Главная | Регистрация | Вход | RSSJuma, 10.05.2024, 02:32

SOFT PORTAL OF UZBEKISTAN

Меню сайта
Категории раздела
Kompyuterlar uchun [16]
Mobil telefon uchun [10]
Foydali maslahatlar [13]
Sport yangiliklari [5]
Oshxona [4]
Avto Olam [3]
Bu qiziq ... [42]
She'riyat [10]
Kitoblar [8]
Shou-Biznes [0]
Ilm-Fan [3]
Kashfiyotlar [7]
Latifalar [1]
Buyuk Siymolar [21]
Ibratli hikoyalar [4]
Topishmoqlar [6]
Aforizmlar [19]
Yulduzlar biografiyasi [2]
Dasturlash tillari [6]
Eng-Eng-Eng [4]
Hayvonot dunyosi [14]
Qiziqarli masalalar [1]
Salomatlik [2]
O'simliklar dunyosi [1]
Maqollar [7]
E-Book [1]
Мини-чат
Наш опрос
Saytimizga ko'proq nimalar berib borilishini hohlaysiz ?
Barcha javoblar: 61
Статистика

Hozir saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

04:10
Namangan viloyati teleradiokompaniyasi

Namangan viloyatida dastlabki radioeshittirishlar 1932 yildan boshlab efirga uzatila boshlagan.
1986 yilda zamonaviy «radio uyi» qurilib, foydalanishga topshirildi.
2004 yil apreldan boshlab radioeshittirishlar FM tizimiga o’tkazildi va FM-103,6 to’lqinidagi «Oltin zamin» radiosi xar kuni 14 soat uzluksiz eshittirishlar berib bormoqda. Ayni paytda «Oltin zamin» radiosini nafaqat Namangan, Farg’ona, Andijon viloyatlarida balki qo’shni Qirg’iziston, Tojikiston davlatlari bilan chegaradosh viloyatlarning aholisi ham tinglaydi. 2006 yildan boshlab «Oltin zamin» radiosini horijda ham Internet-Onlayn orqali tinglash imkoniyati yaratildi.
«Oltin zamin» radiosi xar soatda mamlakat, viloyat yangiliklari, xorijdagi voqealar, sport olamidagi eng so’nggi xabarlarni efirga uzatadi. «Muhabbat toshqinlari», «Oltin zamin pochtasidan», «Oltin meros», «Shanba nonushtadan so’ng», «Futbol olamida» kabi manaviy-marifiy, sport eshittirishlari, «Muhlis», «Jonli ijro» radio o’yinlariga ko’plab maktublar olindi.
Xar kuni soat 9.00 dan kech soat 18.00 gacha esa xorijdagi muhlislar «Oltin zamin» radiosi eshittirishlarini tinglashlari mumkin. Chet eldiga tinglovchilardan elektron pochta orqali olinayotgan taklif, istak, mulohazalar haftaning xar payshanba va juma kunlari efirga chiqadigan «Internet pochta» eshittirishi orqali sharhlab borilyapti.
Efir studiyasida foydalanilayotgan apparatlar «Behringer», ”ROM” firmalarida ishlab chiqarilgan 12 va 16 kanalli miksher pultiga ulangan AKG”,”SHOOR”,”LAN,”SONY” texnika vositalari hamda zamonviy kompyuter texnologiyasidan iborat.
Vengriyaning "Bear” firmasida ishlab chiqarilgan 24 kanaldan iborat effektli miksher pulti orqali ishlatiladigan kompyuter, MD, DVD, CD apparaturalar «SONY», «ROLSON», «SIEMENS», «VERBATIM» kompaniyasiga mansub bilib, murakkab montaj hamda rezerv studiyasi uchun hizmat qiladi.
Maxsus 120 m2 li akustik standartga ega bo’lgan studiyada «INTERM», «LAIN», «AKG», «SONY», «NANO» firmalarining texnik mahsuloti va so’nggi zamonaviy nushadagi kompyuter texnologiyasidan foydalaniladi (Ovoz yozish studiyasi).
Xar hil bayram ko’rsatuvlari va sport musobaqalari xaqidagi lavha-reportajlarni to’g’ridan-to’g’ri Respublika teleradiomarkaziga uzatish uchun «HILTRON», «ROM», «PHONIC» kompaniyasining texnikalaridan foydalaniladi.
Respublika radiosidan ovoz yozib olish uchun «SONY», «ASOS» firmasida ishlab chiqarilgan apparaturalar va so’nggi nushadagi kompyuterdan foydalaniladi.
Internet tarmog’idan foydalanish uchun «UZnet» va «ARSinform» liniyasi doimiy ravishda ishlab turibdi.
Jahon radiolari malumotlaridan foydalanish uchun Raqamli sputnik antennalar va kompyuterlar o’rnatilgan.
Radioning «Oltin fondi»da saqlanayotgan ovozli yozuvlarni uzoq vaqt muddatda ham buzulmasligi uchun MD,CD apparaturalari va disklari hamda «SIEMENS» firmasi kompyuteri ishlatilmoqda.
Namangan viloyati televideniyesi 1991 yil, 18 oktyabrda ko’rsatuvlar namoyish eta boshladi.
