Главная | Регистрация | Вход | RSSYakshanba, 12.05.2024, 19:23

SOFT PORTAL OF UZBEKISTAN

Меню сайта
Категории раздела
Kompyuterlar uchun [16]
Mobil telefon uchun [10]
Foydali maslahatlar [13]
Sport yangiliklari [5]
Oshxona [4]
Avto Olam [3]
Bu qiziq ... [42]
She'riyat [10]
Kitoblar [8]
Shou-Biznes [0]
Ilm-Fan [3]
Kashfiyotlar [7]
Latifalar [1]
Buyuk Siymolar [21]
Ibratli hikoyalar [4]
Topishmoqlar [6]
Aforizmlar [19]
Yulduzlar biografiyasi [2]
Dasturlash tillari [6]
Eng-Eng-Eng [4]
Hayvonot dunyosi [14]
Qiziqarli masalalar [1]
Salomatlik [2]
O'simliklar dunyosi [1]
Maqollar [7]
E-Book [1]
Мини-чат
Наш опрос
Saytimizga ko'proq nimalar berib borilishini hohlaysiz ?
Barcha javoblar: 61
Статистика

Hozir saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

14:31
Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon

Hayot va ijod yo'li. Shoir, dramaturg, nosir - Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon 1897- yili Andijonda tug'ildi. Professor Nairn Karimov, ayrim xotiralarga tayanib, Cho'lponni 1898- yilda dunyoga kelgan deb hisoblaydi. Otasi Sulaymonqul Muhammad Yunus o'g'li ma'rifatli, bilimli ziyolilardan boiib, asli savdo bilan shug'ullansa-da, she'rlar ham yozib turgan. Onasi Oyshabibi maxsus tahsil ko'rmagan, ammo ko'ngli ochiq, suhbati yoqimli, ertag-u qo'shiqlarni ko'p biladigan ayol bo'lgan.

Cho'lpon dastlabki ta'limni o'z mahallasidagi maktabda olib, saboq-doshlaridan o'tkir xotirasi bilan ajralib turgan. U qisqa fursatda savod chiqarib, Qur'oni Karimni yod oladi. Zamon talabiga ko'ra, o'g'lining rus tili va madaniyatidan ham xabardor bo'lishini istagan otasi Abdulhamidni Andijondagi rus-tuzem maktabiga o'qishga bergan. Bo'lajak shoirga rus-tu-zem maktabida Botish adabiyoti bilan tanishish imkoni tug'ildi. Bu maktab saboqlari bitgach, mulla Sulaymonqul iste'dodli o'g'lini madrasaga topshirib, yetuk muddaris qilmoqchi bo'ldi. Abdulhamid madrasada fors va arab tilla-rini o'rgangan. Lekin bu davrda buyuk boshqird olimi Zaki Validiy va yosh o'zbek adibi Fitrat asarlari ta'sirida turkchilik g'oyalari, jadid qarashlari bilan tanishgan Cho’lpon muddaris emas, "o'zbek milliy yozuvchisi" bo'lishga ahd qiladi. Uydagilardan ruxsat olmay, Toshkentga ketib, ijod bilan shug'ullanadi. U turk, rus, fors tillari vositasida dunyo adabiyoti durdonalarini o'qidi.

Bolaligidan she'rlar yozib yurgan Cho’lpon o'z yozmalarini "Sadoyi Turkiston", "Sadoyi Farg'ona", "Turkiston viloyati gazeti" kabi nashrlarda "Qalandar", "Mirza qalandar", "Andijonlik", "Cho'lpon" taxalluslari bilan chop ettirgan. Keyinchalik "Cho'lpon" uning asosiy taxallusiga aylanib Qoldi. 1914- yilning 18- aprelida "Sadoyi Turkiston" gazetasida Cho'lponning "Turkistonli qarindoshlarimizga" degan she'ri bosildi. Oradan o'n bir kun oMib, shu yerda uning "Qurboni jaholat" hikoyasi chop etildi. Shu yili yosh qalamkash okz ijodining mohiyatini ifodalab bergan "Adabiyot nadur?" maqo-lasini e'lon qildi. Sal o’tib, "Do'xtur Muhammadiyor" hikoyasi bosildi. Xullas, qisqa fursatda Cho’lpon yangi adabiyotning yorqin yulduzi sifatida tanildi.

