Главная | Регистрация | Вход | RSSShanba, 11.05.2024, 08:40

SOFT PORTAL OF UZBEKISTAN

Меню сайта
Категории раздела
Kompyuterlar uchun [16]
Mobil telefon uchun [10]
Foydali maslahatlar [13]
Sport yangiliklari [5]
Oshxona [4]
Avto Olam [3]
Bu qiziq ... [42]
She'riyat [10]
Kitoblar [8]
Shou-Biznes [0]
Ilm-Fan [3]
Kashfiyotlar [7]
Latifalar [1]
Buyuk Siymolar [21]
Ibratli hikoyalar [4]
Topishmoqlar [6]
Aforizmlar [19]
Yulduzlar biografiyasi [2]
Dasturlash tillari [6]
Eng-Eng-Eng [4]
Hayvonot dunyosi [14]
Qiziqarli masalalar [1]
Salomatlik [2]
O'simliklar dunyosi [1]
Maqollar [7]
E-Book [1]
Мини-чат
Наш опрос
Siz uchun qaysi biri kuchli Antivirus?
Barcha javoblar: 47
Статистика

Hozir saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

20:30
Hayot mohiyati haqida
Inson uchun eng qadrli narsa nima? Hayot, chunki bizning barcha quvonchlarimiz, bizning butun baxtimiz, bizning jamiki umidlarimiz faqat hayot bilan bog‘liqdir.
N. G. CHERNISHEVSKIY

Shunday yashamoq kerakki, toki hayotga cheksiz talablar qo‘yish mumkin bo‘lsin.
A. BLOK 

Har bir kishining hayoti — agar u o‘zini inson deb tushunsa, o‘zini tor egoistik manfaatlar yo‘lida emas, balki qandaydir muazzam ishga intilayotgan, ulug‘vor umum ishi uchun kurashayotgal ilg‘or kishilarning ko‘tarinki maqsadlari uni shaxsan ilhomlantirayotganini his etsa — u to‘la ma’nodagi insondir.
M. I. KALININ

Hayot — oliy darajadagi progressiv faoliyatdir va uning taraqqiyotga yo‘l ochajak bosh harakatlantiruvchi prujinalari ezgulikka intiluvchi insonlar, ya’ni naslimizning sog‘lom hamda normal vakillarining tafakkuri va orzu-istaklariga ulangandir.
D. I. PISAREV

Inson jamiyat va davlatning ko‘lamli manfaatlari uchun qanchalik foyda keltirsa, u shu qadar barkamoldir.
D. I. MENDELEYEV

Jamiyatning keng manfaatlari va vazifalariga xizmat qilishga bag‘ishlanmagan umrni umr demasa ham bo‘ladi.
N. S. LESKOG

Jamiyat ishlari to‘g‘risidagi fikrlar ta’sirisiz, ularda qatnashish tufayli tug‘iladigan tuyg‘ularning ta’sirisiz inson kamol topa olmaydi.
    N. G. CHERNISHEVSKIY

Yer yuzida loaqal birgina bo‘lsa ham baxtsiz kishi yashayotganini ko‘rib turib, xotirjam yashash va baxtli bo‘lish mumkin emas. Yashashdan maqsad, butun insoniyat farovonligini va baxtini ko‘zlashdir.
Ya. BOLVAY

Och odam, so‘zsiz, o‘zini yomon his etadi, biroq to‘q odam ham yon-atrofdan eshitilayotgan ochlarning ohu nolasiga tobu toqat qilishi mumkin emas.
N. G. CHERNISHEVSKIY

Quloqdan dilingga gar kirmasa nur,
Sichqon kavagidan ne farqi bo‘lur.
A. JOMIY

Boshi bilan sho‘ng‘ib kirmasa har dam,
Suv ostidan durni toparmi odam?
A. JOMIY

Yaxshi xulqli bo‘lgil hamda sof ko‘ngil,
Odamlarga doim    insofli bo‘lgil.
Bu mehnatxonada yaxshiyu yomon
Uchraydi, yaxshilik qilaver hamon.
A. JOMIY

Faqat bashariyat baxti uchun qilingan mehnatgina chinakam va boqiy shuhrat keltirishi mumkin.
Ch. SEMNER

Doimiy tashvish, mehnat, kurash, yo‘qchilik — bu zaruriy shart-sharoitlardir, hech kimsa bular haqida o‘ylashdan o‘zini bir daqiqa ham chetga olmasligi kerak... Halol yashamoq uchun intilmoq, adashmoq, urinmoq, yanglishmoq, nimanidir boshlamoq va tashlab qo‘ymoq va yana boshlab, yana tashlab qo‘ymoq, doimo kurashmoq va yo‘qchilikka chidamoq kerak. Xotirjamlik ruhiy pastkashlikdir.
L. N. TOLSTOY

Inson hayotining ma’nosi tinib-tinchimaslik va doimiy tashvishdan iboratligini tushungan odam kaltafahmlikdan qutulgan bo‘ladi.
A. BLOK

Tor manfaatparast odam chala, o‘z qobig‘idan chiqmagan, o‘zini hech narsaga va hech kimga javobgar deb hisoblamaydigan odamdir.
M. I. KALININ

