Kompyuter virusi - bu maxsus yozilgan programma
bo`lib, u boshqa programmalarga qo`shilishi (ya'ni uni zaharlashi) mumkin,
shuningdek kompyuterda noma'qul harakatlarni amalga oshirishi mumkin. Ichida
virus bo`lgan programma «zararlangan» deyiladi. Bunday programma ishni
boshlaganda boshqaruvni avvalo virus amalga oshiradi. Virus boshqa
programmalarni topadi va zararlaydi, shuningdek qandaydir buzg`unchi harakatlarni bajaradi (masalan, diskdagi
fayllarni va shu fayllar joylashgan jadvalni ishdan chiqaradi (buzadi),
operativ xotirani bo`lar-bo`lmas «axlat» bilan to`ldiradi va h.z.). Virus
o`zini yashirish maqsadida programmani zararlantirish harakatlari har doim ham
bajarilavermaydi. Ular faqat muayyan sharoitda amalga oshadi. Virus kerakli
harakatlarni bajarib bo`lgandan so`ng, u boshqaruvni o`sha programmaga beradi
(virus shu programmaning ichida yotadi) va u oldingidek ishlayveradi. Shu bilan
bir qatorda virus bilan zararlangan programma xuddi viruslanmagan programma
kabi faoliyat ko`rsatadi.
Mavjud bo`lgan viruslarning ko`pchiligi yadro
sistemali fayllarni afzal ko`radilar, chunki ko`p zamonaviy kompyuterlarda
fayllar sistemasi bir xil nomlanadi. Masalan, viruslar aksariyat hollarda,
Command.com fayliga birlashadi va Dir komandasi bilan boshqa disk va
direktoriyalarga tarqaladi. Ko`p hollarda sistemaning zararlanishi
kiritish-chiqarish jarayoniga murojaat qilganda ro`y beradi.
Aslini olganda, viruslar sistemalarga birikib ketish
uchun har qanday yo`llarni ishlatishadi, shuning uchun ham zararlanmaydigan
sistemalar yo`qdir.
Personal kompyuterlarga viruslar kirib ketishining
asosiy yo`li bo`lib zararlangan disketalar xizmat qiladi. Viruslar borgan sayin
beshafqat va hech narsadan qo`rqmaydigan bo`lib borayapti, hatto eng yetuk
viruslarga qarshi programmalar ham ular bilan kurashishga ba'zan ojizlik
qilayaptilar. Shunday viruslar mavjudki, ular energiyaga bog`liq bo`lmagan
xotiraga yashirinib olib, sistemani tozalashda juda katta qiyinchiliklar tug`diradilar. Hatto haqiqiy firma belgisiga ega bo`lgan, siqilgan dastur ham virusdan
holi ekanligiga hech kim kafillik bera olmaydi. Viruslarni CD-ROM disklarning
shtampovka jarayonida ham o`rnashganlik hollari mavjuddir.
Virus asosan 4 ta fazaga ega:
- uxlash fazasi;
- ko`payish fazasi;
- ishga kirishish fazasi;
- vayron qilish fazasi.
Virus ixtirochisi asta-sekinlik bilan
foydalanuvchining ishonchini qozonish maqsadida, uxlash fazasini ishlatishi
mumkin, chunki bunda virus ko`paymaydi va ma'lumotlarni buzmaydi. Ko`payish fazasida
programmaning ishga tushishi bilan u namoyon bo`la boshlaydi. Ishga kirish
fazasi virus programmadagi belgilangan vaqt, oy, yil yoki nusxa ko`chirishning
belgilangan sonlaridan keyin ro`y beradigan voqelik bilan bog`liqdir. Va
nihoyat, vayron qilish fazasida ommaviy zararlash amalga oshiriladi.
Ko`payish jarayonida viruslar o`zlarining xayoliy
nusxalarini boshqa programmalarga uzatadi yoki diskning ma'lum sohalariga
joylashib oladi. So`ngra asl virusning o`zi bo`lib qoladi va ko`payish
jarayonini davom ettiradilar, ya'ni yangi virtual nusxalarni ko`chiradilar.
