Главная | Регистрация | Вход | RSSShanba, 11.05.2024, 15:02

SOFT PORTAL OF UZBEKISTAN

Меню сайта
Категории раздела
Kompyuterlar uchun [16]
Mobil telefon uchun [10]
Foydali maslahatlar [13]
Sport yangiliklari [5]
Oshxona [4]
Avto Olam [3]
Bu qiziq ... [42]
She'riyat [10]
Kitoblar [8]
Shou-Biznes [0]
Ilm-Fan [3]
Kashfiyotlar [7]
Latifalar [1]
Buyuk Siymolar [21]
Ibratli hikoyalar [4]
Topishmoqlar [6]
Aforizmlar [19]
Yulduzlar biografiyasi [2]
Dasturlash tillari [6]
Eng-Eng-Eng [4]
Hayvonot dunyosi [14]
Qiziqarli masalalar [1]
Salomatlik [2]
O'simliklar dunyosi [1]
Maqollar [7]
E-Book [1]
Мини-чат
Наш опрос
Saytimizga ko'proq nimalar berib borilishini hohlaysiz ?
Barcha javoblar: 61
Статистика

Hozir saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

19:53
Alisher Navoiy dan
Dushman aldoviga uchma; maddoh xushomadini chin dema. Dushmanning g’arazi o’z yomon niyatiga yetmoqdir; maqtovchining maqsadi — xorlik bilan sendan in'om olmoqdir. Agar ikkalasiga iltifot qilmasang va qabul qilishni lozim bilmasang, biri o’z maqsadining ijrosidan to’xtaydi va tadbiri mujmal bo’ladi va ikkinchisining maqtovi hajvga aylanadi.

Yolg’on so’z she'rdan boshqa yerda nomaqbul va yolg’onni aytuvchi aqlsizdir.
Yomon qiliqli odam — badfe'l; achchig’i tez — bir baloga giriftor, bir ofatga mubtalo badbasharadir. Bular qayon borsa — balodan qutilmas; har yerga qochsa ham ofatdan xalos bo’lmas. Yomon qiliq g’olib dushmandir va qahrli yovdir, yomon qiliqli kishi esa doim unga mag’lub va vujudi undan majruh.

Yolg’onchi odam — unutuvchi; u andisha va ehtiyotdan chetda turuvchi. Har kimning so’zi chin bo’lmasa, rostgo’ylar ko’ngliga u so’z qabul bo’lmas. Yolg’onchi o’zining yolg’on so’ziga bir-ikki marta ishontiradi, keyin nima qiladi? Yolg’onchiligi ma'lum bo’lgach, u rasvo bo’ladi, uning so’ziga xalq ishonchi yo’qoladi. Ko’ngil xazinasining qulfi — til; u xazinaning kalitini — so’z bil.

Kimki, yolg’on so’zni birovga to’nkagay, o’z qora yuzini yog’ga bulaydi. Ozgina yolg’on ham ulug’ gunohdir; ozgina zahar ham halok qiluvchidir.

Yolg’on gapirish bilan o’z vaqtini o’tkazuvchi odam, bu qilig’i yomon tuyulish o’rniga, kishilami aldagani bilan faxrlanadi ham. Yolg’onchi o’z gapiga go’llik bilan quloq soluvchini topsa, ularga yolg’onni chinga o’tkazsa, murodiga yetgan bo’ladi. Yolg’onchi — haq qoshida gunohkor; xalq oldida sharmanda. Bunday nahsning beor yuzi yomonlikka o’girilgan bo’ladi; bunday nahsga botgan odam qutlug’ uydan nari bo’lg’ay.

Har kimningki so’zi — yolg’on, yolg’onligi bilingach, uyatga qolg’on; yolg’onni chindek gapiruvchi so’z ustamoni — kumushga oltin qoplab sotuvchi zargar. Yolg’on-afsonalar bilan uyqu keltiruvchi yolg’onchi — uyquda alahlovchi. Yolg’on gapiruvchi g’aflatdadir; so’zning bir-biridan farqi ko’pdir, ammo yolg’ondan yomonroq turi yo’qdir.

Tilga ixtiyorsiz — elga e'tiborsiz. Ko’p, bemaza so’zlaydigan ezma — kechalari tong otguncha tinmay huradigan itga o’xshaydi. Tili yomon odam — xalq ko’nglini jarohatlaydi, o’z boshiga ham ofat yetkazadi. Nodonning vahshiylarcha baqirmog’i — eshakning bemahal hangramog’i. Xushsuxan odam yumshoqlik bilan do’stona so’z aytadi; ko’ngilga tushishi mumkin bo’lgan yuz g’am — uning so’zi bilan daf bo’ladi. So’zda har qanday yaxshilikning imkoni bor, shuning uchun ham aytadilarki; «nafasning joni bor...»

Kimki ko’ngilni qattiq so’z bilan jarohatlar ekan, unga achchiq til zaharli nayzadek sanchiladi. Ko’ngiida til nayzasining jarohati bitmas; u jarohatga hech narsa malhamlik qilmas.
Agar bir ko’ngilda til nayzasining jarohati bordir, faqat yaxshi so’z va shirin til unga malham va rohatdir. Muloyim so’z — vahshiylarni ulfatga aylantiradi; sehrgar — ohang bilan afsun o’qib, ilonni inidan chiqaradi.


Категория: Aforizmlar | Просмотров: 1505 | Добавил: WebmasterUz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2010  »
DuSeChorPayJuShaYak
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей
Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2024