilan. Kim o'limni sedan chiqarsa,
uch ishda orqada qolib ketadi: tavbani keyinga suradi, kifoyaga rozi bo'lmaydi,
ibodatda yalqovlik qiladi.
Hamid Lofof
Yaxshilikka
buyurish, yomonlikdan qaytarish Alloh taoloning jamoli va dinning azizligi
ko'zlangan holda qilinadi. Nafsning hamiyati uchun emas. Kim bu ishni Allohning
jamoli va dinning e'zozini o'ylab qilsa, Alloh unga nusrat beradi va maqsadiga
yetkazadi. Kim nafsining hamiyati uchun qilsa, Alloh uni hor etadi.
Abu Lays
Samarqandiy
Insonning
ruhi Alloh uchun, uning qilgan amallari nafsi uchun, jismi qurtlar
uchundir".
Luqmoni
Hakim
Qabr
naqadar dahshatli, ammo men bilan birga hamroh yo'q, ohirat yo'li uzun, lekin
menda tayyorgarlik yo'q, Alloh qozi bo'ladigan kunda Uning huzurida menga
hujjat yo'q.
Boylar
Alloh bergan narsalarga bahillik qilmasalar, ulamolar bilgan ilmlariga amal
qilsalar, ilmsiz kishilar bilmagan narsalarini so'rashda mutakabbir
bo'lmasalar, faqir kishilar ohiratlarini dunyolariga sotib yubormasalr din va
dunyo qoimlikda bo'lardi".
Ali ibn Abu
Tolib r.a.
Haromga
parvo qilmasdan qorin to'ydirish, zolimlar ila suhbatda bo'lish, o'tgan
gunohlarni unutish va uzun orzu qilish qalbni zulmat qoplaganidan
dalolatdir".
Abdulloh
ibn Mas'ud r.a.
Dunyoni
yahshi ko'rishlik zulmat - uni chirog'i taqvo, gunoh zulmat- uni chirog'i
tavba, qabr zulmat - uni chirog'i "Kalimayi shahodat", ohirat zulmat
- uni chirog'i solih amal, sirot zulmat - uni chirog'i IYMONdir".
Abu Bakr
Siddiq r.a.
Amallarning
eng og'iri to'rttadir: g'azab kelganida yutib yubormoq, qiynalgan vaqtda sadaqa
qilmoq, holi qolganda ham pok bo'lmoq va o'zi qo'rqadigan yoki biror narsa
tama' qiladigan kishisiga haq so'zni aytmoq".
Ali ibn Abu
Tolib r.a.
1.Osmondan
og'irroq - pok kishiga bo'hton qilmoq.
2.Yerdan
kengroq - haqiqat.
3.Dengizdan
boyroq - qanoatli kishining qalbi.
4.Toshdan
qattiqroq - munofiqning qalbi.
5.Olovdan
issiq - zolim podshoh.
6.Muzdan
sovuq - pastkashga muhtoj bo'lmoq.
7.Zahardan
achchiqroq- sabrdir.
Ali ibn Abu
Tolib r.a.
O'limni
haqligini bila turib kulgan odamga, dunyoni o'tkinchiligini bila turib unga
rag;bat qilgan odamga, hammasi qadarga bog'liqligini bila turib o'tgan ishga
g'am chekkan kishiga, ohiratda hisob-kitob muqarrarligini bila turib mol
to'plagan kishiga, do'zahni bila turib gunoh qilgan kishiga, Allohni haqligini
bila turib boshqa kishilarni nomini zikr qilgan kishiga, jannatni bila turib
dunyodan rohatlangan kishiga va shaytonni dushmanligini bila turib unga itoat
qilgan kishiga ajablanaman va achinaman.
Usmon ibn
Affon r.a.
Hushu'siz
o'qilgan namozda, bekorchi so'zlardan tiyilmay tutilgan ro'zada, tafakkursiz
o'qilgan qiroatda, parhezsiz ilmda, ehson qilinmagan molda, bir-birini himoya
qilinmagan birodarchilikda, doimiy bo'lgan ne'matda, ihlossiz qilingan duoda
hech qanday yahshilik hayr yo'qdir
Ali ibn Abu
Tolib r.a.
Poklik
kambag'allikni, shukr ne'matni,sabr baloni, halimlik ilmni, o'zini past tutish
shogirdni, ko'p yig'lash Allohdan qo'rqishni, minnat qilmaslik ehsonni, hushu'
namozni ziynatidir.
Abu Bakr
Siddiq r.a.
