Главная | Регистрация | Вход | RSSDushanba, 13.05.2024, 16:32

SOFT PORTAL OF UZBEKISTAN

Меню сайта
Категории раздела
Kompyuterlar uchun [16]
Mobil telefon uchun [10]
Foydali maslahatlar [13]
Sport yangiliklari [5]
Oshxona [4]
Avto Olam [3]
Bu qiziq ... [42]
She'riyat [10]
Kitoblar [8]
Shou-Biznes [0]
Ilm-Fan [3]
Kashfiyotlar [7]
Latifalar [1]
Buyuk Siymolar [21]
Ibratli hikoyalar [4]
Topishmoqlar [6]
Aforizmlar [19]
Yulduzlar biografiyasi [2]
Dasturlash tillari [6]
Eng-Eng-Eng [4]
Hayvonot dunyosi [14]
Qiziqarli masalalar [1]
Salomatlik [2]
O'simliklar dunyosi [1]
Maqollar [7]
E-Book [1]
Мини-чат
Наш опрос
Siz uchun qaysi biri kuchli Antivirus?
Barcha javoblar: 47
Статистика

Hozir saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

14:23
Boborahim Mashrab

Hayot afsonalarga qorishib ketgan, surati-yu siyrati rivoyatlarda bayon etilgan. xalq orasida halollik, to'g'rilik, Haqqa oshiqlikning timsoli bolib gavdalangan Mashrabdek shaxsi va ijodi mashhur zotni topish qiyin. Farhod va Qays seviklilari Shirin-u Layliga intilgani kabi Mashrab ham Yaratganning vasliga beqaror intilgan oshiqi analhaqdir. Kishi uning shaxsini bilgani sayin va ijodini o'rganish mobaynida o'zining ham tozarib borayotganini tuyadi, buyuk Tangriga yaqinlikni his qiladi. Shuning uchun ham uni o'qimoq, uqmoq kerak.

Oldinlari Mashrab 1640 yoki 1647 yillarda tugilgan deb hisoblanar va bu ma'lumotlar qator ilmiy manbalarda ko'rsatilgan ham edi. Bog'istoniyning "Tazkirai qalandaron" asarini sinchiklab o'rganish natijasida aniqlangan keyingi ma'Iumotlarga ko'ra Boborahim Valibobo o'g'li Mashrab 1653- yilda Namanganda kosib oilasida tugilgan. Yodingizdami, Navoiy "Xamsa"si qahramonlari Farhod va Qays tugllmaslaridan ishq dardiga mubtalo bo'lgan edilar. Xuddi shu holat Boborahimda ham yuz beradi. Shoirning hayot yo'li yoritilgan "Qissai Mashrab" asarida yozilishicha, u bolaligidan majnuntabiat, so'fiysurat, odamovi va xomush qiyofada yuradi. Uning g'ayritabiiy odatlari, gap-so'zlari, yurgan yo'lida aytadigan baytu g'azallari ota-onasi va xaloyiqni hayron qoldiradi. Onasi ne orzu-havaslar bilan unga yangi liboslar kiygizsa, Mashrab duch kelgan ojiz-bechoralarga kiyimlarini yechib berar, o'zi yalong'och yurardi (xuddi "BoMib el anduhidin ko'ngli g'amnok, Yaqo chokni ko'rib, ko'ksin qilib chok" qilgan Farhoddek). Ota-onasi iztirob bilan buning sababini so'raganlarida, u "Yaratganning huzuridan qanday kelgan bo'lsam, shunday yuraveraman" qabilida javob beradi. O'spirinligida qayerda go'riston bolsa, ziyorat qilib, odamlarning suyaklarini ko'rib: "Ey odamzod, oxir oiib boshingga tushadurgon ish bu", — deb yiglab yurardi (Farhod va Qaysning g'amginliklarini eslang). O'g'illaridagi bunday ilohiy ishq sirlarini tushunmagan ota-ona xavotir va tashvishga tushadilar.

Mashrabni shu hududda katta ulamo, Haq yo'liga boshlovchi tariqat rahnamosi sanalgan Mullo Bozor Oxundga uchrashtiradilar. Mashrab undan zo'r ixlos bilan ta'lim oladi, tarbiya ko'radi. Xuddi bir muallim o'zidagi bilimlarni berib boMgach, shogirdini o'zidan ilmliroq boshqa ustozga yo'lla-ganidek, ma'lum darajada ilohiy sirlardan Mashrabni voqif etgan mullo Bozor oxund uni Koshg'arga — Ofoq xo’ja huzuriga borishi kerakligini aytadi. Islom dunyosining ulug'laridan biri bolmish bu zot yangi muridi qalbidagi ilohiy muhabbat nurlarini ilg'ab, unga Mashrab (ma'nosi — ishq sharobini ichgan) nomini beradi. Mashrab Ofoq xoja huzurida yetti yil tahsilda, xizmatda, riyozatda boMdi va Haqqa yaqin avliyo zot bo'lib yetishdi. Farhodga Boniy, Moniy va Qoran o'rgatganlaridek, Bozor oxund va Ofoq xo’ja ta'limidan Mashrab toshdan metin nafs tog'ini yanchishni, ko'ngilda ishq binosini qu-rishni va bu binoga Olloh ishqini naqshlashni o'rgandi. "Xamsa" dostonlaridan Tangri oshiqlarining taqdiri qanday yakun topishi Sizga ma'lum. Mashrab, ustozi Ofoq xoja bashorat qilganidek, 1711- yilda Balx hokimi Mahmud Qatag'on amri bilan Qunduz shahrida qatl ctilgan.

Категория: Buyuk Siymolar | Просмотров: 2199 | Добавил: WebmasterUz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 Revgariy@mail.ru  
Olloh rozi bo'lsin! Yanada batafsilrog'ini kutib qolamiz.

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  May 2011  »
DuSeChorPayJuShaYak
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2024