Uillyam (Bill) Geyts – shaxsiy kompyuterlar uchun dasturiy
ta`minot ishlab chiqaruvchi MICROSOFT korporatsiyasi sobiq rahbari va boshqaruv
raisi. Bill Geyts 1955-yilning 28-oktabrida AQSHning Sietl shahrida tavallud
topgan. Uning otasi Uilyam II – advokat, onasi Meri Geyts esa Vashington
Universiteti o`qituvchisi va United Way International hayriya tashkiloti raisi
bo`lib ishlar edi.
Bill dastlab munitsipial maktabda, keyinchalik Lakeside school hususiy
maktabida ta`lim oldi. U aynan shu yerda, 13-yoshligida dasturlashga qiziqishi
ortib bordi. Kollejda o`qib yurgan chog`larida Traf-o-Date kompaniyasiga asos
soldi. Kompaniyada uning sinfdoshlari mehnat qilishib, ular mahalliy hokimiyat
rahbarlari uchun dasturlar yaratish bilan shug`ullanishgan.
15 yoshida Bill ko`cha harakatini boshqarish dasturini yozib, 20000 dollarni
qo`lga kiritdi. 17 yoshida esa unga Bonnevil elektrostansiyasi energiyasini
taqsimlashning dasturini yozish taklifi tushadi.
Oilaviy an`anaga sodiq qolgan Bill ham 1973-yilda advokat bo`lish uchun Garvard
Universitetiga o`qishga kiradi. 1974-yilning dekabr oyida Geyts narxi 397
dollar bo`lgan computer quradi. Bu komputerga faqatgina dasturiy ta`minot
yetishmas edi. Bill va uning do`sti Alen M.I.T.S firmasi hodimlariga Altair
8800 komputerlarini dasturlar bilan ta`minlash taklifi bilan chiqadilar. Firma
bu ikki do`stga ishonch bildiradi. O`z navbatida ular ham ishonchni o`qlashadi.
Bu dastur uchun olgan mablag`lari o`z kompaniyalarini tuzishga sarmoya bo`ldi.
Shundan so`ng ikki do`st Nyu-Mehikoga yo`l olishadi. Aynan bu shaharda
MICROSOFT tarixi boshlanadi. 1979-yili ular Sietlga qaytishadi. Shu yilning
o`zida Geyts ko`p dars qoldirganligi va darslarni o`zlashtira olmaganligi uchun
universitetdan haydaladi. Bundan Bill tushkunlikka tushmaydi, chunki unga
dunyodagi birinchi shahsiy kompyuter uchun operatsion tizimni yaratish taklifi
tushgan edi. Geyts 50000 dollar evaziga M-DOS tizmini sotib oladi. So`ngra
uning nomini MCDOS ga o`zgartirib, litsenziyani IBM ga sotadi. Qo`lga
kiritilgan mablag` MICROSOFTga bir necha yil ishlash imkonini beradi. MICROSOFT
dasturi bilan ta`minlangan IBM yangi kompyuterining taqdimoti tovar bozorida
kata shov-shuvga sabab bo`ldi. Endilikda ko`pgina kompaniyalar litsenziya uchun
MICROSOFTga murojaat etadigan bo`lishdi. 1986-yilda MICROSOFT ochiq turdagi
akciyadorlik birlashmasiga aylantirildi. Shu yilning o`zida Bill Geyts
milliarder bo`lishga erishdi. Bu davrda u 31 yoshga kirgan edi. Keyingi yilda
MICROSOFT WINDOWSning birinchi vakilini taqdim etdi. 1995-yilda WINDOWS 95
paydo bo`ldi va ikki hafta ichida yetti million nusxada sotildi. 1995-yildan
boshlab MICROSOFT korporatsiyasi asosiy e`tiborni internetga qaratdi.
Bill Geyts shuningdek hayriya ishlar bilan ham shug`ullanadi. MICROSOFT
sharoiti og`ir bo`lgan talabalar stipendiyalari uchun bir milliard dollar
miq`dorida pul ajratdi. Bundan
tash`ari Geyts 750000 dollarni vaksinatsiyani rivojlantirishga sarflagan.