So'zlagan
vaqtimda og'zimdan yomon so'zlar ham chiqib ketishi mumkin. Dushmanim esa
og'zimdan chiqqan yomon so'zlarnigina terib oladi. Chunki dushmanning nazari
yomondan bo'lakka tushmaydi."
Sa'diy
Sheroziy
"Namozingni
hayot bilan vidolashayotgandek o'qi. Yana bir
bor olishingni o'ylama.Shuni bilkil-ki, mo'min kishi biri bajarilgan va biri
bajarilmagan yashilik orasida o'ladi".
Maoz ibn
Jabal
Har kim uch
narsani sevsa shayton uni yo'ldan ozdirishi oson bo'ladi: yahshi kiymoq, yahshi
yemoq va ayollar bilan o'ltirmoq".
Uvays
Qaroniy
Ko'zni
ayollarga tikishdan va ularni tomosha qilishdan tiymoq kerak. Aqlning
so'nishiga, hayo pardasini yirtilishiga va eng muhimi ibodatning
"mazasi" yo'qolishiga asosiy sabab shudir.
Muhammad
Nurulloh Saydo Jazariy
Ey, do'st,
ulug'larni hurmat qil, foydasiz har narsaga aralashishdan va tortishuvdan
saqlan.
Ahmad
Yugnakiy
Niyatlarga
ko'ra qancha-qancha kichik ishlar ulug' bo'ladi, yana niyatlarga ko'ra qancha -
qancha katta ishlar arzimasga aylanadi.
Abdulloh
ibn Muborak
Hudojo'ylikni
eng yahshisi, ibodatlarni yashirincha bajarishlikdir.
Ali ibn Abu
Tolib r.a.
E'tiqodingizga
ko'ra yashamayotgan ekansiz, yashayotganingiz kabi e'tiqoddasiz.
Umar ibn
Hattob r.a
Odamlar
kambag'allikni yomon ko'radilar, men yahshi ko'raman. Odamlar o'limni yomon
ko'radilar men yahshi ko'raman. Faqirlikni Rabbimga tavoze'li va o'limni Rabbimga
muhtoj bo'lganim uchun yahshi ko'raman".
Abu
ad-Dardo
Agar sen
balolar yo'liga tushib qolsang, ko'zing quvonsin, chunki bu yo'ldan
Payg'ambarlar va solihlar yurishgan. Agar sen rohatlar yo'liga tushib qolsang,
nafsingga yig'lagin,chunki ularning yo'lidan adashtirilibsan".
Vahb ibn
Munabbah
Quyoshning
issiqligidan qiynalgan kishi soyani yahshi ko'rgani kabi, soyaning sababchisi
bo'lgan daraxtlarni ham yahshi ko'radi. Insonning Allohga muhabbatiga kelsak;
Borliqdagi barcha narsaning Alloh taolo qudratiga bog'liqligi soyaning
daraxtga, nur-yorug'likning quyoshga bog'liqligiga o'hshaydi.
Imom
G'azzoliy
Allohning
shunday bandalari borki, ularni jannatlar va ulardagi ne'matlar Allohning
muhabbatidan to'smaydi. Endi qanday qilib, dunyo ularni Allohning muhabbatidan
to'sa olsin?!
Ey, Alloh!
Eng shafqatsiz zarba o'zimga, o'zimdan bo'lganini his qildim, lekin juda kech.
Muhammad
Nurulloh Saydo al-Jazoriy
Kuchga
tayanmagan adolat ojiz, adolatga tayanmagan kuch zolimdir.
Paskal
Dinda
ko'z-ko'z qilish qalbni qotiradi va adovatni keltirib chiqaradi.
Imom
Shofe'iy
Barcha
yomonliklar bir uyda bo'lib, uyning kaliti dunyoni yaxshi ko'rishdir. Barcha
yaxshiliklar bir binoda bo'lib, uning kaliti zuhd (dunyoni sevmaslik) dir.
Dunyoga muhabbat qo'yma, shuncha oily darajaga erishasan.
Fuzayl ibn
Iyoz
Alloh
subhonahu ko'zni qalbning oyinasi qildi. Agar banda ko'zini pastga qaratsa,
qalb ham shahvatu hohishlarini pasaytiradi. Agar ko'ziga erk bersa, qalb ham
shahvatlarni bo'sh qo'yadi…
Ibn Qayyim
Alloh taolo
Islomdan nasiba olgan kishini Islomdan benasib kishi kabi qilib qo'ymaydi.