2000 yilda viloyat televideniyesi uchun to’rt qavatli telemarkaz qurib, foydalanishga topshirildi.
Yangi telemarkaz eng zamonaviy teleapparaturalar bilan jihozlandi. Bu bilan ko’rsatuvlar tayyorlash, efirga uzatish bo’yicha ijodiy, texnik imkoniyatlar kengaydi va telejurnalistika rivojiga kata hissa qo’shilmoqda.
Viloyat televideniyesi bir kunda 4 soat 30 daqiqa ko’rsatuv tayyorlab, efirga uzatadi. Bugungi kunda televideniyening «Lafz», «Ko’z tegmasin», «Sovchi», «Tafakkur», «Otang bozor», «Agar ogoh sen…» kabi ko’rsatuvlarning reyting darajasi yuqori hisoblanadi.
Televideniyening «Asr» dasturi xar kuni 25 daqiqa namoyish etilib, mamlakat, viloyat va xorij yangiliklari, madaniyat, sport xabarlari tezkor usullar bilan yetkazib beriladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil, 25 avgustdagi 412-sonli qarori ijrosini taminlash yuzasidan O’zbekiston teleradiokompaniyasi va Germaniyaning «SIEMENS» AG-BFI firmasi o’rtasida 08.07.1999 yil shartnoma imzolandi. Shunga muvofiq 2004 yilning boshida Namangan viloyati teleradiokompaniyasiga 2.473.118 yevro qiymatiga teng «Betacom -SX» formatli yangi texnika vostilalari keltirildi.
Uch kamerali (150 m2) studiyada Germaniyaning «DESPAR» firmasida yig’ilgan «OSRAM», «PHILIPS» kompaniyasining mashsulotlaridan iborat boshqaruv pultli yoritish uskunalari, «SIEMENS» AG-BFI firmasida yig’ilgan dunyoning mashhur «SONY», «CANON», «VINTEN» kompaniyalari video texnikalaridan iborat professional apparaturalar ishlatilmoqda.
Uch kamerali TJK zamonaviy Betacom-SX formatli vedioapparaturalar «SONY», «CANON», «Vinten» kompaniyasi tamonidan ishlab chiqilgan bo’lib, joylardan reportaj va lavhalar tayyorlashda foydalanilmoqda.
Uch kamerali murakkab montaj studiyasidagi apparaturalar «Betacom-SX» formatli bo’lib, «SONY-BE 2000», «Studer» firmalarida ishlab chiqarilgan boshqaruv miksher pultiga bog’langan xolda «Collfg» texnika vositalari bilan birga ishlatilmoqda.
Germaniyaning «DESPAR» firmasi mahsuloti hisoblangan maxsus ko’chma yoritish asboblaridan joylardan ko’rsatuv va lavhalar tayyorlashda keng foydalanilmoqda.
Videomantajlar uchun «SONY» va «Sennheiser» firmalarida ishlab chiqarilgan professional «Betacom SX» formatli apparaturalar ishlatilyapti.
«Yiltron» firmasining RRL uzatish moslamasi orqali ko’rsatuv va eshittirishlar efirga tarqatilmoqda.
Videomahsulotlarni boshqa formatga o’tkazish ishlari bajarilmoqda(BetacomSX,SP,SVHS,DVCAM,DVD,VCD,MD,CD).
Ishlatilayotgan barcha texnik apparaturalar UPS«ABB» firmasida ishlab chiqilgan taminlash sistemasi orqali o’zgarmas tok kuchlanishi bilan taminlangan.
SVHS formatli (48 2 va 40 m2) 2 kamerali studiyada Yaponiyaning «Panasonic» firmasida ishlab chiqarilgan «AG» markali professional videoapparaturalar «BV AG-802» boshqaruv pulti orqali ishlatilmoqda.
SVHS formatli uch kamerali TJK apparaturalari «Panasonic», «CANON», «PHILIPS», firmalarida ishlab chiqilgan bo’lib, ko’ngilochar dasturlar tayyorlashda foydalanilmoqda.
Jahon yangiliklaridan foydalanish uchun UZnet,FRSin Internet tarmog’i va Raqamli sputnik antennalar ishlatilmoqda.
Televideniyening arxividagi videomahsulotlarning muddatini uzaytirish uchun VSD va DVD disklariga ko’chirishda zamonaviy kompyuter texnologiyasidan foydalanilyapti.

Telefon: ( 8 369) 226- 41-01.

Faks: ( 8 369) 226-75-44.

El.pochta: namangan@MTRK.uz

Категория: Bu qiziq ... | Просмотров: 2584 | Добавил: WebmasterUz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 2
2 Bek  
Oltin zamin radiosini muxlis o'yini qaysi sanada efirga chiqqan kim javobini bilsa yozsin iltimos

1 saidxon  
qachon butun ozbekiston boylab radio va tele videolar koramiz

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Noyabr 2011  »
DuSeChorPayJuShaYak
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Архив записей
Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2024