Главная | Регистрация | Вход | RSSShanba, 11.05.2024, 08:49

SOFT PORTAL OF UZBEKISTAN

Меню сайта
Категории раздела
Kompyuterlar uchun [16]
Mobil telefon uchun [10]
Foydali maslahatlar [13]
Sport yangiliklari [5]
Oshxona [4]
Avto Olam [3]
Bu qiziq ... [42]
She'riyat [10]
Kitoblar [8]
Shou-Biznes [0]
Ilm-Fan [3]
Kashfiyotlar [7]
Latifalar [1]
Buyuk Siymolar [21]
Ibratli hikoyalar [4]
Topishmoqlar [6]
Aforizmlar [19]
Yulduzlar biografiyasi [2]
Dasturlash tillari [6]
Eng-Eng-Eng [4]
Hayvonot dunyosi [14]
Qiziqarli masalalar [1]
Salomatlik [2]
O'simliklar dunyosi [1]
Maqollar [7]
E-Book [1]
Мини-чат
Наш опрос
Siz uchun qaysi biri kuchli Antivirus?
Barcha javoblar: 47
Статистика

Hozir saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

12:28
AVTOMOBILNI KIM IXTIRO QILGAN ?

Benzin bilan yuradigan birinchi yengil dvigatel 1885- yilda nemis muhandisi Gotlib Daymler (1834-1900) va Vilgelm Maybax (1846-1929) tomonidan yaratilgan. Bu dvigatel ikki g’ildirakli velosipedni harakatlantirgan edi va buning natijasida birinchi mototsiklni yaratishdi. 1886-yilda Daymler dastlabki to’rt g’ildirakli avtomobilni yaratdi, 1889-yilda Daymler va Maybax to’rt g’ildirakli avtomobilni yaratishdi. Bu avtomobilning hamma joyi ochiq va u juda soda ko’rinishda edi. 1890 yilda esa jamiyatga "Viktoriya” va "Faeton” deb nomlangan yana ikki avtomobil modelini taqdim etdi. Bundan tashqari, Daymler karbyuratorni (yonilg’ini havo bilan aralashtirib silindrga quyish uchun ishlatiladigan mexanizm) ham yasadi. Bu yo’l bilan dvigatelning ishlash unumdorligi oshgan. 1890-yilda Daymler "Daymler motor company” kompaniyasiga asos soladi va bu kompaniya 1926-yilga kelib "Bens” kompaniyasi bilan birlashadi. Shu sababdan "Mercedes Bens”(Mercedes — Daymler qizining ismi)

Karl Bens (1844-1929) benzin bilan ishlovchi, ichki yonuv dvigatelini ixtiro qildi. Bu dvigatelni uch g’ildirakli arava ko’rinishdagi qurilmaga o’rnatdi. Mashina uch g’ildirakli bo’lib, oldingi g’ildirak rul boshqaruviga xizmat qilardi, keyingi ikkalasi yetakchi g’ildiraklar edi. Bens bu avtomobilini 1885- yilda sinovdan o’tkazib ko’rdi va u 14,5km/s tezlik bilan yurgan.
Daymler va Bens o’zaro hamkorlikni davom ettirib, 1896 yilda avtomobil uchun ikki silindrli dvigatelning ishchi modelini yaratdi. 1901- yilda esa ular avtomobilsozlik firmasini tashkil etishdi va bu firma ishlab chiqaradigan avtomobillarning modeliga Daymlerning qizi –Mersedes nomi berishdi. Tarixda, G. Daymler va K. Bens birinchi avtomobil ixtirochilari deb qabul qilingan. Ularning ilk mashinasi 0,75 ot kuchiga ega bo’lib, soatiga 12 km tezlik bilan yura olgan.

Категория: Avto Olam | Просмотров: 1656 | Добавил: WebmasterUz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2010  »
DuSeChorPayJuShaYak
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей
Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2024