Главная | Регистрация | Вход | RSSDushanba, 13.05.2024, 11:27

SOFT PORTAL OF UZBEKISTAN

Меню сайта
Категории раздела
Kompyuterlar uchun [16]
Mobil telefon uchun [10]
Foydali maslahatlar [13]
Sport yangiliklari [5]
Oshxona [4]
Avto Olam [3]
Bu qiziq ... [42]
She'riyat [10]
Kitoblar [8]
Shou-Biznes [0]
Ilm-Fan [3]
Kashfiyotlar [7]
Latifalar [1]
Buyuk Siymolar [21]
Ibratli hikoyalar [4]
Topishmoqlar [6]
Aforizmlar [19]
Yulduzlar biografiyasi [2]
Dasturlash tillari [6]
Eng-Eng-Eng [4]
Hayvonot dunyosi [14]
Qiziqarli masalalar [1]
Salomatlik [2]
O'simliklar dunyosi [1]
Maqollar [7]
E-Book [1]
Мини-чат
Наш опрос
Saytimizga ko'proq nimalar berib borilishini hohlaysiz ?
Barcha javoblar: 61
Статистика

Hozir saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

14:29
Abdulla Qodiriy

1894-yil 10-aprelida Toshkent shahrida bog'bon oilasida dunyoga kelgan Abdulla Qodiriy o'z davrining maktab va madrasalarida o'qiganligi, ilmga chanqoqligi va ulkan iste'dodi tufayli zamonasining eng bilimdon kishilaridan biriga aylandi.

Oiladagi yo'qchilik tufayli mahalladagi maktabga kechikibroq borgan Abdulla ikki-uch yil ichida tuzukkina savodxon boidi. Lekin muhtojlik o'z ishini qildi: o'n ikki yashar o'smirni bir boyga yugurdaklikka berishga majbur bo'ldilar. Tijoratchilik tufayli ruslar bilan ham savdo aloqalari qiladigan bu boy rus tilini biladigan, shu tilda ish yurita oladigan xizmatchiga muhtoj edi. Shu sabab zehnli va tirishqoq Abdullani u rus-tuzem maktabiga berdi.

1912- yilda muvaffaqiyatli tugallangan rus-tuzem maktabi bo’lajak adib estetik qarashlari va ijodiy qiyofasi shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Negaki, Abdulla bu yerda rus tili va u orqali dunyo adabiyotini o'rganish imkoniyatiga ega bo'lgandi.

Ikki yildan oshiqroq vaqt mobaynida oilaga yordam berish uchun tirik chilik yoiida urinib yurgan bo'Iajak yozuvchf 1914- yilda Abulqosim mad-rasasiga o'qishga kirdi. Madrasada u shariat ilmi, islom falsafasi, arab va fors tillarini o'rgandi. Bu hoi kokp o'qiydigan, Kunchiqish adabiyoti bilan chuqur tanish bo'lgan Abdullaga islomiy-turkiy estetikaning nazariy asoslarini ham egallash imkonini berdi. Xullas, Abdulla Qodiriy 1917- yillarda ham dun-yoviy, ham diniy bilimlarni puxta egallagan, olam hodisalarini teran idrok etadigan ziyoli sifatida shakllangan edi.

Bo'lajak yozuvchi rus-tuzem maktabini tugatib, tirikchilik ko'yida yurgan kezlarida Rasulmuhammad otliq savdogar boy qo'Iida ishboshqaruvchilik qildi. Savdogar insofli, ochiq fikrli, oydin kishilarni hurmatlaydigan boylardan edi. Abdulla uning do'konlarida ishlab yurib, zamonasining bir qator ilg'or fikrli kishilari bilan tanishdi, suhbatlar qurdi. 1914- yilda boyning Rahbaroy ismli qiziga uylanib, Nafiza, Habibulla, Adiba, Anisa, Ma'sud kabi farzandlar ko'rdi.

Qodiriyning ijodiy faoliyati ham shu yillarda boshlandi. "Shu miyo-nalarda bozor vositasi bilan tatarlarda chiqadirg'on gazetalarni o'qib, dunyoda gazeta degan gap borlig'iga imon keltirdim. 1913- yilda o'zbekcha "Sadoyi Turkiston", "Samarqand", "Oina" gazetalari chiqa boshlag'och, menda shu-larga gap yozib yurish fikri uyg'ondi", - deb yozadi adib keyinchalik. "Sadoyi Turkiston" gazetasining 1914- yil 1- aprel sonida Abdulla Qodiriy deb imzo chekilgan "Yangi masjid va maktab" sarlavhali xabar bosilgan. Qodiriy yozuv-chilik faoliyatiga birinchi qadamni shu tarzda qo'ygan. Oradan kolp o'tmay, "Millatimga", "Ahvolimiz" she’rlari, "Baxtsiz kuyov" dramasi, "Juvonboz" hikoyasi chiqdi. Jadidchilik g'oyalari bilan sug'orilib, jamiyat a'zolarini ma'rifatli, o'qimishli va ilg'or fikrli qilishga qaratilgan bu asarlar badiiy jihat-dan puxta bo'lmasa-da, zamoni uchun dolzarb edi. Yosh yozuvchi bu asarla-rida davrning muhim masalalarini ko'taradi, millatning ahvoiini yaxshilashni astoydil istashini ko'rsatadi. Lekin niyat bilan badiiy ifodaning orasida hali ancha masofa bor edi. Qodiriy ilk asarlarida fikrlarini ochiq aytish, g'oyani yalang'och ifodalash yo'lidan bordi.