Inson hayotini jirkanch yo‘nalishga solib yuborishning yo‘li ko‘p, ammo eng ashaddiysi — insonni faqat o‘zini o‘ylash, o‘z shaxsiga sig‘inish, o‘zida ma’-naviyatning har qanday to‘lqinini barbod etish va o‘zining sirli hayotini qorin g‘amida yurilgan barcha vaqt davomida benaf bir kun o‘tkazish darajasiga tushirib qo‘yilganiga uni majburan ko‘ndirishdan iboratdir.
M. Ye. SALTIKOV-SHCHEDRIN

Dunyoda qurbonsiz, jon koyitmay, mashaqqatsiz yashab bo‘lmaydi: hayot — faqat gulga burkangan bo‘ston emas.
I. A. GONCHAROV

O’z kuchiga ishonch va boshqalar uchun yashash istagi qudratli kuchdir.
F. E. DZERJINSKIY

Kishi o‘ziga qanchalik kam talab qilib, odamlarga shunchalik ko‘proq foyda yetkazsa, uning yaxshiligi shu qadar ulug‘dir; boshqalarga qanchalik kam foyda yetkaza turib, o‘ziga ko‘pni talab qilsa, yomonligi ham shu qadar ortiqdir.
L. N. TOLSTOY

Bir odam uchun emas, balki hamma odamlarning farog‘atini ko‘zlash hamisha muhim masala bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.
L. N. TOLSTOY

Odami ersang demagil odami,
Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami.
A. NAVOIY

«O’zi uchun va o‘zicha» yashash — hayot emas, balki loqayd bir holatdir: so‘z va ish birligi, kurash zarur.
I. A. GONCHAROV

Yashash, bu kurash demakdir, nafaqat tiriklik uchun, balki hayotni yaxshilash va mukammallashtirish uchun kurash hamdir. Shuning uchun «inson», bizning nazdimizda, kurashuvchidir, faqat kurashayotgan chog‘ida yashayotganini sezadigan, har xil to‘qnashuvlardan qo‘rqmaydigan, hatto ana shu kurashdan surur topadigan kishidir, negaki kurash bor joyda hayot mashaqqati bor va kishi o‘sha yerda kurash zavqini tuyadi.
N. A. RUBAKIN

Fidokor kishilar quyoshdek zarur. Ular jamiyatning eng shoirona va hayotbaxsh elementi bo‘lib, boshqalarga hayajon, taskin beradilar va yoshartiradilar. Ularning shaxsiyatlari — optimizm va pessimizm to‘g‘risida bahs yurituvchi, zerikkanidan xomxatala novestlar, keraksiz loyihalar va bir miriga arzimaydigan dissertatsiyalar yaratuvchi, hayotni inkor etish uchun axloqsizlik qiluvchi va bir burda non deb yolg‘on gapiruvchi kishilar toifasidan tashqari boshqacha odamlar, jasorat, e’tiqod va aniq maqsadga ega odamlar ham borligini jamiyatga uqtirib turuvchi jonli guvohlardir.
A. P. CHEXOV

Yashash — xarakat qilmoq demakdir.
A. FRANS

Taqdirni o‘z ixtiyoriga bo‘ysundirmoqchi bo‘lgan, davri uchun yangi yo‘llar ochmoqchi, o‘z xalqini porloq istiqbolga olib bormoqchi bo‘lgan, o‘z burchini sezadigan va o‘z oldiga boshqalarning qalbida orombaxsh alanga yoqishni vazifa qilib qo‘ygan kishi — nodonlik, loqaydik dunyosiga, dushmanlik dunyosiga qarshi jangga chiqadi. Chunki hayotning ma’nosi faqat kurashdadir.
E. TELMAN

Buyuk ishlarni amalga oshirish uchun kishi xuddi hech o‘lmaydigandek yashashi kerak.
L. VOVENARG

Nima adolatli ekanini tushunish, go‘zallikni his etish, faqat yaxshilikni ravo ko‘rish — oqilona yo‘l-yo‘riq mana shudir.
A. PLATEN

Har bir xayrli ishni ikkinchisi bilan shunday mahkam bog‘lab yuborish kerakki, ular o‘rtasida zarracha ham oraliq qolmasin — mana shuni men hayot rohati, deb atayman.
MARK AVRELIY

Haet shunchalik poyonsiz va ko‘pqirraliki, kishi unda qariyb hammavaqt o‘zining kuchli va chinakam ehtiyojiga yarashasini topa oladi.
N. G. CHERNISHEVSKIY

O’z tuyg‘usi va ehtiyojlari haqida safsata sotib, aslida o‘zini ko‘z-ko‘z qilishdan bo‘lak hech qanday tuzukroq ehtiyoji va tuyg‘usi bo‘lmagan quruq kishilarninggina hayoti bo‘sh va nursiz bo‘ladi.
N. G. CHERNISHEVSKIY


Категория: Aforizmlar | Просмотров: 3108 | Добавил: WebmasterUz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2010  »
DuSeChorPayJuShaYak
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей
Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2024