Avtomobil sanoatida kun sayin yangiliklar kirib
kelmoqda. Avtomobillarga yangicha qulayliklar yaratilib ularning imkoniyatlari
yanada kengaytirilmoqda. Shulardan biri bu AQShda yaratilgan avtomobil bo’lib, u
havoda ham bemalol parvoz qila oladi.AQSh bu ixtirolar mamlakati, 2009-yil mart oyida u
yerda transport vositasining mutlaqo yangi avlodi ya’ni uchar avtombil birinchi
sinovdan o’tkazildi. AQShning Massachuseta
shtatidagi Terrafugia kompaniyasi yaratgan bu avtomobil nomi Terrefugia
Transition deb nomlanadi. U havoda yaxshigina parvoz qilish bilan birga
yo’llarda ham oddiy avtomobillar kabi bemalol yura oladi. Nyu york shtati
bo’ylab 6 marta muvaffaqiyatli parvoz qildi. Yo’lda ketayotgan bu avtomobil
(transition) 30 soniyada samalyotga aylanadi. Qo’nganda esa 15 soniyada qanotini
yig’ishtirib berkitadi va oddiy avtomobilar kabi yurib ketadi. Ammo uning uchish
va qo’nish paytida kengroq va avtomobilardan holi yo’l talab etiladi.
Avtomobilni yasagan muhandislar uni oddiy yo’llarda yoki shosselarda qo’ndirib
va uchmaslikni tavsiya etadi. Yaxshisi uni Aerodromlarda uchib qo’ndirgan
afzal.
Bu mashina oddiy benzin istemol
qiladi va uni istagan zapravkadan zapravka qilish mumkin.
Transition samalyot sifatida
185 km/soat tezlikda harakatlanadi, maksimal uchush uzunligi esa 725 km ga
teng.
Avtomobil sifatida esa 105
km/soat tezlikgacha yura oladi. Bunda yoqilg’i har 100 km uchun 7-8 litr
sarflanadi.
2011 yilda kompaniya
avtomobilni ishlab chiqarishni keng yo’lga qo’ysa uning narxi 194 000 $ atrofida
bo’lishi mumkin ekan.
|