Odamlar, insonparvar
bo‘ling! Bu sizning birinchi burchingiz.
J.J. RUSSO
Inson odamlarni sevishi kerak. Agar u odamlarni sevsa, yashashi oson bo‘ladi,
quvnoqroq yashaydi, chunki jahonda hech kim odamovilardek miskin umr
kechirmaydi.
M. I. KALININ
Barcha kamchiliklaridan qat’iy nazar, odamlar har narsadan ham ko‘ra ko‘proq
mehrga loyiq.
I. GYOTE
Odamlarga mehr — bu shunday qanotdirki, u bilan inson eng yuksakka parvoz
qiladi.
M. GORKIY
Menimcha, inson to tirik ekan, u sevadi, agar u odamlarni sevmasa, uning nima
keragi bor!
M. GORKIY
Odamning hayoti uning sahovati bilan teppateng.
R.EMERSON
Yo‘qlik qa’riga ketgan xalqlar va taraqqiyotdan qolgan yagona meros — ehtimol
insonparvarlikdir, bu demak — kitoblar, xalq naqllari, marmar obidalar va
me’morchilik yodgorliklaridir.
L. N. TOLSTOY
El g‘ussasini singurmaging maqsud et,
Bu sheva bilan oqibating mahmud et.
A. NAVOIY
Davron elining jismida ham jon bo‘lg‘il,
Ham jonlariga moyai darmon bo‘lgil.
A. NAVOIY
Nekim o‘z qoshingda erur noravo,
Ulusqa oni ko‘rma aslo ravo.
A. NAVOIY
Naf’ing agar xalqqa beshak erur,
Balki bu naf o‘zingga ko‘prak erur.
A. NAVOIY
Odamzodning tabiiy intilishlarini oddiygina xulosa qilib, ikki og‘iz so‘z
bilan: «Hamma ham yaxshi yashasin», deya ifodalash mumkin.
N. A. DOBROLYUBOV
Ezgulik insonning ma’naviy olamidagi quyoshdir.
V. GYUGO
Hayotimining abadiy va oliy maqsadi – ezgulikdir. Yaxshilikni biz qanday
tushunmaylik, hayotimizning o‘zi yaxshilikka intilishdan boshqa narsa emas.
L.N.TOLSTOY
Inson tani uchun sihat-salomatlik qanchalik zarur bo‘lsa, qalb uchun ezgulik
ham shunchalik muhim: ezguliging bo‘lsa, u har ishda muvaffaqiyat keltirsa, uni
sezmaysan ham.
L. N. TOLSTOY
Ulug‘ muhabbat teran aql bilan uzviy bog‘langan; aqlning kengligi qalbning
teranligiga teng. Shuning uchun ham insonparvarlik cho‘qqisini buyuk qalb
egalari zabt etadilar: chunki ular — buyuk aql egalari hamdirlar.
I. A. GONCHAROV
Men ezgulikdan boshqa biror afzallikni bilmayman.
L. BETXOVEN
Ezgulikni nafrat yoki, ayniqsa, adovat bilan yuzaga chiqarib bo‘lmaydi. U faqat
muhabbatdan tug‘iladi.
J. RESKIN
Inson qanchalik dono va saxovatli bo‘lsa, u kishilardagi yaxshilikni shunchalik
ko‘proq payqaydi.
B. PASKAL
Baxtli onlarimizda biz hamisha saxovatlimiz, lekin yaxshilik qilganimizda
hamisha ham baxtiyor bo‘lavermaymiz.
O. UAYLD
Kim chinakam qalb egasi bo‘lmasa, u ezgulik qilishga qodir emas: faqat xushfe’l
bo‘la olishi mumkin.
N. SHAMFOR
Ezgulik — hech eskirmaydigan birdan-bir libosdir.
G. TORO