Viruslarning ko`p turlari shunday yaratilganki, ular
zararlangan programmani ishlatganda rezident bo`lib qolaveradi, ya'ni DOSni
yuklashdan oldin kompyuter xotirasida vaqti-vaqti bilan boshqa programmalarni
zararlab boradilar va noma'qul harakatlarni amalga oshiradilar.
Viruslarning harakati juda tez amalga oshadi, hamda
hech qanday xabar bermaydi. Shu sababli, foydalanuvchi kompyuterdagi noxush
o`zgarishlarni o`zi sezishi lozim.
Virus programmalarni yozish unchalik qiyin ish emas,
bu programmalarni o`rganayotgan talaba ham uddalay oladigan vazifadir, shuning
uchun dunyoda kundan-kunga turli xil yangi viruslar yaratilmoqda.
Kompyuter virusi qanday namoyon bo`ladi
Kompyuter zararlanganda, bir qancha Qaroyib hodisalar
yuz beradi:
- ba'zi bir programmalar ishlamaydi yoki yomon ishlay
boshlaydi;
- ekranga boshqa xabarlar yoki simvollarchiqa boshlaydi;
- kompyuter ishlashi sekinlashadi;
- ba'zi bir fayllar buziladi yoki ularning hajmi
ortiqcha har xil yozuvlarni qo`shish hisobiga o`zgaradi, kattalashadi;
- operativ xotiraning bo`sh joyi qisqaradi;
-sistemali
disketadan programmalarni yuklash qiyinlashadi yoki umuman yuklanmaydi va h.k.
Shuni ta'kidlash kerakki, programmalar va hujjatlar
matnlari, berilganlar bazasining axborot fayllari, jadvallar va boshqa shunga
o`xshash fayllar zararlanmaydi. Ular faqat buzilishi mumkin.
Virus bilan quyidagi turdagi fayllar zararlanishi
mumkin:
- Bajariluvchi fayllar: COM va EXE
ko`rinishidagi fayllar. Fayllarni zararlaydigan viruslar fayl viruslari
deyiladi. Bajariluvchi fayllaridagi viruslar shu fayl tegishli bo`lgan
programma ishlaganda o`z faoliyatini boshlaydi;
- Operatsion sistemaning yuklovchisi va qattiq
diskning asosiy yuklovchisi yozuvlaridan iborat fayllar. Bu sohalarni
zararlaydigan viruslar yuklovchi yoki but viruslari deyiladi.
Bunday viruslar kompyuter yuklanishi bilan ishlay boshlaydi va u rezidentlik
holatiga o`tadi, ya'ni doim kompyuter xotirasida saqlanadi. Tarqalish mexanizmi
- kompyuterga qo`yiladigan disketalarning yuklovchi yozuvlarining zararlanishi.
Bularda joylashgan viruslar shu qurilmalar, qurilmalar drayverlari, ya'ni har
xil qurilmalar ishini ta'minlovchi programmalarga murojaat qila boshlaganda
ishga tushadi.
Diskdagi fayl sistemani o`zgartiradigan viruslarOdatda bunday viruslar DIR deb ataladi. Bu viruslar diskning
biror-bir sohasida fayllarning oxiri sifatida yashirinadilar. Ular
ko`rsatgichlar boshini yozuv oxiriga olib o`tib qo`yadi va NDD (Norton
Disk Doctor) bilan tekshirganda diskning buzilganligi ma'lum bo`ladi.
Ko`rinmas va o`zi differensiallanuvchi viruslarKo`p viruslar o`zini sezdirmaslik uchun sistemada DOS ga murojaat qila
boshlaganda fayllarni xuddi oldingi holatidek ishlashini ta'minlaydilar.
Ko`rinmas viruslar shunday tarzda harakat qiladi.
O`zi differensiallanuvchi
viruslar esa, o`zini formasini takomil-lashtiradi. Ko`p viruclar boshqalar
uning ishlash mexanizmini sezib qol-masliklari uchun o`zining katta qismini
kodlangan holda saqlaydi. Bu albatta bunday viruslarni topishda qiyinchiliklar
tug`diradi.
