Oldinda quvonadigan
narsasi bo‘lmasa, kishi dunyoda yashay olmaydi.
A. S. MAKARENKO
Hayot uzluksiz quvonchga aylanishi kerak va shunday bo‘lishi mumkin.
L. N. TOLSTOY
Inson doim quvnoq yashashi kerak. Agar quvonching tugasa,nimada
yanglishganingni axtar.
L. N. TOLSTOY
Agar hayot senga beqiyos baxtiyorlik bo‘lib tuyulmasa, bu faqat aqlning
adashganidan dalolat.
L. N. TOLSTOY
Atrofimizdagilar emas, balki bizning ularga bo‘lgan munosabatimiz bizga shodlik
keltiradi.
F. LAROSHFUKO
Zo‘r quvonchga faqat katta mehnat bilan erishish mumkin.
I. GYOTE
Ko‘ngil quvonchi uning kuchliligidan dalolat beradi.
R. EMERSON
Hayotning eng zo‘r huzur-halovati, eng yuksak quvonchi o‘zingni odamlarga
kerakli va yaqin deb his qilishingdir!
M. GORKIY
Hayotni quvonchsiz, deyish yolg‘on, unda faqat jarohatu ohu nola, alam va ko‘z
yoshidan boshqa narsa yo‘q, deyish ham yolg‘on!.. Hayotda inson istagan hamma
narsa bor, insonda esa hayotda yo‘q yaratuvchilik qudrati mavjud.
M. GORKIY
Quvonchga peshvoz chiqishning o‘zi quvonch.
G. LESSING
Tanho shodlanish ko‘ngilsizdir.
G. LESSING
G’amga bir kishi chidashi mumkin, lekin quvonchni ikki kishi baham ko‘rishi
kerak.
E. XABBARD
Baham ko‘rilgan quvonch ko‘pga tatiydi.
J. XOLLEND
Esda qolmaydigan quvonchlar haqiqiy quvonch emas.
F. ZANDERS
Ko‘pincha bizga sevinch qanotida qayg‘u ham uchib keladi.
E. KAPIYEV
Xafa bo‘lishni bilmaydigan odam quvonishni ham bilmaydigan yoki kulgini
tushunmaydigan odamdek nochordir. Shu xususiyatlardan birontasining
yetishmasligi o‘taketgan ma’naviy cheklanganlikdan dalolat beradi.
K. G. PAUSTOVSKIY
Sevinch esdan chiqadi-yu, qayg‘u esa hech vaqt unutilmaydi.
M. Yu. LERMONTOV
G’am — qattol hukmdor.
M. Yu. LERMONTOV
Qattiq alam va behad quvonch kishiga qariyb bir xil ta’sir ko‘rsatadi, ular
to‘satdan bizga yopirilganda shunday dovdiratib va hovliqtirib qo‘yishi
mumkinki, natijada ko‘pincha o‘zimizning hamma qabiliyatlarimizdan mahrum
bo‘lib qolamiz.
G. FILDING
Qayg‘u — bu yo‘qotilgan, ammo hali ancha rohatini surish mumkin bo‘lgan baxt
haqida o‘ylash oqibatidagi ruhiy bezovtalikdir yoki hozirgi daqiqada
cheki-layotgan alamdan iztirobga tushishdir.
G. LEYBNITS
Qiziq, sevinch ba’zan ko‘p jihatdan qayg‘uga o‘xshab ketadi-yu, lekin, afsuski,
qayg‘u hech qachon sevinchga o‘xshamaydi.
P. V. VALUYEV
Qayg‘u dardmanning og‘zini bir me’yorda yumishi ham, ochib yuborishi ham
mumkin.
M. SERVANTES
Arzimagan g‘am-g‘ussalar darrov tilga chiqadi, chuqur qayg‘u esa unsizdir.
SENEKA
Sukut — inson qayg‘usining butun zahmatini chekkan oddiy qalbga boshpana misol.
V. GYUGO
Barcha tuyg‘ularimiz ichidagi eng esdan chiqmaydigani — qayg‘u.
O.BALZAK
Men boshga tashvish tushganda tabassum qiladigan, qayg‘uni yenga turib kuch
oladigan va tafakkurni mardlik manbai hisoblaydiganlarni e’zozlayman.
T. PEYN
Inson uchun g‘amdan yomoni yo‘q.
MENANDR
Qayg‘u yengilayotgan odamni ko‘rsa, battar kuchga kiradi.
V. SHEKSPIR
Qayg‘uda ham ulug‘vorlik bo‘ladi. Ko‘z yoshi to‘kishning ham me’yori bor, faqat
aqlsiz odamlar sevingan paytlarida ham, kulfatli damlarda ham hovliqib
qoladilar.
SENEKA
Qalb iztiroblari kishini har qanday ishdan ham ko‘iroq charchatadi.
O’. KAMOL