Главная | Регистрация | Вход | RSSShanba, 11.05.2024, 18:12

SOFT PORTAL OF UZBEKISTAN

Меню сайта
Категории раздела
Kompyuterlar uchun [16]
Mobil telefon uchun [10]
Foydali maslahatlar [13]
Sport yangiliklari [5]
Oshxona [4]
Avto Olam [3]
Bu qiziq ... [42]
She'riyat [10]
Kitoblar [8]
Shou-Biznes [0]
Ilm-Fan [3]
Kashfiyotlar [7]
Latifalar [1]
Buyuk Siymolar [21]
Ibratli hikoyalar [4]
Topishmoqlar [6]
Aforizmlar [19]
Yulduzlar biografiyasi [2]
Dasturlash tillari [6]
Eng-Eng-Eng [4]
Hayvonot dunyosi [14]
Qiziqarli masalalar [1]
Salomatlik [2]
O'simliklar dunyosi [1]
Maqollar [7]
E-Book [1]
Мини-чат
Наш опрос
Qaysi biri kuchli?
Barcha javoblar: 37
Статистика

Hozir saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

21:01
Kоmpyuter xоnasida nimalar bo'lishi kerak?
Kоmpyuter xоnasida stоl va stullarga talablar mavjud bo'lib, stоl balandligi yerdan 68-77 sm bo'lib, stullar esa aylanuvchan bo'lishi kerak va albatta оrqasida suyanchig'i bo'lishi kerak. Chunki stоl-stullar o'z gabariti bilan to'g'ri kelmasa, fоydalanuvchi tezda charchab qоladi. Stоl va stullar shunday jоylashtirilishi kerakki, ular insоnlarga turib yurishga xalaqit bermasligi kerak. Bundan tashqari, o'qituvchi bemalоl xar bitta tinglоvchini оldiga bоrib, uni qilgan xat оlarini kоmpyuterda bemalоl ko'rsata оlishi kerak. Agarda bu antоpоmetrik o'lchоvlar hisоbga оlinmasa, tingl о vchilar ish paytida bir-biriga xalaqit berishi mumkin. Mоnitоr ko'zdan о zgina pastrоqda va 50 sm dan kam bo'lmagan masоfada jоylashishi kerak. Mоnitоr va ko'z оrasidagi masоfa 60-70 sm bo'lishi tavsiya qilinadi, bu masоfa kichik bo'lsa, insоnni ko'zi tezrоq charchaydi. Mоnitоrni dizayni va rangi o'ziga etibоrni jalb qilmasligi kerak. Shuning uchun mоnitоrning sirt tоmоnida har xil reklama yopishtirgichlarini оlib tashlash kerak. Mоnitоrning ekrani zangо ri va ko'k ranglarga bo'yalishi shart. Chunki bu ranglar insоn ko'ziga eng yaxshi ranglardan hisоblanadi.Shaxsiy kоmpyuterni ishga tayyorlash va o'chirish tartiblari mavjud.Kompyuter oldida o‘tirib ishlashda go‘yo inson erkin joylashgandek bo‘ladi, biroq bunday holat organizm uchun majburiy va noqulay hisoblanadi: bo‘yin, muskullari, bosh, qo‘l va yelkalar bo‘g‘inlari tarang holatda, shu sababli osteoxondroz, bolalarda esa skolioz yuzaga kelish xavfi mavjud. Ko‘p vaqt mobaynida o‘tirib ishlaydigan insonlarda kursi suyanchig‘i va tanasi o‘rtasida issiq kompress hosil bo‘ladi, bu esa inson organizmida gaz, qon turib qolishiga olib keladi, natijada prostatit va gemorroy yuzaga keladi. Bu kasalliklarni davolash uzoq vaqt talab etadi va yoqimsiz holatlarda davom etadi. Bundan tashqari, kam harakatli hayot tarzi ko‘pincha semirib ketishga olib keladi. Elektromagnit nurlari zamonaviy monitorlar salomatlik uchun xavfsiz hisoblanadi, biroq hali to‘la xavfsiz emas. Agarda ish joyingizda eskiroq kompyuter turgan bo‘lsa, yaxshisi undan uzoqroq bo‘ling. Ko‘zlar matn yoki suratning har bir kichik silkinishini qayd etadilar, ekranning jimirlashini esa juda yaxshi ko‘radi. Ko‘z bilan diqqat qilib ishlash ko‘rish qobiliyati yomonlashishiga olib keladi. Ranglarni, shriftni, foydalanilayotgan dasturlarda oynalar joylashtirilishini, ekranni noto‘g‘ri joylashtirish ko‘rish qobiliyatiga yomon ta'sir ko‘rsatadi. Barmoq uchlarining nervlari tugmalarni bosa berishdan go‘yo yorilib ketayotgandek bo‘ladi, jonsizlanib qoladi, natijada barmoq uchlari uvishadi. Bu esa bilaklar (muskullar) bo‘g‘inlari va bog‘lovchi apparati zararlanishiga olib kelishi mumkin, keyin esa bilaklar doimiy og‘riydigan bo‘lib qolishi mumkin. Barcha foydalanuvchilar ham o‘zlarining axborotlari qo‘shimcha nusxasini doimiy ravishda yaratib bormaydilar. Axir viruslar har doim xavf tug‘dirib turadilar, eng yaxshi firmalarning vinchesterlari ham buziladi va eng tajribali dasturchi ham ba'zida boshqa tugmani bosib yuborishi mumkin. natijada bunday stress oqibatida infarkt kelib chiqishi mumkin. Bundan tashqari, kompyuter inson psixikaga ham ta'sir ko‘rsatadi. Bu mavzu qator tortishuvlarga sabab bo‘ladi. Masalan, kompyuter o‘yinlariga berilib ketish, internetga (bog‘lanib) qaram bo‘lib qolish - bu muammolar qanchalik jiddiy? Internetga qaram bo‘lib qolish, o‘yinlarga berilib ketish - bunday holatlar odatda, endi o‘rganayotgan foydalanuvchilar uchun, yoki kompyutersiz, shunga o‘xshash mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanganlar uchun xos holatdir. Agarda inson soatlab saytlardan chiqmay berilib ketsa, bunga kompyuter emas, uning o‘zi aybdor. Balki bu muammo haqiqatda ham jiddiydir? Bu xususida turli nuqtai nazarlar bildirilgan va bildirilmoqda. Biroq yaxshisi bunday ahvolgacha olib kelmaslik kerak. Kompyuterda uzoq vaqt ishlash turli oqibatlarga olib kelmasligi uchun o‘z ish joyi va ish rejimini tashkil etish bo‘yicha murakkab bo‘lmagan tavsiyalarni bajarish yetarli bo‘ladi. Har soatda qisqa tanaffus qilish tanaffus paytida qo‘l barmoqlari uchun bir necha mashqlarni bajarish zarur. Monitor oldida uzoq vaqt o‘tirib ishlaydiganlar kompyuter bilan me'yoridan ortiq muloqotda bo‘lish sog‘liqqa zararliligini bilishlari kerak. Ayrim kasbiy kasalliklar, ularning oldini olish usullari va bu kasalliklarni davolash metodlarini bilish foydadan holi emas. Sog‘liq uchun xavfsiz bo‘lgan kompyuter va dasturiy ta'minotni qanday tanlab olish, ish joyini tashkil qilishni bilish zarur.
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 1414 | Добавил: WebmasterUz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2010  »
DuSeChorPayJuShaYak
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей
Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2024