Inson insonga har
jihatdan zarur.
T. G. SHEVCHENKO
Kishi ko‘pgina narsalarsiz ham yashay oladi, lekin tanholikda yashay olmaydi.
L. BERNE
Biri mahv bo‘layotgan joyda ikki kishi birlashib biri-birini qutqarishi mumkin.
O. BALZAK
Kishi jamiyatda yashash uchun yaralgan; uni jamiyatdan ajratib, yakkalab
qo‘ysangiz —fikrlari ham almoyi-aljoyi bo‘lib qoladi, xarakteri yomonlashadi,
yuragida yuzlab noraso ehtiroslar tug‘iladi, xuddi cho‘lda o‘sgan yovvoyi
tog‘olcha singari miyasida bema’ni g‘oyalar tomir yoyadi.
D DIDRO
Kishi odamlarning do‘sti bo‘lmog‘i kerak,— o‘zida va ularda mavjud
fazilatlarning bari uchun u odamlardan qarzdordir.
M. GORKIY
Kishi jamiyat uchun yaralgan. U bir o‘zi yashashga layoqatli emas va bir o‘zi
yashashga jur’ati yetmaydi.
U. BLEKSTOUN
Kishi uzlatda yashay olmaydi, unga jamoat kerak.
I. GYOTE Odam tabiatan ijtimoiy
mavjudotdir.
ARASTU
Tarix davomida hammavaqt va hamma joyda insonni xalq yaratgan.
M. GORKIY
Jamiyatsiz inson o‘zida kamolotga yetishish istagining ojizligi bilan g‘arib
bir holga tushgan bo‘lardi. Lekin hammadan ham muhimi — bizning kamolotimiz
jamiyatsiz deyarli maqsadsiz bo‘lur edi.
U. GODVIN
Faqat odamlar orasidagina kishi o‘z-o‘zini anglashga qodir.
I. GYOTE
Inson odamlar orasidagina odam bo‘la oladi.
I. VEXER
Muloqot kishini go‘zallashtirib, unga ulug‘vorlik baxsh etadi; jamoat ichida
odam har qanday soxtagarchilikni yig‘ishtirib qo‘yib, o‘zini beixtiyor
boshqacha tutadi.
L. FEYERBAX
Yakka odam uzlatda qolgan Robinzon singari ojizdir; faqat boshqalar bilan
hamkorlikdagina u ko‘p ishlarni qila olishi mumkin.
A. SHOPENGAUER
Kishining tanho qolishi, ayniqsa, u yakka o‘zi ishlasa behad yomon; agar u
biron-bir narsaga erishmoqchi bo‘lsa, unga ham-dardlik va ma’naviy yordam
kerak.
I. GYOTE
Kishi agar faqat o‘z-o‘zi bilan yashashga majbur bo‘lsa va faqat o‘zi haqida
o‘ylasa, u behad azob chekishi muqarrar.
B. PASKAL
Yerdan sug‘urib olinib, qumli sahroga tashlang‘an giyoh halok bo‘lganidek,
shaxs baxti ham jamiyatdan tashqarida bo‘lmaydi.
A. N. TOLSTOY
Aynan boshqalarning xayrixohligidan bahra topg‘an holdagina hayot nash’ali
bo‘ladi.
I. GYOTE
Agar odamlar senga xalaqit bersalar, u holda sen uchun yashashning ma’nosi
qolmaydi. Odamlardan uzoqlashish esa o‘z-zini o‘ldirish bilan teng.
L. N. TOLSTOY
Ko‘pchilikdan ayrilib, o‘zini tan olinmagan iste’dod yoki olimaqom daho
hisoblovchilarning holiga voy. Jamoa hamisha kishining martabasini ulug‘ qiladi
va hayotini mustahkam izga soladi.
N. A. OSTROVSKIY