O'quvchi! Cho’lpon deyarli sizning yoshingizda yozgan "Adabiyot nadur?" maqolasida millat hayoti, vatan ravnaqida adabiyotning o'rni haqida oMa jid-diy o'ylaydigan bilimdon o'spirin ekanligini namoyon etadi. Uning: "Ha, to'xtamasdan harakat qilib turgan vujudimizga, tanimizga suv, havo naqadar zarur boMsa, maishat yo'lida har xil qora kirlar birlan kirlangan ruhimiz uchun ham shul qadar adabiyot kerakdir. Adabiyot yashasa. millat yashar",- degan sozlari yigitchaning qanchalik katta aql va ulkan bilim egasi ekanligini ko'rsatadi.

Cho’lpon adabiyotni tashviqot quroli, ma'rifat tarqatish vositasi, aqlni o'stirish yoiigina deb bilmaydi. Badiiy adabiyot kishining ongigagina emas, balki tuyg'ulariga ham ta'sir qilishi, uni muvozanatdan chiqarishi, hislarini junbushga keltirishi lozimligini hisobga oladi: "Adabiyot chin ma'nosi Ha o'lgan, so'ngan, ...o'chgan, majruh, yarador ko'ngilga ruh bermak uchun, faqat vujudimizga emas, qonlarimizga qadar singishgan qora balchiqlarni tozalaydurgan, o'tkir yurak kir-larini yuvadurgan toza ma'rifat suvi, ...chang va tuproqlar to'Igan ko'zlarimizni artub, tozalaydurgan buloq suvi bo'lganlikdan bizga g'oyat kerakdur". Bu sozlar hali o'spirin Cho’lponning naqadar uzoqni kokra oladigan, kokp o'qigan, masala mohiyatiga chuqur kira biladigan kishi ekanligini anglatadi.

Rossiyadagi siyosiy toMitarishlar davrida u bir muddat Orenburgda yashab, boshqird hukumati mahkamasida kotib lavozimida ishladi. So'ng Toshkentga qaytib, 1920- yilga qadar TurkROSTA' muxbiri bo’ldi.

Bu yillar ziyolilar uchun o'z yo’lini izlash davri edi. Cho’lpon ham Fitrat boshchiligidagi "Chig'atoy gurungi" to'garagi majlislarida qatnashib, millat va vatanga yaxshiroq xizmat qilish yoMlarini izladi.

1920- yili Bokuda o’tkazilgan Sharq xalqlarining qurultoyi Cho’lpon qa-rashlarining rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. U aynan shu yerda vatan ravnaqiga jon tikkan millatchi shoirlik yoMini qat'iy tanlab oldi. O'rni kelganda aytish kerakki, "millatchi" so'zi, aslida, hech qanday salbiy ma'noga ega emas. Negaki, turkiy tillarda bu so'z ofcz millatini sevgan, butun harakatini uni yuksal-tirishga qaratgan kishilarga nisbatan ishlatiladi. Sholro zamonida uning ma'nosi atay "boshqa millat vakillarini yomon ko'radigan kishi'1 tarzida buzib talqin etildi. Holbuki, misol uchun "ishchi", "yordamchi" so'zlari shu kasb egalarining ish va yordamdan boshqa narsalarni yomon ko'rishini anglatmaydi.

Cholpon o'zga millatlarga, zinhor, yomon nazar bilan qaramagan. Faqat u o'zbeklarni ham dunyoning baxtli xalqlari qatorida ko'rishni istagan. Istaganda ham astoydil, jon kuydirib, hayotini baxshida qilib...

Bokudan qaytgach, Choipon Fitratning taklifiga ko'ra Buxoroga boradi va 1921 — 1922- yillarda o'zbek tilidagi "Buxoro axbori" gazetasini boshqardi. Bu davrda gazeta o'zbek tilini rasmiy til sifatida yoyish, buxorolik mehnat-kashlarni siyosiy hayotga jalb etish, adabiyot va san'atni rivojlantirish bo'yicha yetakchi nashr mavqeiga erishdi.

1922-  yilda shoir Toshkentga qaytib keladi, U "Inqilob11 jurnali bilan hamkorlik qiladi, endigina dunyoga kelayotgan o*zbek professional teatrini shakllantirish, uni badiiy barkamol asarlar bilan ta'minlashda ishtirok etadi.

