XVIII asrda ingliz shifokori E. Jenner odamga chechak kasali sigirdan yuqsa
uning yengil o`tishini, so`ngra bu kasalni yuqtirgan kishiga chechakka qarshi
immunitet paydo bo`lishini, ya’ni unga chechak kasali boshqa yuqmasligini
aniqladi . Ana shu kuzatishlarga asoslanib, Jenner
chechakka qarshi emlash usulini kashf etdi. Bu esa millionlab kishilarning
hayotini saqlab qoldi. Matematikaning muvaffaqiyatlari, Nyuton kashfiyotlari va
teleskopning takomillashtirilishi XIX asrda astronomiyani rivojlantirishga
qudratli turtki berdi. Minglab ilgari ma’lum bo`lmagan yulduzlar kashf etildi.
|