Elektron pochta
(e-mail-electronic mail) oddiy pochta vazifasini bajaradi.U bir manzildan
ikkinchisiga ma’lumotlar jo’natilishini ta’minlaydi. Uning asosiy afzalligi
vaqtga bog’liq emasligida. Elektron xatlar jo’natilgan zahotiyoq manzilga
boradi va egasi olguniga qadar uning pochta qutisida saqlanadi. Matnli xat,
grafikli va tovushli fayllarni, programm fayllarni o’z ichiga olishi mumkin.
Elektron xatlar bir vaqtning o’zida bir necha adreslar bo’yicha jo’natilishi
mumkin. Internet foydalanuvchisi elektron pochta orqali tarmoqning turli
xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi, chunki Internetning asosiy xizmat
programmalari bilan interfeysga ega. Bunday
yondashuvning mohiyati shundaki, xost-kompyuterga talab elektron xat
ko’rinishida jo’natiladi. Xat matni zarur funksiyalarga kirishni ta’minlovchi
standart yozuvlar to’plamidan tuziladi. Bunday axborotni kompyuter komanda
sifatida qabul qiladi va bajaradi.
Elektron
pochta xizmatidan foydalanish.
Internet
elektron pochta xizmatini ko’rsatadi. Elektron pochta nima? Elektron pochta
maxsus programma bo’lib, uning yordamida siz dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron
adresga xat, hujjat, va umuman ixtiyoriy faylni jo’natishingiz va qabul qilib
olishingiz mumkin. Eng asosiysi xay bir zumda manzilga yetib boradi. Lekin
undan foydalanish uchun siz maxsus pochta tarmog’i yoki Internet tarmog’iga
bog’langan bo’lishingiz va elektron adresga ega bo’lishingiz kerak. Elektron
adresni provayder beradi. Yoki Internetda bepul elektron pochta xizmatlari
mavjud. Ular yordamida o’zingizga elektron adres ochishingiz mumkin. Quyidagi
rasm orqali http://www.mail.ru sistemasi orqali pochta ochilishini ko`rishingiz
mumkin. Uning uchun biz avval registrasiyadan o`tishimiz lozim.
http://www.mail.ru sistemasi orqali "Регистрация в почте" bosamiz.
natijada quyidagi anketalarni tuldirish lozim bo`ladi:
Shundan
sung "Зарегистрировать почтовый ящык" tugmasi bosiladi. Agar biz
tanlagan login oldindan registratsiyadan o`tmagan bo`lsa, to`gridan to`gri
pochta ochiladi. Aks holda boshqa login tanlash haqida ogohlantiradi:
Biz
tanlagan loginimiz oldindan kiritilganligini eslatib boshqa login tanlashimizga
ruxsat beradi. Shundan so`ng biz boshqa login tanlab "Зарегистрировать
почтовый ящык" tugmasini bosamiz va natijada yangi elektron pochtaga ega
bo`lamiz.
Mana
o`zimizning shaxsiy elektron pochtamizga ega bo`ldik. Elektron adres odatda
e-mail deb ko’rsatiladi. Elektron pochta yuborganda siz xuddi xatni
yuborayotgandek, uning kimga, qayerga va kimdanligini yozishingiz shart. Siz
xatni bir necha adreslarga yuborishingiz mumkin. Elektron xatni
yuborganingizdan so’ng u elektron pochta qutisiga tushadi, so’ng xat
ko’rsatilgan manzil pochta qutisiga yetkaziladi va undan xat egasi xatni oladi.
Yani har bir foydalanuvchi o’zining pochta qutisiga ega. Umimiy pochta
qutisidan xat shaxsiy qutichalarga muntazam ravishda jo`natiladi.
Xat
yozish tartibi
Pochtangizga
kirib, "Написать письмо" tugmasini bosamiz va quyidagilarni
bajaramiz.
Кому
maydonida tanishingizni elektron adresini yozasiz. masalan, akodirov@doda.uz
Kопия
maydonida xat nusxalari yuborilgan mualliflar adreslarini yozish lozim. Ya'ni
xatni bir necha kishiga yuborish zarur bo`lganda.
Тема
maydonida xat mavzusini yozamiz. Masalan, "Tabrik"
Pastki
katta darchada esa xat matni yoziladi. Masalan, "Assalomu alaykum hurmatli
Ahmadjon Qodirov
Sizni
kirib kelayotgan yangi yil bayrami bilan tabriklayman.
Hurmat
bilan Munisaxon"
Xatni
to`g'ri yozganingizni quyidagi rasm orqali solishtirib, tekshirib ko`rishingiz
mumkin.
So`gra
"Отправить" tugmasini bosamiz. Natijada xat jo`natilganlik haqida
ma'lumotni ko`rishingiz mumkin.
Demak,
Siz internetda elektron pochtadan foydalanmoqchi bo`lsangiz mail.ru
sistemasidan boshqa elektron pochta xizmat turlari mavjud. Bulardan-
www.hotmail.com, www.yahoo.com, www.yandex.ru, www.rambler.ru vahokozolar.
Hozirgi kunda O`zbekistonda ham ko`plab serverlar xizmat ko`rsatmoqda
(www.doda.uz, www.iguzar.com), ushbu sahifalariga kirib elektron pochtasidan
foydalanishingiz mumkin.