BOOT -viruslarBa'zida disketadan hech narsa ko`chirmasdan ham, undan qandaydir
programmani yuklamay turib virus bilan zararlanish mumkin. Masalan, STONE
yoki MARS kabi viruslar mavjudki, ular kompyuterni yoqishingiz bilan yoki
qayta yuklanganingizda, ichida disketa qolib ketgan bo`lsa, zarar yetkazishi
aniq. Bunday viruslar BOOT - viruslar deyiladi. BOOT
Sector-yuklanuvchi soha degan so`zdan kelib chiqqan. Kompyuter yoqilishi bilan
disketa orqali yuklanishga harakat qiladi, agar kompyuterda yuklanish disketasi
bo`lmasa, buning uddasidan chiqa olmaydi. Lekin disketa qanday bo`lishidan
qat'i nazar, BOOT viruslar kompyuterni bemalol zararlaydi, shuning uchun
ehtiyotkorlik talab qilinadi.
Viruslardan himoyalanishning asosiy vositalari
Eng yaxshi himoya turi - viruslarni qay tarzda ta'sir
etishini bilishdir. Viruslar oddiy programmalar bo`lib, biror g`aroyib kuchga ega emaslar.
Kompyuter viruslar bilan zararlanishi uchun undagi
biror-bir zararlangan programma ishlashni talab qilinadi. Shuning uchun
kompyuterning birlamchi zararlanishi quyidagi hollarda ro`y beradi:
- kompyuterdagi virus bilan zararlangan programmalar
yuklanishi (COM, BAT yoki EXE fayllar) yoki moduli zararlangan
programmaning ishlatilishi;
- kompyuterga virusli disketning yuklanishi;
- kompyuterga zararlangan OS yoki qurilmalarning
zararlangan drayverlarining o`rnatilishi.
Viruslardan quyidagi usullar bilan himoyalanish
mumkin:
- o`qilayotganda disketani, albatta, virus borligiga
tekshirish;
- axborot nusxalarini ko`chirish, shuningdek disklar
va axborotni saqlash uchun ishlatiladigan umumiy qoidalardan foydalanish,
disklarni jismoniy zararlanishdan, programmalarni esa buzilishdan saqlash;
- axborotdan noqonuniy foydalanishni cheklash,
xususan, programma va ma'lumotlarning viruslar ta'sirida o`zgarishidan,
noto`g`ri ishlayotgan programmalar va foydalanuvchilarning noto`g`ri
harakatlaridan himoya qilish;
- viruslar bilan zararlanish ehtimolini kamaytiruvchi
chora-tadbirlar;
- viruslar bilan kurashuvchi maxsus
programmalardan foydalanish.
Viruslar bilan kurashuvchi ba'zi programmalar (antiviruslar)
Antiviruslarni quyidagicha guruhlash mumkin:
-
detektor va doktor-viruslar bilan zararlangan fayllar va
zararlantiruvchi virus turini aniqlaydigan programmalar (Aids, doktor Web,
Virus Scan, NU VS). Bu turdagi antiviruslar fayllarda viruslarning bayt
kombinatsiyalari mavjudligini tekshirib, mos bo`lgan axborotni ekranga chiqarib
beradi. Ba'zi detektor programmalar viruslarning yangi turlariga moslasha
oladi, buning uchun shu viruslarga mos bo`lgan baytlar kombinatsiyasini
belgilab berish kerak. Doktorning vazifasi zararlangan fayllar va disk
sohalarini tekshirib, ularni dastlabki holatiga qaytarishdir. Tiklanmagan
fayllar, odatda, ishlatib bo`lmaydigan holga tushadi yoki yo`q qilib
yuboriladi.
-
vaksina programmalar yoki immunizatorlar disk yoki programmalarni
shunday o`zgartiradiki, bu narsa programmalarning ishida namoyon bo`lmaydi,
lekin vaksinatsiya ishlatilganda virus programma va disklarni zararlagan deb
hisoblaydi.