1923- yilda Cholpon Andijonda yangi chiqa boshlagan "Darxon" gazeta-siga ishga yuboriladi. Bir yildan so'ng gazeta yopilgach, u Toshkentga qaytib keladi. Shu vaqtda milliy professional teatrni shakllantirish uchun yigirma to'rt nafar iste'dodli o'zbek yoshlari Moskvaga o'qishga yuboriladi. O'qish Moskvadagi hali mustaqil davlat hisoblangan Buxoro maorif uyi qoshida-gi teatr-studiyada tashkil etilgandi. Rus tili va adabiyotini chuqur biladigan Cholpon 1924- yilda Moskvaga ketadi va shu dramstudiyada tarjimon va dramaturg bo'lib ishlaydi. "Milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyotr darsligi-da B.Qosimov tomonidan Z. Validiynining "Bugungi turk eli va uning yaqin tarixi" kitobiga tayanib bergan ma'lumotlarga qaraganda, Cholpon bu yil­larda V. Bryusov nomidagi adabiyot institutda saboq olgan1. Moskva adabiy muhiti Cho'lponga jiddiy ta'sir qiladi. U eng keyingi estetik yangiliklardan bevosita xabardor bo'ladi. Rus ijodkorlari bilan yaqinlashadi.

20-yillar Cholpon uchun samarali ijod davri bo'ldi. 20-yillarning bi-rinchi yarmida Turkistonda chiqib turgan deyarli barcha gazeta-jurnallarda Cholpon she'rlari bosilar va ular turkistonliklarni o'zlarini anglashga un-dardi. Lining she'rlari "O'zbek yosh shoirlari" (1923), "Go'zal yozg'ichlar,, (1925), "Adabiyot parchalari" (1926) singari to'plam va majmualardan o'rin olgan, maktablarga kirib borgan edi. Shu yillarda uning "Uyg'onish" (1922), "Buloqlar" (1923), "Tong sirlari" (1926) singari she'riy to'plamlari bosildi. Uning adabiyotshunoslik, publisistika borasidagi ishlari ham juda ko'p edi, Bu yillarda Cho'lpon "Yorqinoy" (1921), "Halil farang" (1921), "Cho'rining isyoni" (1926), "Yana uylanaman" (1926), "O'rtoq Qarshiboyev" (1928), "Hujunf' (1928) singari asarlar yaratib, milliy dramaturgiyani rivojlantirdi.

1926- yilda Toshkentga qaytgan Cho'lpon sho'ro hukumati yuvindixo'rlari bo'lgan iste'dodsiz kimsalarning qattiq hujumiga duch keldi.  Uni "millat- chi va badbin shoir",— deya aybsitdilar. Respublika matbuotida Cho'lpon ijodi bo'yicha ur-surdan iborat munozara boiib o'tdi. Badiiy so'z ma'nosini teran anglaydigan Qodiriy, Fitrat singari adiblar shoirni turli yo'sinda qoMlaganliklariga, Oybek singari yosh talantlar Cholpon ijodiga yonda~ shishning sog'lom yo'llarini taklif etganliklariga qaramay, shoir kommunis-tik mafkura yugurdaklari tomonidan ur kaltak qilindi. Nihoyat, madaniyat xodimlarining 1927- yilning oktabrida bo'lib o'tgan II qurultoyida Cholpon ijodi "...g'oyaviy tuturuqsiz" ekanligi respublikaning rahbarlaridan biri Akrnal Ikromov tomonidan ta'kidlangach, shoir deyarli yakkalanib qoladi.

O'tgan asrning 30-yilIariga kelib, Choiponga nisbatan siyosiy-mafkuraviy zug'um yanada kuchaydi. Natijada, shoir 1932- yilda Moskvaga ko'chib ke-tadi. U yerda Gogolning "Tergovchi", I. Frankoning "Feruza", Andreevning "Osilgan yetti kishining hikoyasi" asarlarini o'zbekchalashtiradi. 1935- yilga-cha u yerda yashab, yana Toshkentga qaytib keladi va teatrda adabiy emak-dosh boMib ishlaydi. Bu yillarda unga qaratilgan hujumlar yanada zo'raydi, adib asarlari o'zbek matbuotida bosilmay qo'yiladi. Shundan so'ng u, kokproq badiiy tarjima bilan shug'ullanadi. Shekspirning "Hamlet", Pushkinning "Boris Godunov", "Dubrovskiy", Gorkiyning "Ona" singari asarlarni rus ti-lidan o'zbekchaga ag'daradi. Shu tahlikali yillarda Cho'lpon "Kecha va kun-duz" romani, "Soz" she'rlar to'plamini yaratadi.

Millat baxti uchun jonini tikkan jasur o'gion, buyuk iste'dod egasi bo'lgan adib 1937- yilning 14- iyulida qamoqqa olinadi. Davrining bir guruh asl farzandlari qatori 1938- yilning 4- oktabrida otib tashlanadi.

Категория: Buyuk Siymolar | Просмотров: 2685 | Добавил: WebmasterUz | Рейтинг: 4.5/2
Всего комментариев: 1
1 Javohir  
Adabiyot yashasa millat yashar

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  May 2011  »
DuSeChorPayJuShaYak
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2024