Paskal tilida eng sodda dasturlarni yozish uchun quyidagi umumiy qoida
qabul qilingan:
1.
Dastur program so‘zi bilan
boshlanadi, undan keyin dasturning nomi yoziladi.
2.
Dastur end so‘zi bilan tugaydi.
3.
O‘zgarmaslar ro‘yxati odatda ikkinchi
satrda joylashib, sonst so‘zidan keyin keltiriladi.
4.
Dasturda qatnashadigan barcha o‘zgaruvchilar
va ularning tiplari var so‘zidan keyin ko‘rsatiladi.
5.
Masalaning echish uchun paskal
tilidagi buyruqlar ketma-ketligi begin dan keyin yoziladi.
6.
Dasturdagi har bir ko‘rsatma yoki
buyruq boshqalaridan «;» belgisi bilan ajratiladi.
7.
Dasturdagi oxirgi end dan keyin nuqta qo‘yiladi.
Agar yozilayotgan dasturda
o‘zgarmas ma’lumotlar qatnashmasa, ushbu umumiy sxemadagi 3-punktni tushirib
qoldirish mumkin.
Dasturda o‘zgaruvchilardan
ham foydalanishga ehtiyoj bo‘lmasa, 4-punktni ko‘rsatmaslik mumkin.
|