Millat baxti uchun kuyib-yongan Qodiriy Oktabr o'zgarishlaridan keyin qator sho'ro idoralarida xizmat qildi. Jumladan, 1918- yilda Eski shahar oziq komiteti sarkotibi etib tayinlandi. Jurnalistlika bilan faol shug'ullandi. Bu hoi unga yangi hayotni ichdan bilish, uning og'riqli, sog'lom aqlga to'g'ri kel-maydigan, xalqimiz manfaatlariga zid keladigan jihatlarini bevosita ko'rish im­konini berdi.

Har qanday ishda boMgani singari asarlarini yozishga ham g'oyat puxta tayyorgarlik ko'radigan yozuvchi 1917 - 1918- yillardan boshlab asosiy asari bo'Imish "O'tkan kunlar" romani uchun material yig'ishga kirishdi. U xalqning hayoti, ahvoli-ruhiyasini yirik badiiy asarda tasvirlash zaruriyatini his etardi. O’zbekning qanday xalq ekanligini ko'rsatib beradigan katta hajmli asarga ul- kan ehtiyoj borligini sezardi. Adib romanni 1919- yildan yoza boshladi. 1922-yilda birinchi o'zbek romanining dastlabki boblari "Inqilob" jurnalida chop etildi. 1925- yilda romanning boiimlari alohida-alohida uch kitob tarzida, 1926- yilda esa "O'tkan kunlar" yaxlit asar sifatida bosilib chiqdi. 1928- yil­da adibning ikkinchi romani "Mehrobdan chayon" nashr etildi. 1934- yilda kolxozlashtirish tufayli o'zbeklar hayotida ro'y bergan o'zgarishlarni aks etti-radigan "Obid ketmon" qissasini yozdi. Bulardan tashqari, adib necha o'nlab publitsistik maqolalar, badiiy saviyasi baland hikoyalar ham yaratdi. Qodiriy "Amir Umarxonning kanizagi", "Namoz o'g'ri", "Dahshat" singari roman-lar yozmoqchi bolib, materiallar to'plagani haqida ma'lumotlar bor. Ammo qonsiragan sho'rolar tuzumi adibning bu rejalari amalga oshuviga qoy'madi.

Haq gapni hayiqmay aytadigan, millatiga o'zini tanitayotgan, uning g'ururini uyg'otayotgan yozuvchi o'lkamizni egallab olgan bosqinchilar va ularning mahalliy yugurdaklariga yoqmasligi tayin edi. Shu bois qisqagina umri mobaynida A. Qodiriyga bir necha bor chovut solishdi. 1926- yildayoq "Mushtum" jurnalining uchinchi sonida bosilgan "Yig'indi gaplar" maqolasi uchun adib ...aksil inqilobiy maqsadda sho'ro rahbarlarini matbuot orqali obro'sizlantirdi" degan ayb bilan qamoqqa olindi. Qodiriy o'ziga qo'yilayotgan ayblar asossiz va uydirma ekanligini, maqolasida xolis tanqid va samimiy hazil qilganligini kuchli mantiq bilan isbotladi. Qamoqdagi adolatsizlikka qarshi ochlik e'lon qildi. Uzoq cho'zilgan tergovda ham, sud jarayonida ham pastkash soxta guvohlarni, hukmron siyosatga til tekkizganligi bilan cho'chitmoqchi boigan yuzsiz kimsalarni ayamay fosh etdi. O'z qarashlaridan qaytmay, ijod-korlik va insonlik sha'nini mardona himoya qildi. Uning: "Men to'g'rilik orqa-sida bosh ketsa, "ih" deydirgan yigit emasman",— degan gapi adib shaxsiyatiga xos xususiyatlarni toliq aks ettiradi. Respublika Oliy sudi yetarli asos bo'Imasa ham Abdulla Qodiriyni ikki yil ozodlikdan mahrum etish haqida hukm chiqar-di. Lekin dalillarning uydirmaligi ko'rinib turgani uchun ham o'zbekning cng mashhur adibini qamoqqa tiqishga jur'at etishmadi. Bu sud orqali sho'rolar yozuvchini o'ziga xos yo'sinda "ogohlantirdi". Lekin adib bu ogohlantirishdan "to'g'ri" xulosa chiqarmadi, ya'ni haqiqatga xiyonat qilmadi.

O'z asarlari bilan nafaqat O'zbekiston, balki butun Turkiston xalqlari ma'naviyati ravnaqiga hissa qo'shgan adibni 1937-yilning 31-dekabrida yangi yil kechasi ikkinchi bor olib ketishdi. Bu davrda Stalin boshqarib turgan qatag'on mashinasi shitob bilan ishlar va uning yaxshi yurmogi uchun yangidan-yangi qurbonlar zarur edi. Adolatning ko'chasidan ham o'tmagan hukumatning uch-lik sudi 1938- yilning 5- oktabrida XX asr o'zbek nasrining eng yirik vakilini, asrimizdagi o'zbeklarning eng fidoyilaridan birini o'limga hukm qildi. Dahshatli jihati shundaki, hukm 4- oktabrda, ya'ni hukm chiqishidan bir kun oldin ijro etilgan edi. Qotillar o'zbekning chin iste'dodlarini yo'qotishga shoshilishgandi.

Категория: Buyuk Siymolar | Просмотров: 2745 | Добавил: WebmasterUz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 Diorri Detkasi  
9 sinf adabiyotidan kopiya qilinganu

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  May 2011  »
DuSeChorPayJuShaYak
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2024