Oshxona - bizning jonimizga oro kiradigan, nafsimizni jilovlaydigan bir joydir. Uning ozodaligi, qulayligi hamma uchun birdek muhim. Ushbu mavzuda ham oshxonamiz yanada ko'rkam, ozoda va osuda bo'lishi uchun foydali maslahatlarimiz bilan fikr almashamiz. Sabzavotlarni go'shtqiymalagichdan chiqarish yaramaydi, yaxshisi, alyumin qirg'ichdan foydalangan ma'qul. Qaynatilayotgan sabzavot bo'laklari qanchalik katta bo'lsa, ularda darmondorilar (vitaminlar) shuncha ko'p saqlanib qoladi.
Yangi uzilgan sabzavotlarni yog'och taxtachada to'grasangiz sharbati
ketib qoladi. Shuning uchun plastik taxtachalardan yoki juda qattiq
yog'och taxtachadan foydalanilgan ma'qul. Yashil no'xatni qaynatayotganda suvga ozgina shakar qo'shib yuborilsa, o'z rangini saqlab qoladi.
Mayonezli salat va vinegretga dasturxonga tortishdan oldin limon
bo'lagi yoki ozgina limon sharbati qo'shib yuborsangiz, ta'mi yanada
mazali bo'ladi. Pomidor qo'shilgan salatlarga limon sharbati va sirka solinsa, salatning ta'miga yomonlashishi mumkin. Sabzavotlarni qaynatganda tabiiy rangini saqlab qolish uchun suvga ozgina soda qo'shib yuborish kerak.
|